Vazirligi nizmoiy nomidagi



Download 28,99 Kb.
bet1/7
Sana20.07.2022
Hajmi28,99 Kb.
#831420
  1   2   3   4   5   6   7

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZMOIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI PEDAGOGIKA VA PSIXALOGIYA FAKULTETI
“IJTIMOIY PEDAGOGIKA” KAFEDRASI


Himoyaga tavsiya etaman Fakultet dekani
Ibragimova G.N

“IJTIMOIY PEDAGOGIKA” fanidan


KURS ISHI
MAVZU:Maktabgacha ta’lim muassalarida ijtimoiy tarbiya


Talaba :2-kurs “204" guruh talabasi Abduxalilova Dilbar
Ilmiy rahbar:


Himoyaga tavsiya etildi.
Ijtimoiy pedagogika” kafedrasi mudiri
PhD.Mirzayeva F.O


Toshkent 2022-yil

Mundarija:
Kirish 5

  1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ijtimoiy ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari 8

  2. Ijtimoiy tarbiya.O’zbekistonda maktabgacha tarbiya muassasalarida ijtimoiylashuv tarixidan tushuncha 14

  3. Maktabgacha ta'lim jarayonida bolaga ta'lim-tarbiya berishda shaxsga yo‘naltirigan ta'lim 19

  4. Ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifalari 22

  5. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi va ularning shaxs sifatida shakllanishi 25

Xulosa 28
Foydalanilgan adabiyotlar. 30
Mavzuning dolzarbligi.Maktabgacha ta’lim muassasasi uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi, jamiyatning eng muhim ijtimoiy zaminidir. Maktabgacha ta’lim muassasi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi o‘rin tutadi.
Barcha turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707- son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning ushbu muassasada bo‘lish vaqti davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish ushbu muassasa zimmasiga yuklatiladi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bolalarga ijtimoiy tarbiya berish, tibbiy xizmat ko‘rsatish davlat maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga
belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy sog‘liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun mas’uldirlar.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlashni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish hududiy sog‘liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (alohida xizmat xonasi, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish sog‘liqni saqlash tizimidagi malaka oshirish muassasalarida har uch yilda kamida bir marta bepul amalga oshiriladi.
Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish qabul komissiyasining qaroriga binoan maktabgacha ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan mazkur Nizomning 1- ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yo‘llanmalari asosida amalga oshiriladi.
Muassislari boshqa tashkilotlar bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarni maktabgacha ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha shartnoma asosida qabul qilishi mumkin.

Download 28,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish