Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti



Download 458,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana17.01.2020
Hajmi458,03 Kb.
#35215
1   2   3
Bog'liq
milliy manaviy tiklanish kontseptsiyasida manaviy merosiga etibor.


       

Prezidentimiz  ma’naviyat  tushunchasi  mazmunini  ochib  berar  ekan:  «Er, 

oila,  ota-ona,  bolalar,  qarindosh-urug’lar,  qo’ni-qo’shnilar,  xalq,  mustaqil 

davlatimizga  sadoqat,  insonlarga  hurmat,  ishonch,  xotira,  vijdon,  erkinlik  – 

ma’naviyatning  ma’nosi ana shunday keng»

13

 – deb ta’kidlaydi. 



Ma’naviyat  o’z-o’zidan  shakllanadigan  narsa  emas,  u  avvalo  har  bir 

insonning  ichki  ma’naviy  salohiyatini  shakllantirish  yo’lida  barcha  moddiy  va 

ma’naviy  boyliklarni  o’zlashtirish,  Vatan  va  millat  manfaatlari  yo’lida  halol, 

fidoyilik  bilan  mehnat  qilish  jarayonida  shakllanadi.  SHu  ma’noda  ham 

Prezidentimiz  «Ma’naviyat  –  taqdirning  ehsoni  emas.  Ma’naviyat  inson  qalbida 

kamol  tapishi  uchun u qalban va vijdonan, aql va qo’l bilan mehnat qilishi kerak»

14

 

ligini  ta’kidlaydi. 



Talabalarga  Prezidentimiz  tomonidan  ilgari  surilayotgan  xuddi  mana  shu 

kontseptual  g’oyaning  mohiyatini  tushuntirib  berish  katta  ahamiyatga  molikdir. 

Talaba  o’zining  kundalik  hayotida  millat  va  Vatan  manfaatlari  yo’lida  fidoyilik 

ko’rsatish ruhiyatiga  ega bo’lsin. 

Prezidentimiz  asarlarini  qunt  bilan  o’rganib  borar  ekansiz,  ularda  oldingi 

asarlarda  ilgari  surilgan  g’oyalar  keyingilarida  ijodiy  rivojlantirilgan,  mazmunan 

va  mohiyatan  boyitilganligini  ko’ramiz.  Eng  asosiysi  shundaki,  ana  shu  boyitish 

jarayonida  jamiyat  va  millatimiz  taraqqiyotida  sodir  bo’lgan  ijobiy  o’zgarishlar 

bilan  bir  qatorda  yuzaga  kelgan  yangi  muammolarni  hal  etishning  nazariy  asoslari 

o’z  ifodasini  topgan.  Jumladan,  u  Oliy  Majlisning  XIV-sessiyasidagi «O’zbekiston 

XXI  asrga  intilmoqda»  mavzusidagi  ma’ruzasida  ma’naviyat  tushunchasiga 

quyidagi  fundamental  ta’rifni  beradi:  «Ma’naviyat...  insonni  ruhiy  poklanish  va 

yuksalishga  da’vat  etadigan,  inson  ichki  olamini  boyitadigan,  uning  iymon-

irodasini,  e’tiqodini  mustahkamlaydigan  vijdonini  uyg’otadigan  qudratli  botiniy 

kuch...»

15

 dir. 



Bu  ta’rif  o’zining  mazmuni  va  mohiyati  bilan  ma’naviyat  tushunchasini 

o’zida  to’la  aks  etgan.  Unda  insonning  ichki  ruhiy  olamini  ifodalovchi  barcha 

komponentlar  o’z  ifodasini  topgan  va  uning  inson  barkamolligini  ta’minlashdagi 

katta  kuch  ekanligi  belgilab  berilgan.  SHu  munosabat  bilan  ma’naviyatning 

jamiyatni  rivojlanishidagi  roli  haqida  Prezidentimiz  tomonidan  keltirilgan  quyidagi 

fikrlarining  mohiyatini  tushunib  olib,  uni  bevosita  har  birimiz  o’zimizning 

kundalik  vazifamizga  aylantirishimiz  millatimiz  va  mamlakatimiz  taraqqiyotini 

ta’minlash  uchun  muhim  amaliy  ahamiyatga  egadir.  «Barchamiz  yaxshi  anglab 

                                                                 

12

 Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T: O’zbekiston, 1996, T. 1, 202-bet.



 

13

 Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. (Nutqlar, maqolalar suhbatlar). T: O’zbekiston, 1993, 78-bet.



 

14

 Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. (Nutqlar, maqolalar suhbatlar). T: O’zbekiston, 1993, 79-bet.



 

15

 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T: O’zbekiston, 1999, 17-bet.



 

olishimiz  kerakki,  hayotimizning  boshqa  sohalaridagi  ahvol,  amalga  oshirilayotgan 

islohatlarimizning  samaradorligi,  avvalo  xalq  ma’naviyatining  tiklanishi,  tarixiy 

merosimizning  keng  o’rganilishi,  an’analarimizning  saqlanishi,  madaniyat  va 

san’at, fan va ta’lim  rivoji  bilan  uzviy  bog’liqdir»

16



Prezidentimiz  ma’naviyatning  mohiyatini  ochib  berish  bilan  bir  vaqtda  bu 



sohada  amalga  oshirilishi  kerak  bo’lgan  islohatlarning  strategik  yo’nalishlarini 

ham  belgilab  beradi.  SHu  jumladan,  u  «Fidokor»  gazetasi  muxbiri  savollariga 

bergan  javoblarida  quyidagilarni  ta’kidlaydi:  «...  avvalambor  yoshlarimizning 

iymon-e’tiqodini  mustahkamlash,  irodasini  baquvvat  qilish,  ularni  o’z  mustaqil 

fikrga  ega  bo’lgan  barkamol  insonlar  qilib  tarbiyalash.  Ularning  tafakkurida 

o’zligini  unutmaslik,  ota-bobolarning  muqaddas  qadriyatlarini  asrab-avaylash  va 

hurmat  qilish  fazilatlarini  qaror  toptirish,  ularning,  men  o’zbek  farzandiman,  deb 

g’urur va iftixor  bilan  yashashiga  erishishidir»

17

. 



Bu  ko’rsatilgan  kontseptual  vazifalarni  muvaffaqiyatli  amalga  oshira  olsak 

prezidentimiz  tomonidan  jamiyatni  ma’naviy  yangilash  borasida  belgilab  bergan 

ko’rsatmalarini  bajara  olishimiz  mumkin  bo’ladi.  Belgilangan  bu  vazifalar 

Vatanimiz  va  millatimiz  istiqboli  uchun  o’ta  muhim  ahamiyatga  ega  ekanligini 

taraqqiyotimizning  o’tgan davri to’la tasdiqladi. 

Prezidentimiz  tomonidan  ishlab  chiqilgan  milliy-ma’naviy  tiklanish  va 

ma’naviy  yangilanish  kotseptsiyasining  juda  katta  nazariy  va  metodologik 

ahamiyatga  ega  ekanligini  alohida  ta’kidlash  lozim.  Fikrimizcha  ularning 

ahamiyati  quyidagilardan  iborat: 

Birinchidan,  bu  kontseptsiya  sobiq  sho’rolarning  totalitar  tuzumi  sharoitida 

boy  milliy-ma’naviy  madaniyatimizning  inqirozga  yuz  tutganligini  va  uning 

sabablarini  tushunishga; 

ikkinchidan,  sobiq  sho’rolarning  o’tkazgan  zo’ravonligi,  zulmi  va 

jinoyatkorona  xatti-harakatlariga  qaramasdan,  milliy-ma’naviy  merosimizning 

ildizlari  mustahkam  bo’lganligi  uchun  bu  zo’ravonliklarga  bardosh  berib,  o’z 

salohiyati  va  xususiyatlarini  saqlab  qololganligini  tushunib  yetishga,  xuddi 

shuningdek,  ana  shu  omil  mustaqilligimiz  sharoitida  kuch,  qudrat,  milliy  g’urur  va 

iftixor  tuyg’ularimiz  uchun manba bo’layotganligini  tushunib yetishga; 

uchinchidan,  har  bir  millat,  u  son  jihatdan  kichikmi,  yoki  kattami  undan 

qat’iy  nazar  mustaqillik  ularning  har  biri  uchun  havo  va  suvdek  zarur  ekanligini, 

faqat  mustaqillik  millatni  milliy-ma’naviyatini  saqlab  qolishga,  uni  rivojlantirishga 

va  keyingi  avlodga  yetkazish  baxtiga  muyassar  etadigan  asosiy  omil  ekanligini 

tushunishga,  bu  esa  har  bir  millatdoshimiz  va  vatandoshimizning  mustaqillikdek 

ulug’  ne’matni  saqlab  qolishi  uchun  fidoiylik  ko’rsatishi  ma’naviyatning  yuksak 

belgisi  ekanligini  qalban his etishga imkon  beradi; 

to’rtinchidan, 

milliy-ma’naviy 

tiklanishning 

mohiyatini, 

«ma’naviyat» 

tushunchasi,  uning  shaxs,  millat  kamoloti,  davlat  va  jamiyat  taraqqiyotidagi  o’rnini 

bilib  olishga,  uni  rivojlantirish  uchun  merosimizni  chuqur  o’zlashtirish,  tinmay 

izlanish,  ma’rifat,  fan,  texnika  va  texnologiya  yutuqlarini  sabot  bilan  o’zlashtirish 

hamda  Prezidentimizning  bugungi  taraqqiyotimizni  ta’minlaydigan  «kuch  –  bilim 

                                                                 

16

 O’sha asar 18-bet.



 

17

 Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkura – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. Toshkent: O’zbekiston, 2000 y, 12-13 betlar.



 

va  tafakkurda»  –  degan  ilmiy  va  amaliy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  kontseptual 

g’oyasiga izchillik  bilan  amal  qilishimiz; 

beshinchidan,  milliy  mustaqilligimizni  mustahkamlash  va  islohatlarni 

amalga  oshirish  jarayonida  milliy-ma’naviy  tiklanishimiz  oldida  turgan  vazifalar 

ko’lamini  bilib  olishga  va  uni  amalga  oshirishda  umummilliy  safarbarlik  harakatini 

avj oldirishda  fidoiylik  ko’rsatish zarurligini; 

oltinchidan,  talaba  yoshlarning  milliy-ma’naviy  tiklanish  borasida  ular 

oldida  turgan  vazifalarni  bilib  olishga,  milliy  g’urur,  iftixor,  fidoyilik, 

vatanparvarlik, 

insoniylik 

kabi 

oliyjanob 



fazilatlarni 

shakllantirish 

– 

mustaqilligimizni  mustahkamlash  va  taraqqiyotimizning  asosiy  sharti  ekanligini 



tushunib yetish; 

ettinchidan,  milliy  istiqlol  g’oyaning  ma’no  va  mazmunini  chuqur 

anglashimizga,  mustaqillikni  mustahkamlash  jarayonida  ma’naviy  yangilanishimiz 

borasidagi  strategik  vazifalarimizning  asosiy  yo’nalishlarini  va  ko’lamini  chuqur 

bilib  olishimiz  hamda  ularni  amalga  oshirishda  fidoiylik  ko’rsatishimizning 

ahamiyatini  tushunib yetishimiz  zarurligi  kabilardir. 

Yuqoridagilardan  ko’rinib  turibdiki,  Prezidentimiz  tomonidan  ishlab 

chiqarilgan  milliy  ma’naviy  tiklanish  ilmiy-nazariy  kontseptsiyasi  juda  katta 

nazariy,  metodologik  va  amaliy  ahamiyatga  egadir.  Bu  kontseptsiya  kelajakda 

masalani  yana ham chuqurroq o’rganishimiz  uchun asos bo’ladi. 



    

   

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

II    BOB.  Ma’naviy  ma’rifiy  islohatlar  –  jamiyat  taraqqiyotining  ustuvor 

yo’nalishi sifatida. 

2.1.  Ma’naviyatning  asosiy  kategoriyalari,  uning  rivojlanish 

qonuniyatlari  

          O’zbek  xalqi  130 yilcha  mustamlakachilik  istibdodi  ostida  yashadi.  Bu  davr 

mobaynida  uning  milliy-ma’naviy  merosi  paymol  etildi,  tarixi  soxtalashtirildi, 

ilmiy,  madaniy  binobarin  ma’naviy  merosga  niglistik  qarash  hukm  surib  cheklab 

qo’yildi.  Xalqimizning  ongi  sal  bo’lmasa  ijtimoiy  adolatsizlik,  ma’naviyatsizlik, 

nopoklik  va  yovuzlikka  qarshilik  ko’rsatolmay  yuvvosh  yashayverishga  ko’nikib 

qolayozgan  edi.  Uzoq  yillar  mobaynida  mustamlaka  iskanjasida  kun  kechirgan 

xalqimiz  o’z  tarixiy-ma’naviy  merosidan  to’laqonli,  erkin-emin  foydalanish 

imkoniyatidan  mahrum bo’lib keldi. 

Mustaqillikka  erishishimizdan  avval:  kim  Imom  al-Buxoriy,  Xo’ja  Ahmad 

Yassaviy,  Imom  at-Termiziy,  Najmiddin  Kubro,  Abu  Mansur  Matrudiy,  al-

Marg’inoniy,  G’azzoliy,  Naqshband  kabi  allomalarimizning  nomini  tilga  olar,  ular 

qoldirgan boy ma’naviy merosni o’rganish imkoniyatiga  ega edi?; 

Faqat  mustaqillikni  qo’lga  olishimiz  sharofati  tufayligina  ma’naviy 

merosimizni,  ko’hna  va  navqiron  tariximizni  o’rganish,  jahon  tsivilizatsiyasidagi 

munosib  o’rnimizni  tiklash  va  demokratik  jamiyat  qurishdek  baxtga  musharraf 

bo’ldik.    Bunday  imkoniyatlarni  qo’lga  kiritishimizda  xalqimizning  sevimli 

farzandi,  ulkan  davlat  va  siyosat  arbobi,  yetuk  olim,  vatanparvar  va  millatparvar 

inson Islom Karimovning  yetakchilik  va rahbarlik  roli asosiy rol o’ynadi. 

         Mustaqillikni  qo’lga  kiritganimizdan  keyingi  yillar  ichida  iqtisodiy,  ijtimoiy-

siyosiy 


va 

ma’naviy  sohalarda  katta  muvaffaqiyatlar  qo’lga  kiritildi. 

Mamlakatimizda  siyosiy  barqarorlik  vujudga  keltirildi,  bozor  munosabatlariga 

o’tib  bormoqdamiz,  milliy  ma’naviy  poklanish  va  tiklanishimizning  murakkab 

vazifalarini  vazminlik  bilan  amalga  oshirmoqdamiz. 

Prezidentimizning  milliy  ma’naviy  tiklanishimiz  borasida  qilgan  xizmatlari 

haqida  fikr  yuritganda,  ularning  kontseptual  g’oyalarni  ishlab  chiqish  bilan  bir 

qatorda  ana  shularni  amalga  oshirish  borasida  qilayotgan  katta  xizmatlari  haqida 

alohida  ta’kidlash  lozim  bo’ladi.  Jumladan,  1994 yildayoq  respublikamizda 

«Ma’naviyat  va  ma’rifat»  jamoatchilik  markazini  tuzish  to’g’risida  farmon 

chiqarganlari, 

ularning 

faoliyatini 

takomillashtirish 

haqida 

g’amxo’rlik 



ko’rsatayotganliklarini  aytish  joiz.  Mustaqillik  yillarida  ma’naviy  merosimiz 

rahnamolari  nomlari  tiklandi,  ular  tavallud  topgan  kunlar  nishonlanmoqda,  asarlari 

chop  etildi  va  etilmoqda.  CHunonchi,  Bahouddin  Naqshband  tavalludining 

675 yilligi; 

Najmiddin 

Kubro 


tavalludining 

850 yilligi 

keng 

nishonlandi. 



1998 yilda 

Imom 


al-Buxoriy 

hazratlarining 

1225 yilliklari, 

Ahmad 


al-

Farg’oniyning  1200 yilligi  nishonlanishida  bosh-qosh  bo’lganliklarini  ta’kidlash 

lozim. 

Mustaqillik  yillari  Qur’oni  Karim  o’zbek  tiliga  tarjima  qilinib  ko’p  nusxada 



chop  etildi.  Imom  al-Buxoriyning  to’rt  jildlik  hadislarini  chop  etish  tugallandi. 

Xoja  Ahmad  Yassaviyning  «Hikmatlar»  to’plami  chop  etildi.  Ko’plab  Qur’oni 

Karim  sharhlariga  oid  kitoblar  ham  chop  etilganligini  va  ulardan  xalqimiz 

bahramand bo’layotganligining  guvohi bo’lib turibmiz. 



Mustaqillik  yillari  Iydi  Ramazon  va  Qurbon  Hayit  kunlari  diniy 

qadriyatlarimizning  bayrami  sifatida  nishonlanmoqda.  Navro’z  umumxalq  bayrami 

sifatida  xalqimiz  hayotidan  mustahkam  o’rin  oldi.  Har  yili  3000 dan  ortiq 

vatandoshlarimiz  muborak  haj  safarlarini  ado  etmoqdalar.  Mustaqillik  yillari 

ko’plab masjid va madrasalar  ta’mirlandi. 

Amir  Temur,  Mirzo  Ulug’bek,  Bobur  Mirzolarning  nomi  qayta  tiklandi. 

Amir  Temur  tavalludining  660 yilligi,  Mirzo  Ulug’bekning  esa  600 yilligi  keng 

nishonlandi  va  shu  munosabat  bilan  yurtimizda  beqiyos  ma’naviy-ma’rifiy  ishlar 

amalga  oshirildi. 

Mustaqillik tufayli milliy istiqlolimiz kurashchilari Abdulla Qodiriy, CHo’lpon, 

Fitrat,  Usmon  Nosir,  Behbudiy va boshqalarning nomi tiklandi, asarlari chop etildi, 

ular tavallud topgan kunlar umummilliy  bayram sifatida nishonlandi. 

Qatag’on  yillarida  millatimiz  mustaqilligini  ta’minlash  yo’lida  qurbon 

bo’lgan  xalqimizning  ana  shu  sevikli  farzandlarining  muborak  nomlarini 

abadiylashtirish  maqsadida  Vatanimiz  poytaxti  Toshkent  shahrida  SHahidlar 

hiyoboni barpo etildi. 

Uzoq  tariximiz,  boy  madaniyatimiz,  serqirra  ma’naviyatimizdan  guvohlik 

beruvchi  Xiva  va  Buxoro  shaharlarining  2500 yillik  to’ylari  1997 yilda  katta 

tantanalar  bilan  nishonlandi. 

Vazirlar  mahkamasining  qaroriga  binoan  xalqimizning  milliy  qahramoni 

buyuk  vatanparvar  Jaloliddin  Manguberdi  tavalludining  800 yilligi,  xalqimizning 

buyuk 


merosi 

hisoblangan 

«Alpomish»  dostonining  1000 yilligi,  milliy-

ma’naviyatimiz  rivojiga  ulkan  hissa  qo’shgan  buyuk  davlat  arbobi,  fan  homiysi 

Muhammad  Rizo  Erniyozbek  o’g’li  Ogahiyning  190 yilliklari  1999 yilda  keng 

nishonlandi. 

Bu  yil  esa  ilohiyot  ilmining  darg’asi  Abu  Mansur  al-Moturidiyning  muborak 

yubileyi,  kelgusi  yil  yana  bir  ulkan  merosimiz  hisoblangan  «Avesto»ning 

2700 yilligini  nishonlashga  qizg’in  tayyorgarliklar  ketmoqda. 

O’zbek  tilining  davlat  tili  darajasiga  aylanishi  borasida  bir  qator  ijodiy  ishlar 

amalga  oshirildi.  Jumladan,  davlat  idoralarida  ish  yuritish,  shaharlarda  ko’chalar va 

joylarni  nomlashda  tarixiy  haqiqat  tiklanmoqda.  Ma’naviy  merosimiz  sanalgan 

ko’plab  asarlar  o’zbek  tiliga  tarjima  etilmoqda.  Xullas,  mustaqillik  yillari  biz 

uchun  o’zbek  tilining  xalq  va  davlat  hayotidagi  asosiy  ahamiyati  va  o’rnini  tiklash 

borasida  sezilarli  ishlar  amalga  oshirildi.  SHu  tariqa  millatning  qadr-qimmati, 

mustaqil  davlatimizning  qadr-qimmati  mustahkamlandi,  maktablar  va  oliy  o’quv 

yurtlarida  o’zbek  tilini  rusiyzabon  yoshlarning  o’rganishi  uchun  ham  katta 

imkoniyatlar  yaratib  berilmoqda. 

Mustaqillik  yillari  ma’naviyatimizning  muhim  elementi  hisoblangan  ta’lim 

va  tarbiya  tizimiga  milliy  ruh  bag’ishlashda  bir  qator  ishlar  amalga  oshirildi. 

Ayniqsa,  Prezidentimiz  tashabbusi  va bevosita rahbarligi ostida «Ta’lim to’g’risida 

qonun»,  «Kadrlar  tayyorlashning  milliy  dasturi»  va  «Sog’lom  avlod  dastur»ining 

qabul 

qilinishi 



milliy 

ma’naviyatimizning  yuksalishida,  mamlakatimizning 

kelajakda 

rivojlangan 

mamlakatlar 

qatoridan 

munosib 

o’rin  egallashi, 

millatimizning  obro’-e’tiborining oshib borishida muhim  ahamiyatga  ega bo’ldi. 

Bugungi  kunda  mamlakatimizning  eng  iqtidorli  2000 dan  ortiq  yoshlari 



rivojlangan  xorijiy  mamlakatlarning  oliy  o’quv  yurtlarida  ta’lim  olmoqdalar. 

«Mahalla»,  «Kamolot»,  «Sog’lom  avlod  uchun»,  «Nuroniy»,  «Ulug’bek», 

«Umid»,  «Ustoz»  kabi  jamg’armalar  ham  Prezidentimiz  tashabbusi  bilan  vujudga 

keldi.  Ular  bugungi  kunda  ta’lim,  tarbiya  va  milliy  ma’naviyatimizni  rivojlantirish 

ishlariga  katta  yordam  bermoqda.  Eng  muhimi  bugungi  kunda  mustaqilligimiz 

ta’minlandi, 

millatimiz 

qadrini, 

g’ururini, 

or-nomusini, 

milliy-ma’naviy 

merosimizni  tiklash  borasidagi  harakatimiz  Prezidentimiz  rahnamoligida  haqiqatga 

aylandi. 

Bu  haqiqat.  Bundan  hech  kim,  xatto  muxoliflarimiz  ham  ko’z  yumolmaydi. 

Bu  muvaffaqiyatlarimiz  o’tmishda  faqat  orzu  edi,  xolos.  Qilingan  ishlar,  ma’naviy 

merosimizni  o’zlashtirish,  milliy  o’zligimizni  anglash  va  boshqa  ko’plab  ma’naviy 

hayotimizda  sodir etilgan  o’zgarishlar  mustaqilligimizning  mevasi  hisoblanadi. 

Shuning  bilan  bir  qatorda  milliy-ma’naviy  tiklanish  borasida  ko’lami 

jihatidan  juda  katta  vazifalar  turibdi.  Biz  millatimiz  tarixi  va  merosini  chuqur 

o’rganishimiz  lozim  bo’ladi.  Zero,  Prezidentimiz  Islom  Karimov  ta’kidlaganidek, 

«Biz  xalqni  nomi  bilan  emas,  balki  madaniyati,  ma’naviyati  orqali  bilamiz, 

tarixining  tag-tomirigacha  nazar tashlaymiz»

18



Milliy-ma’naviy  tiklanishimiz  borasida  Prezidentimiz  tomonidan  amalga 



oshirilgan  muhim  nazariy  va  amaliy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  ishlar  qatoriga  yana 

quyidagilarni  qo’shish  lozim  bo’ladi:    milliy-ma’naviy  tiklanishimizning  ilmiy-

nazariy 

kontseptsiyasini 

ishlab 

chiqqanligi 



va 

istiqbolda 

ma’naviy 

taraqqiyotimizning  XXI  asrdagi  vazifalarini  belgilab  berganligi;    milliy-ma’naviy 

tiklanishning  mamlakatimizning  totalitarizmdan  demokratik  jamiyatga  o’tish 

sharoitidagi  o’ziga  xos  xususiyatlarini  ilmiy  asoslab  berganligi  va  uning  faqat 

milliy,  ijtimoiy-ma’naviy  tafakkurimizda  emas,  shuning  bilan  birga  umumijtimoiy-

falsafiy  tafakkur  taraqqiyotida  yangi  yo’nalish  boshlab  berganligini  ham  ta’kidlash 

lozim  bo’ladi. 

Islom  Karimov  tomonidan  amalga  oshirilgan  barcha  ishlar  xalqimizning 

qaddini  ko’tarmoqda,  o’zligini  anglashga  va  mamlakatimizning  rivojlanishiga 

xizmat  qilmoqda, millatimiz  abadiyligini  mustahkamlamoqda. 

Mazkur  mavzuda  ma’ruza  o’qilganda  yuqorida  keltirilgan  har  bir  g’oyaning 

mohiyati va mazmunini tushuntirishda muallim masalani har tomonlama kengaytirgan 

holda talabalarga yetkazishga e’tiborini qaratishi lozim bo’ladi. Eng muhimi, talabalar 

o’qilgan ma’ruzadan kelib chiqqan holda, ko’tarilgan masalalarni kengroq, chuqurroq 

o’rganib, amaliy mashg’ulotlarda, referat yozishda mustaqil fikr yuritish hamda chuqur 

o’zlashtirishlari  lozim.  O’qituvchi  ma’naviyat  tushunchasini bayon etar ekan, oxirgi 

yillar  mobaynida  ko’pchilik  ziyolilarimiz  ma’naviyat  nima  degan  savolga  javob 

izlab,  qizg’in  izlanish  ishlari  olib  borayotganliklarini  aytish  joiz  bo’ladi.  Bunga 

sabab  ma’naviyatning  ko’p  qirrali  tushuncha  ekanligidir.  U  inson  faoliyatining 

barcha  qirralarini,  uning  yaqqol  ko’zga  tashlanuvchi  zohiriy  va  yashirin,  ichki 

ruhiy  -  botiniy  tomonlarini  ham  qamrab  olganligidadir.  Hozirda  matbuotda  ushbu 

mavzuga  bag’ishlab  ko’plab  maqola  va  mulohazalar  e’lon  qilinmoqda,  kitoblar 

chop  etilmoqda.  Ochig’ini  aytish  kerak,  bu  so’z,  bu  tushuncha  «sovetlar  tuzumi 

                                                                 

18

 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. 9-bet.



 

davrida»  ko’p  ham  tilga  olinmas,  muhokama  qilinmas  edi.  Albatta,  bu  holatning 

o’z  sabablari  mavjud  bo’lgan.  Bular  haqda  keyingi  ma’ruzalarimizda  alohida 

to’xtaymiz. 

Inson  -  tabiatning,  barcha  mavjudotning  gultoji  deyilganda  uning  ushbu 

xislati,  ya’ni  yuksak  ma’naviyat  egasi  bo’la  olish  imkoniyati  nazarda  tutiladi.  Bu 

imkonni  boshqa jonzotlarda ko’rmaymiz. 

Moddiy  narsalar  odamga  jismoniy  oziq  va  quvvat  bersa,  ma’naviyat  unga 

ruhiy  oziq  va  qudrat  bag’ishlaydi.  Faqat  moddiy  jihatdan  ta’minlanish  bilan 

kifoyalanish  -  ongsiz  va  ruhsiz  maxluqotlarga  xos.  Ma’naviyatga intilish esa ruh va 

ong  egasi  bo’lmish  odamzotgagina  xos  fazilatdir.  Ma’naviyat  odamning  ruhiy  va 

aqliy  olami  majmui  kabi murakkab ijtimoiy  hodisadir. 

Yuqorida  aytganimizdek,  ma’naviyat  juda  keng  qamrovli  tushuncha  bo’lib, 

uni  bir jumlada  ifodalash nihoyatda mushkul. 

Ma’naviyat  ko’proq  inson  qalbiga,  botiniy  tomoniga  qaratilganligi  bilan 

ajralib  turadi.  SHu  ma’noda  ma’naviyat  inson  qalbidagi  ilohiy  bir  nur  sanaladiki, 

bu  ilohiy  nur  hech  bir  jonzotda  yo’q.  Ma’naviyat  shunday  sehrli  tilsimki,  uni tugal 

yechishga  bashar  qudrati  yetmaydi.  SHunday  ekan,  o’qituvchi  dars  davomida 

«ma’naviyat»  tushunchasiga  bir  yo’la  mukammal  ta’rif  berishga  urinmasligini, 

mavzuga  muqaddima  tarzida  yondashib,  uning  ba’zi  jihatlarini  aks  ettiruvchi 

ta’riflarni  berib o’tishini  maslahat  beramiz. 

Bu  borada  ham  Prezidentimiz  Islom  Karimovning  nazariy  qarashlariga, 

milliy  qadriyatlarimizni,  tarixiy  va  madaniy  merosimizni  tiklash  borasidagi  amaliy 

faoliyatlariga  tayanishimiz,  uni  o’zimiz  uchun  dasturulamal  qilib  olishimiz 

maqsadga  muvofiq.  Yurtboshimiz  «Turkiston»  gazetasi  muxbirining  savollariga 

javoblarida,  ma’naviyat  ham  borliq,  tabiat,  jamiyat  kabi  uzluksiz  harakatdagi 

jarayon  ekanligini,  inson  fikri,  tafakkuri,  his-tuyg’usi  tinim  bilmaganidek,  ularning 

mahsuli  bo’lmish  ma’naviyat  ham  doimo  o’zgarish  va  yangilanishda  bo’lishini 

uqdirib:  «Ma’naviyat  avvalambor  odamni  ruhan  poklanishga,  qalban  ulg’ayishga 

chorlaydigan,  inson  ichki  dunyosini,  irodasini  baquvvat,  iymon-e’tiqodini  butun 

qiladigan,  vijdonini  uyg’otadigan  kuch...

19

»  deb ta’riflagan edilar. Bu ta’rifda inson 



faoliyatining  barcha  ma’naviy  qirralari  qamrab  olingan  bo’lib,  biz  bundan  buyon 

ma’naviyat  haqida so’z yuritganimizda  unga metodologik asos sifatida tayanamiz. 

Keyingi  paytlarda  ma’naviyatga  oid  e’lon  qilinayotgan  maqolalarda, 

o’tkazilayotgan  anjumanlarda  «Ma’naviyat»  tushunchasiga  ta’rif  berish,  uning 

jamiyat,  inson  va  millat  taraqqiyotidagi  o’rniga  katta  e’tibor  qaratilmoqda. 

Xususan,  taniqli  faylasuf  A.Jalolov  «Mustaqillik  ma’suliyati»  asarida  «Ma’naviyat 

-  insonning  zot  belgisi,  uning  faoliyatining  ajralmas  tarkibiy  qismi,  ongi,  aql-

zakovatining  mahsuli»

20

,  -  deb  ta’riflagan.  «Hayot  falsafasi  va  falsafa  hayoti» 



maqolasida  bu  ta’rifni  yanada  kengaytirib,  mukammalroq  tarzda  quyidagicha 

ta’riflaydi:  «Ma’naviyat  –  inson  faoliyatining  ruhiy  mazmuni  bo’lib,  kishilar  uning 

vositasida  o’zlarini  anglaydilar,  jamiyatni,  tabiatni,  ularning  mavjudligi  hamda 

taraqqiyoti  xususiyatlarini  o’rganadilar,  qonunlarini  kashf  etadilar  va  ularga 

                                                                 

19

 T urkiston gazetasi, 1999 yil  fevralь.



 

20

 Jalolov A. Mustaqillik mas’uliyati. Toshkent:, O’qituvchi, 1996, 29-bet.



 

tayanib,  o’z  turmush  sharoitlari,  amaliy  faoliyatlari  muammolarini  hal  etadilar»

21



Muallif  o’z  fikrini  davom  ettirib,  ma’naviyatsiz  hayotni  qorong’i  bir  xonaga 

o’xshatadi. 

Ko’rinadiki,  bir  muallifning  o’zi  ma’naviyatni  ta’riflashga  turlicha 

yondashadiki,  bu  ham  ma’naviyatning  ko’p  qamrovli  tushuncha  ekanligini 

ko’rsatadi. 

«Vatan  tuyg’usi»  kitobining  mualliflari  «Ma’naviyat  -  jamiyatning,  millatning 

va  yoki  ayrim  bir  kishining  ichki  hayoti,  ruhiy  kechinmalari,  aqliy  qobiliyati, 

idrokini  mujassamlashtiruvchi  tushuncha»

22

, - deb ta’riflaganlar. 



Bundan  tashqari  bir  qator  olimlarimiz  anjumanlarda  qilgan  ma’ruzalarida 

«ma’naviyat  -  insondagi  axloq,  odob,  bilim,  ilm,  iymon,  ixlos  va  insoniyat 

kamoloti  uchun  ijobiy  ta’sir  qiluvchi  tizim  yoki  ma’naviyat  -  insonning  aqliy, 

axloqiy,  ilmiy,  amaliy,  mafkuraviy  qarashlar  yig’indisi  hisoblanib,  diniy  va 

dunyoviy  qarashlarining  aks  etish  darajasidir»,  deb  ta’rif  berib  kelmoqdalar.  A. 

Erkaevning  fikricha,  «Ma’naviyat  –  insonning  ijtimoiy-madaniy  mavjudot 

sifatidagi  mohiyatidir,  ya’ni  insonning  mehr-muruvvat,  adolat,  to’g’rilik,  sofdillik, 

vijdon,  or-nomus,  vatanparvarlik,  go’zallikni  sevish,  zavqlanish,  yovuzlikka  nafrat, 

iroda,  matonat  va  shu  kabi  ko’plab  asl  insoniy  xislatlari  va  fazilatlarining  uzviy 

birlik,  mushtaraklik  kasb etgan majmuidir»

23

.

 



Ma’naviyat  muammosi  bilan  anchadan  buyon  shug’ullanib  kelayotgan 

olimlarimizdan  biri  M.  Imomnazarov  mazkur  masalaga  bag’ishlab  ikkita  kitob 

chiqardi.  Muallif  birinchi  kitobida  «Ma’naviyat  inson  qalbidagi  ilohiy  nur...»

24

,



 

deb  yozgan  bo’lsa,  ikkinchi  kitobida  «Ma’naviyat  -  inson  qalbida,  ko’ngil 



ko’zgusida  aks  etgan  haqiqat  nuridir,  deyilgan  ta’rif  darhaqiqat,  so’fiyona  ramziy 

ta’rifdir,  zotan  boshqacha  ta’rif  bu  cheksiz  mohiyatni  cheklab  qo’yadi»

25

,  -  deb 



yozadi. 

E.Yusupov  insonda  mavjud  bo’ladigan  hamma  xislatlar  emas,  balki 

ijobiylarigina  ma’naviyat  bo’la  olishini  ko’rsatib:  «Ma’naviyat  -  inson  axloqi  va 

odobi,  bilimlari,  iste’dodi,  qobiliyati,  amaliy  malakalari,  vijdoni,  iymoni,  e’tiqodi, 

dunyoqarashi,  mafkuraviy  qarashlarining  bir-biri  bilan  uzviy  bog’langan,  jamiyat 

taraqqiyotiga  ijobiy  ta’sir etadigan  mushtarak  tizimdir»

26

,  - deb ta’riflaydi. 



Albatta,  yuqorida  keltirilgan  fikrlarning  hammasida  ham  ma’naviyatning 

ko’pgina  qirralari  o’z  ifodasini  topgan  va  ularda  mualliflar  o’zlarining  nuqtai 

nazarlarini  bildirganlar,  ammo  ularda  inson  salohiyatini  o’stirish  masalasi 

e’tibordan  chetda  qolganligi  ko’rinadi.  Hali  yana  ko’plab  olimlarimiz  ma’naviyat 

tushunchasiga  o’z  munosabatlarini  bildiradilar  va  ana  shu  bildirilgan  turli  fikrlar 

asosida umumiy  mukammal  ta’rif shakllanadi,  degan umiddamiz. 

Haliga  qadar  ma’naviyat  tushunchasiga  mukammal  ta’rif  shakllanmaganligi 

sabab  uning  keng  qamrovli,  murakkab  va  ayni  vaqtda  «sodda»  tushuncha 

ekanligida.  Ma’naviyat  ko’proq  insonning  ichki,  botiniy,  yashirin  dunyosini  aks 

ettirishdir.  Inson  ichki,  botiniy  dunyosi  esa  gavhar  to’la  tubsiz  dengiz  singaridir. 

                                                                 

21

 Muloqot . 1997, № 5, 15-bet.



 

22

 Ibrohimov A., Sultonov X., Jo’raev N. Vatan tuyg’usi. Toshkent:, O’zbekiston, 1996, 111-bet.



 

23

 Erkaev A. Ma’naviyat – millat nishoni. Toshkent. Ma’naviyat, 1997, 27-bet.



 

24

 Imomnazarov M. Ma’naviyatimizning takomil bosqichlari. Toshkent: SHarq, 1996, 6-bet.



 

25

 O’sha muallif. Milliy ma’naviyatimiz nazariyasiga chizgilar. Toshkent: SHarq, 1999, 14-bet



 

26

 Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. Toshkent: Universitet, 1998, 34-bet.



 

Bu  dengizdan  qancha  gavhar  olsangiz  tugamagani  singari  inson  ichki  dunyosi  ham 

tubsiz,  rang-barang  tarzda  namoyon  bo’ladi.  Inson  qalbiga,  botiniy  dunyosiga 

qanchalik  chuqur  kirib  borsangiz,  shunchalik  turli-tumanlik  bilan  toblanib, 

o’zining  yangidan-yangi  qirralarini  namoyon  etadi.  Mana  shuning  uchun  ham 

ma’naviyat  tushunchasiga  mukammal,  har  taraflama  to’liq  ta’rif  berish 

mushkulroq. 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  ma’naviyat  –  insonning  ruhiyatini,  uning  o’z-

o’zini  anglashi,  didi,  farosati,  adolat  bilan  razillikni,  yaxshilik  bilan  yomonlikni, 

go’zallik  bilan  xunuklikni,  vazminlik  bilan  johillikni  ajrata  bilish  qobiliyatini,  aql-

zakovatini,  yuksak  maqsad  va  g’oyalarni  qo’ya  bilish,  ularni  amalga  oshirish 

uchun  harakat  qilish  va  intilish  salohiyatidir,  -  deb  ta’rif  berish  o’rinli  deb 

hisoblaymiz.  Albatta,  bu  ta’rif  eng  oxirgi,  qiyomiga  yetgan,  mukammal  deb, 

aytishimiz  mumkin  emas. 

I.A.  Karimov  aytganidek,  ma’naviyat  –  taqdirning  ehsoni  emas.  Ma’naviyat 

inson  qalbida  kamol  topishi  uchun  u  qalban  va  vijdonan,  aql  va  qo’l bilan mehnat 

qilishi  kerak

27



Ma’naviyat  inson  tug’ilishida  ona  suti,  uning  allasi,  mehri,  ajdodlar  qadriyatlari 



ta’siri  ostida  shakllanadi.  Uning  shakllanishida  oiladagi  muhit,  jamiyatdagi 

hamjihatlik, 

davlat 

olib 


boradigan 

siyosatdagi 

adolatparvarlik 

va 


insonparvarlikning  qay darajada amal  qilinishi  asosiy o’rinni egallaydi. 

Ma’naviyatning  moddiy  kuchga  aylanishi  har  bir  insonnning  xatti-harakatlarida, 

o’z  oilasi,  millati  va Vataniga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladi. Yuqorida 

aytganimizdek,  uning  shakllanishida  ota-ona,  inson  yashayotgan  atrof-muhit, 

milliy,  diniy  qadriyatlar,  jamiyatdagi  insonparvarlik  va  adolatparvarlik  siyosati 

muhim  ahamiyatga  ega. 

Odam  ota-onadan  tug’iladi,  ammo  uning  axloqi,  odob  borasidagi  fazilatlari, 

ya’ni  ma’naviy  dunyosi  jamiyatda,  ijtimoiy,  siyosiy,  iqtisodiy  munosabatlar 

ta’sirida  shakllanadi.  Insonning  ma’naviy  olami  asosan  ijtimoiy  taraqqiyotning 

mahsuli  bo’lsa  ham,  u  o’z  navbatida,  jamiyat  taraqqiyotiga  nihoyatda  katta  ta’sir 

ko’rsatadi,  uni belgilab beradigan omillardan biri sanaladi. Odamlarda axloq, odob, 

iymon,  vijdon,  xalollik,  mehnatsevarlik,  baynalmilalchilik,  insonparvarlik  e’tiqodi, 

vatanparvarlik,  milliy  va  insoniy  g’urur  tuyg’usi,  burch  va  mas’uliyatni  his  qilishi 

qanchalik  kuchli,  yuqori  bo’lsa,  jamiyat  taraqqiyotining  zaminlari  ham 

kengayishiga,  tinchlik,  osoyishtalik,  hamjihatlik  barqaror bo’lishiga olib keladi. 

Islom  Karimov  Oliy  Majlisning  Birinchi  chaqiriq,  Birinchi  sessiyasida  so’zlagan 

nutqida:  «Taraqqiyot  taqdirini  ma’naviy  jihatdan  yetuk  odamlar  hal  qiladi. 

Texnikaviy 

bilim, 

murakkab 



texnologiyani 

egallash 

qobiliyati 

ma’naviy 

barkamollik  bilan,  mustaqil  tafakkur  bilan  birga  borishi  kerak.  Aqliy  zakovat  va 

ruhiy-ma’naviy  salohiyat  -  ma’rifatli  insonning  ikki  qanotidir»

28

,  -  deb  ko’rsatgan 



edi. 

Jamiyat  taraqqiyotining  har  bir  yangi  bosqichi  kishilarning  ma’naviy  kamolatida 

ham  yangi  davrning  yuzaga  kelishidir.  Ma’naviyatsiz  adolatli,  yuksalish 

imkoniyatiga  ega  bo’lgan  jamiyat  bo’lmaganidek,  jamiyatsiz  ma’naviyat  ham 

                                                                 

27

 Qarang: Karimov I.A. O’zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Toshkent, O’zbekiston, 1993, 74-bet.



 

28

 Karimov I.A. O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T., O’zbekiston, 1995, 46-bet.



 

rivojlanishi  mumkin  emas. 

Jamiyatning 

iqtisodiy, 

ijtimoiy-siyosiy 

sohalarida 

mavjud 


bo’lgan 

muammolarini  ma’naviyatni  rivojlantirish,  unga tayanish  orqali hal etish mumkin. 



Download 458,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish