Shuning uchun hozirdan servisga yo‘naltirilgan ma’lumot qayta ishlash markazlarini shakllantirish kerak, degan taklif bildiriladi.
264
V bob bo‘yicha savol va topshiriqlar
Ma’lumot qayta ishlash markazining ta’rifini keltiring, uni tashkil etishdan maqsad nima?
Ma’lumotni qayta ishlash va saqlash markazining arxitekturasi qanday komponentalardan tarkib topgan?
MQIM telekommunikatsiya infrastrukturasining vazifalarini yoriting.
MQIM server qurilmalarini o‘z ichiga olgan informatsion infrastrukturasi qanday vazifalarni bajaradi?
MQIMning muxandislik infrastrukturasining tarkibi va ular qanday vazifalarni bajaradi?
MQIMda virtuallashtirish texnologiyasining ahamiyati.
MQIM ma’lumot saqlash tarmog‘ining maqsad va vazifalarini yoriting.
Fibre Channel protokoli qanday vazifalar bajarilishi uchun yaratilgan?
MQIM ma’lumot saqlash tarmog‘ining sxemasini yoriting
MQIM ma’lumot saqlash tarmog‘i qanday vositalardan tarkib topgan?
Bulutli MQIMning xususiyatlarini tushuntiring.
Bulutli ma’lumot qayta ishlash markazlarini shakllantirish necha bosqichda amalga oshiriladi? Har bir bosqichda bajariladigan ishlarning mazmunini tavsiflang.
Do'stlaringiz bilan baham: |