- rasm. DKT sharoitida MQIM trafigi qayta ishlanishining markazlashgan
tekisligi
MQIMning xavfsizligini ta’minlash siyosatini joriy qilinishida, so‘rovlarni bajarish, paketlarni marshrutlash, filtrlash va autentifikatsiya jarayonlarining sifatini ta’minlanishida MQIM tarmog‘ining tuzilmasini o‘zgartirish jarayonlari nisbatan osonlashadi;
boshqaruv markazlashgan holda bajariladi, bu tarmoq doirasida to‘xtalishlarni sezilarli darajada kamaytiradi;
trafik qayta ishlanishining markazlashgan tekisligi tarmoqning quvvati, unga kirish mumkinligi va tarmoqning boshqa ko‘rsatkichlariga asoslanib, marshrutni tanlash bo‘yicha qaror qabul qilishi mumkin bo‘ladi;
trafikni yagona tekislikda qayta ishlanishi markazlashgan kontrollerga tarmoqning ayrim qismini emas, balki butun tarmoqning holatini “ko‘rib turishga” imkon yaratadi.
Shunday qilib, DKT negizidagi bulutli MQIM uchta konseptual sathlardan tarkib topadi:
256
servis sathi. Bulut provayderlari tomonidan taqdim etiladigan servislami aniqlaydi;
bulut muhitini shakllantirish sathi bulut infrastrukturasida ishlatiladigan dasturiy komponentalarni taqdim etadi (gipervizor dasturlari, virtual omborlar shakllantirish dasturlari vax.k.). Sath jismoniy tizimni bulut muhitida ishlashiga tayyorlaydi;
jismoniy resurslar sathi, hamma jismoniy resurslarni o‘z ichiga oladi: kompyuter vositalari (hisoblash resursi, xotira resursi), tarmoq resurslari (routerlar, tarmoq ekranlari, kommutatorlar, tarmoq kanallariva interfeyslari) ma’lumot saqlash komponentalari (qattiq disklar) va boshqa elemetlar.
Yuqorida keltirilgan materiallarga asoslanib, DKT negizidagi bulutli ma’lumot qayta ishlash markazi ko‘p zvenoli arxitektura ko‘rinishida tasvirlanishi mumkin, uning sxemasi 5.7 - rasmda keltirilgan.
Bulut kontrolleri bulutli ma’lumot qayta ishlash tizimiga kirishning asosiy tizimostisi hisoblanadi, u MQIMga o‘rnatilgan har bir ilovadan foydalanish uchun kelib tushgan so‘rovlarning navbatini o‘rnatadi. Boshqa so‘z bilan, u har bir ilova uchun alohida so‘rovlar navbatini shakllantiradi [27,29,30].
Shu bilan birga bulut kontrolleri MQIM jismoniy kompyuterlari negizida ma’lum bir quvvatga ega virtual mashinalarni yaratadi. Virtual mashinalarning soni tajriba sinov asosida yoki qanday servislar taqdim etilishiga qarab aniqlanadi.
Ishlatilayotgan virtual mashinalarning soni yuklama hajmiga qarab o‘zgartirilishi mumkin. Bir xil ilovalar o‘rnatilgan virtual mashinalar qaysi jismoniy kompyuterda joylashganligidan qat’iy nazar virtual klasterni tashkil qiladi.
Foydalanuvchi bulutli MQIM ga so‘rov bilan murojaat qilganida, u dastlab MQIMning bulut kontrolleriga, ya’ni kirish tizmostisiga kelib tushadi. Kontrollerning bir qismi hisoblangan “yuklamani taqsimlagich” vositasi so‘rovda ko‘rsatilgan masalani yechish uchun kerakli bo‘lgan ilovani izlab topadi va so‘rovni shu ilova navbatiga uzatadi. Ushbu jarayon DKT tarmog‘i negizida bajariladi.
257
3
|
СЛ
О
|
|
|
i_2!
|
о
|
P
|
|
3
|
|
о
|
н
|
с~Ь
|
<
|
1—1 ■
|
р
|
/
/
Do'stlaringiz bilan baham: |