Bolalar bilan o’yin o’tkaziladi, bayroqni yasash.
(tarbiyachining ixtiyoriga ko’ra rangli matolardan yoki rangli qog’ozlardan)
Boshlovchi: Bugun katta bayram O’zbekiston respublikasi o’z mustaqilligiga erishgan kun. Mustaqilligimiz bugun 26 yoshga to’lgan kun. Barchangizni ushbu bayram bilan chin qalbimizdan tabriklagan holda, bayramga tayyorlangan kuy qo’shiqlar va she’rlardan bahramand bo’ling...marhamat...
Bola: O’zbekiston
O’zbekiston─ Nurli bo’ston, Noming sening─ Tilda doston.
Jahon ichra Yagonasan, Xalqing ulug’, Mardonasan.
(Maxmudjon Dadaboev)
Avaz Mansurovning “VATAN” qo’shig’i ijro etiladi
Bola: Kenja avlod qo’shig’i Lim─lim to’ldi baxt jomi Yetdik dorul zamonga Xumodek “O’zbek”nomi Qanot yoydi jaxonga.
Istiqlol─Ozod vatan Quyoshiga tashakkur! “Sog’ bo’l, avlodim!”degan Yurtboshiga tashakkur! (Ma’mur Qahhor she’ri)
Boshlovchi: Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qildilar. Har bir yurtda adolat hukm sursa xalq baxtiyor bo’ladi, millat ravnaq topadi. Ko’rib turibmizki, Prezidentimiz bolalarning sog’lom, baquvvat bo’lib har tomonlama komil inson etib tarbiyalanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib beryaptilar. Bu ham bo’lsa inson manfatlarini himoya qilishning eng oliy mezoni ekanidan dalolatdir.
Bola: Men har kuni kattalardan, televizordan “Harakatlar strategiyasi” degan gapni eshityapman. Bu nima degani o’zi, nega shu haqida gapirishganda kamalakday ranglarni ko’rsatishyapti?
Boshlovchi: Bu jiddiy savolingizga javobimiz shunday. Mana siz har kuni maktabgacha ta’lim muassasasiga kelasiz, kun tartibiga rioya qilasiz, turli o’yinlarni o’ynaysiz, mashg’ulotlarda qatnashasiz. Tarbiyachi opangiz bergan topshiriqlarga uyda ota-onangiz, buvi-bobojonlaringiz bilan javoblar topasiz. Biz yashayotgan Mustaqil O’zbekistonimizning ham yaqin 5 yil ichida xar tomonlama rivojlanishi uchun reja tuzgan. Bu katta reja Vatanimizning, bizning va siz aziz bolajonlarimizning kelajagimiz uchun xizmat qiladi. Tanlangan rejamiz esa “Harakatlar strategiyasi” deb ataladi. O’zbekiston qanday rivojlanadi dersiz. “Harakatlar strategiyasi” ning ramziy timsolida unga ajoyib javob berilgan. Siz kamalakka o’xshatgan timsollarni bolajonlarimiz ta’riflab berishadi.
bola: Osmonga o’xshagan timsolning birinchi rangi bu ko’k rangda. Bu rang musaffo osmon va zilol suvni eslatadi. Ko’k rangdagi rejada O’zbekistonning rivojlanib, kuchli davlat bo’lishi uchun jamiyat, ya’ni hamma odamlar baravar ishtirok etsin, degan ezgu tilak bor. Darvoqe buyuk Sohibqiron Amir Timur davlatining bayrog’i ham ko’k rangda bo’lgan.
bola: Timsolning ikkinchi rangi esa siyoh rangda. Siyoh rang, ustivorlik, adolat rangi, taraqqiyot rejasida, odamlar qonun-qoidalarga amal qilib yashasin, sud va xuquq idoralari, adolat va odillik bilan muammolarni xal etishga yordam beradi, deya ishonch bildirildi.
bola: Tillaning rangi qanaqa, sariq albatta. Uchinchi rang, boylik va qudrat, iqtisodiyot rangidir. O’zbekistonning iqtisodiyoti kuchli bo’lsa, tadbirkorlar ko’paysa, bozorlarimizda sizga yoqadigan hamma narsa mo’l bo’ladi. Oilangiz dasturxoni but, ota-onangiz pullari ham ko’p bo’ladi.
bola: Xarakatlar strategiyasining keyingi rangi, tomirimizda oqib turgan xayotga o’xshaydi, ya’ni qizil rangda. Bu degani, jamiyat xayoti rivojlanadi, ya’ni bizning sog’lom katta bo’lishimiz, chiroyli uylarda yashashimiz, zamonaviy bog’cha va maktablarga borishimiz uchun Vatanimiz doimo harakat qiladi.
bola: Oxirgi rang, bizning orzularimizdek oppoq, o’zimizdek beg’ubor. Bu rang nimani anglatadi? O’zbekistonda odamlar bir-birini hurmat qiladi, ahil va inoq yashaydi, xuddi biz tengdosh bolalarni do’stlarimizdek bilganimiz kabi, O’zbekiston ham, uzoq yaqin davlatlar bilan, yaqin hamkorlik qilishni reja qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |