Prezidentimiz ma’naviyat tushunchasi mazmunini ochib berar ekan: «Er,
oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug’lar, qo’ni-qo’shnilar, xalq, mustaqil
davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik –
ma’naviyatning ma’nosi ana shunday keng»
13
– deb ta’kidlaydi.
Ma’naviyat o’z-o’zidan shakllanadigan narsa emas, u avvalo har bir
insonning ichki ma’naviy salohiyatini shakllantirish yo’lida barcha moddiy va
ma’naviy boyliklarni o’zlashtirish, Vatan va millat manfaatlari yo’lida halol,
fidoyilik bilan mehnat qilish jarayonida shakllanadi. SHu ma’noda ham
Prezidentimiz «Ma’naviyat – taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida
kamol tapishi uchun u qalban va vijdonan, aql va qo’l bilan mehnat qilishi kerak»
14
ligini ta’kidlaydi.
Talabalarga Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan xuddi mana shu
kontseptual g’oyaning mohiyatini tushuntirib berish katta ahamiyatga molikdir.
Talaba o’zining kundalik hayotida millat va Vatan manfaatlari yo’lida fidoyilik
ko’rsatish ruhiyatiga ega bo’lsin.
Prezidentimiz asarlarini qunt bilan o’rganib borar ekansiz, ularda oldingi
asarlarda ilgari surilgan g’oyalar keyingilarida ijodiy rivojlantirilgan, mazmunan
va mohiyatan boyitilganligini ko’ramiz. Eng asosiysi shundaki, ana shu boyitish
jarayonida jamiyat va millatimiz taraqqiyotida sodir bo’lgan ijobiy o’zgarishlar
bilan bir qatorda yuzaga kelgan yangi muammolarni hal etishning nazariy asoslari
o’z ifodasini topgan. Jumladan, u Oliy Majlisning XIV-sessiyasidagi «O’zbekiston
XXI asrga intilmoqda» mavzusidagi ma’ruzasida ma’naviyat tushunchasiga
quyidagi fundamental ta’rifni beradi: «Ma’naviyat... insonni ruhiy poklanish va
yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-
irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan vijdonini uyg’otadigan qudratli botiniy
kuch...»
15
dir.
Bu ta’rif o’zining mazmuni va mohiyati bilan ma’naviyat tushunchasini
o’zida to’la aks etgan. Unda insonning ichki ruhiy olamini ifodalovchi barcha
komponentlar o’z ifodasini topgan va uning inson barkamolligini ta’minlashdagi
katta kuch ekanligi belgilab berilgan. SHu munosabat bilan ma’naviyatning
jamiyatni rivojlanishidagi roli haqida Prezidentimiz tomonidan keltirilgan quyidagi
fikrlarining mohiyatini tushunib olib, uni bevosita har birimiz o’zimizning
kundalik vazifamizga aylantirishimiz millatimiz va mamlakatimiz taraqqiyotini
ta’minlash uchun muhim amaliy ahamiyatga egadir. «Barchamiz yaxshi anglab
12
Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T: O’zbekiston, 1996, T. 1, 202-bet.
13
Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. (Nutqlar, maqolalar suhbatlar). T: O’zbekiston, 1993, 78-bet.
14
Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. (Nutqlar, maqolalar suhbatlar). T: O’zbekiston, 1993, 79-bet.
15
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T: O’zbekiston, 1999, 17-bet.
olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan
islohatlarimizning samaradorligi, avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, tarixiy
merosimizning keng o’rganilishi, an’analarimizning saqlanishi, madaniyat va
san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog’liqdir»
16
.
Prezidentimiz ma’naviyatning mohiyatini ochib berish bilan bir vaqtda bu
sohada amalga oshirilishi kerak bo’lgan islohatlarning strategik yo’nalishlarini
ham belgilab beradi. SHu jumladan, u «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga
bergan javoblarida quyidagilarni ta’kidlaydi: «... avvalambor yoshlarimizning
iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil
fikrga ega bo’lgan barkamol insonlar qilib tarbiyalash. Ularning tafakkurida
o’zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va
hurmat qilish fazilatlarini qaror toptirish, ularning, men o’zbek farzandiman, deb
g’urur va iftixor bilan yashashiga erishishidir»
17
.
Bu ko’rsatilgan kontseptual vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshira olsak
prezidentimiz tomonidan jamiyatni ma’naviy yangilash borasida belgilab bergan
ko’rsatmalarini bajara olishimiz mumkin bo’ladi. Belgilangan bu vazifalar
Vatanimiz va millatimiz istiqboli uchun o’ta muhim ahamiyatga ega ekanligini
taraqqiyotimizning o’tgan davri to’la tasdiqladi.
Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan milliy-ma’naviy tiklanish va
ma’naviy yangilanish kotseptsiyasining juda katta nazariy va metodologik
ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlash lozim. Fikrimizcha ularning
ahamiyati quyidagilardan iborat:
Birinchidan, bu kontseptsiya sobiq sho’rolarning totalitar tuzumi sharoitida
boy milliy-ma’naviy madaniyatimizning inqirozga yuz tutganligini va uning
sabablarini tushunishga;
ikkinchidan, sobiq sho’rolarning o’tkazgan zo’ravonligi, zulmi va
jinoyatkorona xatti-harakatlariga qaramasdan, milliy-ma’naviy merosimizning
ildizlari mustahkam bo’lganligi uchun bu zo’ravonliklarga bardosh berib, o’z
salohiyati va xususiyatlarini saqlab qololganligini tushunib yetishga, xuddi
shuningdek, ana shu omil mustaqilligimiz sharoitida kuch, qudrat, milliy g’urur va
iftixor tuyg’ularimiz uchun manba bo’layotganligini tushunib yetishga;
uchinchidan, har bir millat, u son jihatdan kichikmi, yoki kattami undan
qat’iy nazar mustaqillik ularning har biri uchun havo va suvdek zarur ekanligini,
faqat mustaqillik millatni milliy-ma’naviyatini saqlab qolishga, uni rivojlantirishga
va keyingi avlodga yetkazish baxtiga muyassar etadigan asosiy omil ekanligini
tushunishga, bu esa har bir millatdoshimiz va vatandoshimizning mustaqillikdek
ulug’ ne’matni saqlab qolishi uchun fidoiylik ko’rsatishi ma’naviyatning yuksak
belgisi ekanligini qalban his etishga imkon beradi;
to’rtinchidan,
milliy-ma’naviy
tiklanishning
mohiyatini,
«ma’naviyat»
tushunchasi, uning shaxs, millat kamoloti, davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o’rnini
bilib olishga, uni rivojlantirish uchun merosimizni chuqur o’zlashtirish, tinmay
izlanish, ma’rifat, fan, texnika va texnologiya yutuqlarini sabot bilan o’zlashtirish
hamda Prezidentimizning bugungi taraqqiyotimizni ta’minlaydigan «kuch – bilim
16
O’sha asar 18-bet.
17
Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkura – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. Toshkent: O’zbekiston, 2000 y, 12-13 betlar.
va tafakkurda» – degan ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan kontseptual
g’oyasiga izchillik bilan amal qilishimiz;
beshinchidan, milliy mustaqilligimizni mustahkamlash va islohatlarni
amalga oshirish jarayonida milliy-ma’naviy tiklanishimiz oldida turgan vazifalar
ko’lamini bilib olishga va uni amalga oshirishda umummilliy safarbarlik harakatini
avj oldirishda fidoiylik ko’rsatish zarurligini;
oltinchidan, talaba yoshlarning milliy-ma’naviy tiklanish borasida ular
oldida turgan vazifalarni bilib olishga, milliy g’urur, iftixor, fidoyilik,
vatanparvarlik,
insoniylik
kabi
oliyjanob
fazilatlarni
shakllantirish
–
mustaqilligimizni mustahkamlash va taraqqiyotimizning asosiy sharti ekanligini
tushunib yetish;
ettinchidan, milliy istiqlol g’oyaning ma’no va mazmunini chuqur
anglashimizga, mustaqillikni mustahkamlash jarayonida ma’naviy yangilanishimiz
borasidagi strategik vazifalarimizning asosiy yo’nalishlarini va ko’lamini chuqur
bilib olishimiz hamda ularni amalga oshirishda fidoiylik ko’rsatishimizning
ahamiyatini tushunib yetishimiz zarurligi kabilardir.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Prezidentimiz tomonidan ishlab
chiqarilgan milliy ma’naviy tiklanish ilmiy-nazariy kontseptsiyasi juda katta
nazariy, metodologik va amaliy ahamiyatga egadir. Bu kontseptsiya kelajakda
masalani yana ham chuqurroq o’rganishimiz uchun asos bo’ladi.
II BOB. Ma’naviy ma’rifiy islohatlar – jamiyat taraqqiyotining ustuvor
yo’nalishi sifatida.
2.1. Ma’naviyatning asosiy kategoriyalari, uning rivojlanish
qonuniyatlari
O’zbek xalqi 130 yilcha mustamlakachilik istibdodi ostida yashadi. Bu davr
mobaynida uning milliy-ma’naviy merosi paymol etildi, tarixi soxtalashtirildi,
ilmiy, madaniy binobarin ma’naviy merosga niglistik qarash hukm surib cheklab
qo’yildi. Xalqimizning ongi sal bo’lmasa ijtimoiy adolatsizlik, ma’naviyatsizlik,
nopoklik va yovuzlikka qarshilik ko’rsatolmay yuvvosh yashayverishga ko’nikib
qolayozgan edi. Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan
xalqimiz o’z tarixiy-ma’naviy merosidan to’laqonli, erkin-emin foydalanish
imkoniyatidan mahrum bo’lib keldi.
Mustaqillikka erishishimizdan avval: kim Imom al-Buxoriy, Xo’ja Ahmad
Yassaviy, Imom at-Termiziy, Najmiddin Kubro, Abu Mansur Matrudiy, al-
Marg’inoniy, G’azzoliy, Naqshband kabi allomalarimizning nomini tilga olar, ular
qoldirgan boy ma’naviy merosni o’rganish imkoniyatiga ega edi?;
Faqat mustaqillikni qo’lga olishimiz sharofati tufayligina ma’naviy
merosimizni, ko’hna va navqiron tariximizni o’rganish, jahon tsivilizatsiyasidagi
munosib o’rnimizni tiklash va demokratik jamiyat qurishdek baxtga musharraf
bo’ldik. Bunday imkoniyatlarni qo’lga kiritishimizda xalqimizning sevimli
farzandi, ulkan davlat va siyosat arbobi, yetuk olim, vatanparvar va millatparvar
inson Islom Karimovning yetakchilik va rahbarlik roli asosiy rol o’ynadi.
Mustaqillikni qo’lga kiritganimizdan keyingi yillar ichida iqtisodiy, ijtimoiy-
siyosiy
va
ma’naviy sohalarda katta muvaffaqiyatlar qo’lga kiritildi.
Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik vujudga keltirildi, bozor munosabatlariga
o’tib bormoqdamiz, milliy ma’naviy poklanish va tiklanishimizning murakkab
vazifalarini vazminlik bilan amalga oshirmoqdamiz.
Prezidentimizning milliy ma’naviy tiklanishimiz borasida qilgan xizmatlari
haqida fikr yuritganda, ularning kontseptual g’oyalarni ishlab chiqish bilan bir
qatorda ana shularni amalga oshirish borasida qilayotgan katta xizmatlari haqida
alohida ta’kidlash lozim bo’ladi. Jumladan, 1994 yildayoq respublikamizda
«Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazini tuzish to’g’risida farmon
chiqarganlari,
ularning
faoliyatini
takomillashtirish
haqida
g’amxo’rlik
ko’rsatayotganliklarini aytish joiz. Mustaqillik yillarida ma’naviy merosimiz
rahnamolari nomlari tiklandi, ular tavallud topgan kunlar nishonlanmoqda, asarlari
chop etildi va etilmoqda. CHunonchi, Bahouddin Naqshband tavalludining
675 yilligi;
Najmiddin
Kubro
tavalludining
850 yilligi
keng
nishonlandi.
1998 yilda
Imom
al-Buxoriy
hazratlarining
1225 yilliklari,
Ahmad
al-
Farg’oniyning 1200 yilligi nishonlanishida bosh-qosh bo’lganliklarini ta’kidlash
lozim.
Mustaqillik yillari Qur’oni Karim o’zbek tiliga tarjima qilinib ko’p nusxada
chop etildi. Imom al-Buxoriyning to’rt jildlik hadislarini chop etish tugallandi.
Xoja Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar» to’plami chop etildi. Ko’plab Qur’oni
Karim sharhlariga oid kitoblar ham chop etilganligini va ulardan xalqimiz
bahramand bo’layotganligining guvohi bo’lib turibmiz.
Mustaqillik yillari Iydi Ramazon va Qurbon Hayit kunlari diniy
qadriyatlarimizning bayrami sifatida nishonlanmoqda. Navro’z umumxalq bayrami
sifatida xalqimiz hayotidan mustahkam o’rin oldi. Har yili 3000 dan ortiq
vatandoshlarimiz muborak haj safarlarini ado etmoqdalar. Mustaqillik yillari
ko’plab masjid va madrasalar ta’mirlandi.
Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur Mirzolarning nomi qayta tiklandi.
Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug’bekning esa 600 yilligi keng
nishonlandi va shu munosabat bilan yurtimizda beqiyos ma’naviy-ma’rifiy ishlar
amalga oshirildi.
Mustaqillik tufayli milliy istiqlolimiz kurashchilari Abdulla Qodiriy, CHo’lpon,
Fitrat, Usmon Nosir, Behbudiy va boshqalarning nomi tiklandi, asarlari chop etildi,
ular tavallud topgan kunlar umummilliy bayram sifatida nishonlandi.
Qatag’on yillarida millatimiz mustaqilligini ta’minlash yo’lida qurbon
bo’lgan xalqimizning ana shu sevikli farzandlarining muborak nomlarini
abadiylashtirish maqsadida Vatanimiz poytaxti Toshkent shahrida SHahidlar
hiyoboni barpo etildi.
Uzoq tariximiz, boy madaniyatimiz, serqirra ma’naviyatimizdan guvohlik
beruvchi Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yillik to’ylari 1997 yilda katta
tantanalar bilan nishonlandi.
Vazirlar mahkamasining qaroriga binoan xalqimizning milliy qahramoni
buyuk vatanparvar Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, xalqimizning
buyuk
merosi
hisoblangan
«Alpomish» dostonining 1000 yilligi, milliy-
ma’naviyatimiz rivojiga ulkan hissa qo’shgan buyuk davlat arbobi, fan homiysi
Muhammad Rizo Erniyozbek o’g’li Ogahiyning 190 yilliklari 1999 yilda keng
nishonlandi.
Bu yil esa ilohiyot ilmining darg’asi Abu Mansur al-Moturidiyning muborak
yubileyi, kelgusi yil yana bir ulkan merosimiz hisoblangan «Avesto»ning
2700 yilligini nishonlashga qizg’in tayyorgarliklar ketmoqda.
O’zbek tilining davlat tili darajasiga aylanishi borasida bir qator ijodiy ishlar
amalga oshirildi. Jumladan, davlat idoralarida ish yuritish, shaharlarda ko’chalar va
joylarni nomlashda tarixiy haqiqat tiklanmoqda. Ma’naviy merosimiz sanalgan
ko’plab asarlar o’zbek tiliga tarjima etilmoqda. Xullas, mustaqillik yillari biz
uchun o’zbek tilining xalq va davlat hayotidagi asosiy ahamiyati va o’rnini tiklash
borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. SHu tariqa millatning qadr-qimmati,
mustaqil davlatimizning qadr-qimmati mustahkamlandi, maktablar va oliy o’quv
yurtlarida o’zbek tilini rusiyzabon yoshlarning o’rganishi uchun ham katta
imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Mustaqillik yillari ma’naviyatimizning muhim elementi hisoblangan ta’lim
va tarbiya tizimiga milliy ruh bag’ishlashda bir qator ishlar amalga oshirildi.
Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbusi va bevosita rahbarligi ostida «Ta’lim to’g’risida
qonun», «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» va «Sog’lom avlod dastur»ining
qabul
qilinishi
milliy
ma’naviyatimizning yuksalishida, mamlakatimizning
kelajakda
rivojlangan
mamlakatlar
qatoridan
munosib
o’rin egallashi,
millatimizning obro’-e’tiborining oshib borishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Bugungi kunda mamlakatimizning eng iqtidorli 2000 dan ortiq yoshlari
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning oliy o’quv yurtlarida ta’lim olmoqdalar.
«Mahalla», «Kamolot», «Sog’lom avlod uchun», «Nuroniy», «Ulug’bek»,
«Umid», «Ustoz» kabi jamg’armalar ham Prezidentimiz tashabbusi bilan vujudga
keldi. Ular bugungi kunda ta’lim, tarbiya va milliy ma’naviyatimizni rivojlantirish
ishlariga katta yordam bermoqda. Eng muhimi bugungi kunda mustaqilligimiz
ta’minlandi,
millatimiz
qadrini,
g’ururini,
or-nomusini,
milliy-ma’naviy
merosimizni tiklash borasidagi harakatimiz Prezidentimiz rahnamoligida haqiqatga
aylandi.
Bu haqiqat. Bundan hech kim, xatto muxoliflarimiz ham ko’z yumolmaydi.
Bu muvaffaqiyatlarimiz o’tmishda faqat orzu edi, xolos. Qilingan ishlar, ma’naviy
merosimizni o’zlashtirish, milliy o’zligimizni anglash va boshqa ko’plab ma’naviy
hayotimizda sodir etilgan o’zgarishlar mustaqilligimizning mevasi hisoblanadi.
Shuning bilan bir qatorda milliy-ma’naviy tiklanish borasida ko’lami
jihatidan juda katta vazifalar turibdi. Biz millatimiz tarixi va merosini chuqur
o’rganishimiz lozim bo’ladi. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek,
«Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz,
tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz»
18
.
Milliy-ma’naviy tiklanishimiz borasida Prezidentimiz tomonidan amalga
oshirilgan muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ishlar qatoriga yana
quyidagilarni qo’shish lozim bo’ladi: milliy-ma’naviy tiklanishimizning ilmiy-
nazariy
kontseptsiyasini
ishlab
chiqqanligi
va
istiqbolda
ma’naviy
taraqqiyotimizning XXI asrdagi vazifalarini belgilab berganligi; milliy-ma’naviy
tiklanishning mamlakatimizning totalitarizmdan demokratik jamiyatga o’tish
sharoitidagi o’ziga xos xususiyatlarini ilmiy asoslab berganligi va uning faqat
milliy, ijtimoiy-ma’naviy tafakkurimizda emas, shuning bilan birga umumijtimoiy-
falsafiy tafakkur taraqqiyotida yangi yo’nalish boshlab berganligini ham ta’kidlash
lozim bo’ladi.
Islom Karimov tomonidan amalga oshirilgan barcha ishlar xalqimizning
qaddini ko’tarmoqda, o’zligini anglashga va mamlakatimizning rivojlanishiga
xizmat qilmoqda, millatimiz abadiyligini mustahkamlamoqda.
Mazkur mavzuda ma’ruza o’qilganda yuqorida keltirilgan har bir g’oyaning
mohiyati va mazmunini tushuntirishda muallim masalani har tomonlama kengaytirgan
holda talabalarga yetkazishga e’tiborini qaratishi lozim bo’ladi. Eng muhimi, talabalar
o’qilgan ma’ruzadan kelib chiqqan holda, ko’tarilgan masalalarni kengroq, chuqurroq
o’rganib, amaliy mashg’ulotlarda, referat yozishda mustaqil fikr yuritish hamda chuqur
o’zlashtirishlari lozim. O’qituvchi ma’naviyat tushunchasini bayon etar ekan, oxirgi
yillar mobaynida ko’pchilik ziyolilarimiz ma’naviyat nima degan savolga javob
izlab, qizg’in izlanish ishlari olib borayotganliklarini aytish joiz bo’ladi. Bunga
sabab ma’naviyatning ko’p qirrali tushuncha ekanligidir. U inson faoliyatining
barcha qirralarini, uning yaqqol ko’zga tashlanuvchi zohiriy va yashirin, ichki
ruhiy - botiniy tomonlarini ham qamrab olganligidadir. Hozirda matbuotda ushbu
mavzuga bag’ishlab ko’plab maqola va mulohazalar e’lon qilinmoqda, kitoblar
chop etilmoqda. Ochig’ini aytish kerak, bu so’z, bu tushuncha «sovetlar tuzumi
18
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. 9-bet.
davrida» ko’p ham tilga olinmas, muhokama qilinmas edi. Albatta, bu holatning
o’z sabablari mavjud bo’lgan. Bular haqda keyingi ma’ruzalarimizda alohida
to’xtaymiz.
Inson - tabiatning, barcha mavjudotning gultoji deyilganda uning ushbu
xislati, ya’ni yuksak ma’naviyat egasi bo’la olish imkoniyati nazarda tutiladi. Bu
imkonni boshqa jonzotlarda ko’rmaymiz.
Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma’naviyat unga
ruhiy oziq va qudrat bag’ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta’minlanish bilan
kifoyalanish - ongsiz va ruhsiz maxluqotlarga xos. Ma’naviyatga intilish esa ruh va
ong egasi bo’lmish odamzotgagina xos fazilatdir. Ma’naviyat odamning ruhiy va
aqliy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir.
Yuqorida aytganimizdek, ma’naviyat juda keng qamrovli tushuncha bo’lib,
uni bir jumlada ifodalash nihoyatda mushkul.
Ma’naviyat ko’proq inson qalbiga, botiniy tomoniga qaratilganligi bilan
ajralib turadi. SHu ma’noda ma’naviyat inson qalbidagi ilohiy bir nur sanaladiki,
bu ilohiy nur hech bir jonzotda yo’q. Ma’naviyat shunday sehrli tilsimki, uni tugal
yechishga bashar qudrati yetmaydi. SHunday ekan, o’qituvchi dars davomida
«ma’naviyat» tushunchasiga bir yo’la mukammal ta’rif berishga urinmasligini,
mavzuga muqaddima tarzida yondashib, uning ba’zi jihatlarini aks ettiruvchi
ta’riflarni berib o’tishini maslahat beramiz.
Bu borada ham Prezidentimiz Islom Karimovning nazariy qarashlariga,
milliy qadriyatlarimizni, tarixiy va madaniy merosimizni tiklash borasidagi amaliy
faoliyatlariga tayanishimiz, uni o’zimiz uchun dasturulamal qilib olishimiz
maqsadga muvofiq. Yurtboshimiz «Turkiston» gazetasi muxbirining savollariga
javoblarida, ma’naviyat ham borliq, tabiat, jamiyat kabi uzluksiz harakatdagi
jarayon ekanligini, inson fikri, tafakkuri, his-tuyg’usi tinim bilmaganidek, ularning
mahsuli bo’lmish ma’naviyat ham doimo o’zgarish va yangilanishda bo’lishini
uqdirib: «Ma’naviyat avvalambor odamni ruhan poklanishga, qalban ulg’ayishga
chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun
qiladigan, vijdonini uyg’otadigan kuch...
19
» deb ta’riflagan edilar. Bu ta’rifda inson
faoliyatining barcha ma’naviy qirralari qamrab olingan bo’lib, biz bundan buyon
ma’naviyat haqida so’z yuritganimizda unga metodologik asos sifatida tayanamiz.
Keyingi paytlarda ma’naviyatga oid e’lon qilinayotgan maqolalarda,
o’tkazilayotgan anjumanlarda «Ma’naviyat» tushunchasiga ta’rif berish, uning
jamiyat, inson va millat taraqqiyotidagi o’rniga katta e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, taniqli faylasuf A.Jalolov «Mustaqillik ma’suliyati» asarida «Ma’naviyat
- insonning zot belgisi, uning faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi, ongi, aql-
zakovatining mahsuli»
20
, - deb ta’riflagan. «Hayot falsafasi va falsafa hayoti»
maqolasida bu ta’rifni yanada kengaytirib, mukammalroq tarzda quyidagicha
ta’riflaydi: «Ma’naviyat – inson faoliyatining ruhiy mazmuni bo’lib, kishilar uning
vositasida o’zlarini anglaydilar, jamiyatni, tabiatni, ularning mavjudligi hamda
taraqqiyoti xususiyatlarini o’rganadilar, qonunlarini kashf etadilar va ularga
19
T urkiston gazetasi, 1999 yil fevralь.
20
Jalolov A. Mustaqillik mas’uliyati. Toshkent:, O’qituvchi, 1996, 29-bet.
tayanib, o’z turmush sharoitlari, amaliy faoliyatlari muammolarini hal etadilar»
21
.
Muallif o’z fikrini davom ettirib, ma’naviyatsiz hayotni qorong’i bir xonaga
o’xshatadi.
Ko’rinadiki, bir muallifning o’zi ma’naviyatni ta’riflashga turlicha
yondashadiki, bu ham ma’naviyatning ko’p qamrovli tushuncha ekanligini
ko’rsatadi.
«Vatan tuyg’usi» kitobining mualliflari «Ma’naviyat - jamiyatning, millatning
va yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati,
idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha»
22
, - deb ta’riflaganlar.
Bundan tashqari bir qator olimlarimiz anjumanlarda qilgan ma’ruzalarida
«ma’naviyat - insondagi axloq, odob, bilim, ilm, iymon, ixlos va insoniyat
kamoloti uchun ijobiy ta’sir qiluvchi tizim yoki ma’naviyat - insonning aqliy,
axloqiy, ilmiy, amaliy, mafkuraviy qarashlar yig’indisi hisoblanib, diniy va
dunyoviy qarashlarining aks etish darajasidir», deb ta’rif berib kelmoqdalar. A.
Erkaevning fikricha, «Ma’naviyat – insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot
sifatidagi mohiyatidir, ya’ni insonning mehr-muruvvat, adolat, to’g’rilik, sofdillik,
vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go’zallikni sevish, zavqlanish, yovuzlikka nafrat,
iroda, matonat va shu kabi ko’plab asl insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy
birlik, mushtaraklik kasb etgan majmuidir»
23
.
Ma’naviyat muammosi bilan anchadan buyon shug’ullanib kelayotgan
olimlarimizdan biri M. Imomnazarov mazkur masalaga bag’ishlab ikkita kitob
chiqardi. Muallif birinchi kitobida «Ma’naviyat inson qalbidagi ilohiy nur...»
24
,
-
deb yozgan bo’lsa, ikkinchi kitobida «Ma’naviyat - inson qalbida, ko’ngil
ko’zgusida aks etgan haqiqat nuridir, deyilgan ta’rif darhaqiqat, so’fiyona ramziy
ta’rifdir, zotan boshqacha ta’rif bu cheksiz mohiyatni cheklab qo’yadi»
25
, - deb
yozadi.
E.Yusupov insonda mavjud bo’ladigan hamma xislatlar emas, balki
ijobiylarigina ma’naviyat bo’la olishini ko’rsatib: «Ma’naviyat - inson axloqi va
odobi, bilimlari, iste’dodi, qobiliyati, amaliy malakalari, vijdoni, iymoni, e’tiqodi,
dunyoqarashi, mafkuraviy qarashlarining bir-biri bilan uzviy bog’langan, jamiyat
taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan mushtarak tizimdir»
26
, - deb ta’riflaydi.
Albatta, yuqorida keltirilgan fikrlarning hammasida ham ma’naviyatning
ko’pgina qirralari o’z ifodasini topgan va ularda mualliflar o’zlarining nuqtai
nazarlarini bildirganlar, ammo ularda inson salohiyatini o’stirish masalasi
e’tibordan chetda qolganligi ko’rinadi. Hali yana ko’plab olimlarimiz ma’naviyat
tushunchasiga o’z munosabatlarini bildiradilar va ana shu bildirilgan turli fikrlar
asosida umumiy mukammal ta’rif shakllanadi, degan umiddamiz.
Haliga qadar ma’naviyat tushunchasiga mukammal ta’rif shakllanmaganligi
sabab uning keng qamrovli, murakkab va ayni vaqtda «sodda» tushuncha
ekanligida. Ma’naviyat ko’proq insonning ichki, botiniy, yashirin dunyosini aks
ettirishdir. Inson ichki, botiniy dunyosi esa gavhar to’la tubsiz dengiz singaridir.
21
Muloqot . 1997, № 5, 15-bet.
22
Ibrohimov A., Sultonov X., Jo’raev N. Vatan tuyg’usi. Toshkent:, O’zbekiston, 1996, 111-bet.
23
Erkaev A. Ma’naviyat – millat nishoni. Toshkent. Ma’naviyat, 1997, 27-bet.
24
Imomnazarov M. Ma’naviyatimizning takomil bosqichlari. Toshkent: SHarq, 1996, 6-bet.
25
O’sha muallif. Milliy ma’naviyatimiz nazariyasiga chizgilar. Toshkent: SHarq, 1999, 14-bet
26
Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. Toshkent: Universitet, 1998, 34-bet.
Bu dengizdan qancha gavhar olsangiz tugamagani singari inson ichki dunyosi ham
tubsiz, rang-barang tarzda namoyon bo’ladi. Inson qalbiga, botiniy dunyosiga
qanchalik chuqur kirib borsangiz, shunchalik turli-tumanlik bilan toblanib,
o’zining yangidan-yangi qirralarini namoyon etadi. Mana shuning uchun ham
ma’naviyat tushunchasiga mukammal, har taraflama to’liq ta’rif berish
mushkulroq.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ma’naviyat – insonning ruhiyatini, uning o’z-
o’zini anglashi, didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni,
go’zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish qobiliyatini, aql-
zakovatini, yuksak maqsad va g’oyalarni qo’ya bilish, ularni amalga oshirish
uchun harakat qilish va intilish salohiyatidir, - deb ta’rif berish o’rinli deb
hisoblaymiz. Albatta, bu ta’rif eng oxirgi, qiyomiga yetgan, mukammal deb,
aytishimiz mumkin emas.
I.A. Karimov aytganidek, ma’naviyat – taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat
inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan, aql va qo’l bilan mehnat
qilishi kerak
27
.
Ma’naviyat inson tug’ilishida ona suti, uning allasi, mehri, ajdodlar qadriyatlari
ta’siri ostida shakllanadi. Uning shakllanishida oiladagi muhit, jamiyatdagi
hamjihatlik,
davlat
olib
boradigan
siyosatdagi
adolatparvarlik
va
insonparvarlikning qay darajada amal qilinishi asosiy o’rinni egallaydi.
Ma’naviyatning moddiy kuchga aylanishi har bir insonnning xatti-harakatlarida,
o’z oilasi, millati va Vataniga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladi. Yuqorida
aytganimizdek, uning shakllanishida ota-ona, inson yashayotgan atrof-muhit,
milliy, diniy qadriyatlar, jamiyatdagi insonparvarlik va adolatparvarlik siyosati
muhim ahamiyatga ega.
Odam ota-onadan tug’iladi, ammo uning axloqi, odob borasidagi fazilatlari,
ya’ni ma’naviy dunyosi jamiyatda, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy munosabatlar
ta’sirida shakllanadi. Insonning ma’naviy olami asosan ijtimoiy taraqqiyotning
mahsuli bo’lsa ham, u o’z navbatida, jamiyat taraqqiyotiga nihoyatda katta ta’sir
ko’rsatadi, uni belgilab beradigan omillardan biri sanaladi. Odamlarda axloq, odob,
iymon, vijdon, xalollik, mehnatsevarlik, baynalmilalchilik, insonparvarlik e’tiqodi,
vatanparvarlik, milliy va insoniy g’urur tuyg’usi, burch va mas’uliyatni his qilishi
qanchalik kuchli, yuqori bo’lsa, jamiyat taraqqiyotining zaminlari ham
kengayishiga, tinchlik, osoyishtalik, hamjihatlik barqaror bo’lishiga olib keladi.
Islom Karimov Oliy Majlisning Birinchi chaqiriq, Birinchi sessiyasida so’zlagan
nutqida: «Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi.
Texnikaviy
bilim,
murakkab
texnologiyani
egallash
qobiliyati
ma’naviy
barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va
ruhiy-ma’naviy salohiyat - ma’rifatli insonning ikki qanotidir»
28
, - deb ko’rsatgan
edi.
Jamiyat taraqqiyotining har bir yangi bosqichi kishilarning ma’naviy kamolatida
ham yangi davrning yuzaga kelishidir. Ma’naviyatsiz adolatli, yuksalish
imkoniyatiga ega bo’lgan jamiyat bo’lmaganidek, jamiyatsiz ma’naviyat ham
27
Qarang: Karimov I.A. O’zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Toshkent, O’zbekiston, 1993, 74-bet.
28
Karimov I.A. O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T., O’zbekiston, 1995, 46-bet.
rivojlanishi mumkin emas.
Jamiyatning
iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy
sohalarida
mavjud
bo’lgan
muammolarini ma’naviyatni rivojlantirish, unga tayanish orqali hal etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |