Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Download 2,03 Mb.
bet60/111
Sana28.01.2023
Hajmi2,03 Mb.
#904621
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   111
Bog'liq
c2cd6025c00ac082f3681c05a05fd0b0 Kiberxavfsizlik asoslari

4.20-rasm. X-Ray metall detektorlar


Fizik xavfsizlikni nazoratlash: qopqon chegarani buzib o‘tuvchini tutuvchi fizik xavfsizlikni nazoratlash vositasi hisoblanib, odatda xavfli hududni xavfsiz hududdan ajratadi. Qopqon ikki eshikli mexanik qulflashga asoslangan kichik hudud bo‘lib, ikkinchi eshik ochilishidan oldin birinchi eshik yopiladi. Shaxsni autentifikatsiyalash smart karta, PIN kod yoki biometrik usullar asosida amalga oshirilishi mumkin (4.21-rasm).

4.21-rasm. Qopqon


Fizik xavfsizlikni nazoratlash: xavfsizlik yorliqlari va ogohlantiruvchi signallar. Yorliqlar xavfsizlik darajasi turlicha bo‘lgan axborotdan foydalanishda ruxsatlarni cheklash uchun qulay hisoblanadi. Buning uchun, tashkilotdagi ma’lumotlarga xavfsizlik yorliqlari beriladi. Quyidagi xavfsizlik yorliqlari mavjud:

  • ochiq ma’lumotlar (unclassified);

  • chegaralangan ma’lumotlar (restricted);

  • konfidensial ma’lumotlar (confidential);

  • maxfiy ma’lumotlar (secret);

  • o‘ta maxfiy ma’lumotlar (top secret).

Axborotdan foydalanishdan oldin uning yorlig‘iga qarab, ruxsatning borligi yoki yo‘qligi aniqlanadi, agar ruxsat bo‘lsa undan foydalanish mumkin.
Ogohlantiruvchi signallardan, odatda, tashkilotdagi ko‘p sonli xodimlarning ruxsatsiz harakatlarini cheklash uchun foydalaniladi. Ogohlantiruvchi signallarga “TAQIQLANGAN HUDUD” (RESTRICTED AREA), “OGOHLANTIRISh” (WARNING),
“XAVFLI” (DANGER) iboralarini misol tariqasida keltirish mumkin (4.22-rasm).


4.22-rasm. Ogohlantiruvchi belgilar
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: video kuzatuv vositalari tashkilot aktivlarining fizik xavfsizligini ta’minlashda muhim komponent hisoblanadi. Video kuzatuv moslamalari odatda tashkilotning kirish eshiklarida, zallarida va ishchi hududlarida o‘rnatilib, kirish va chiqish harakatlarini kuzatishga yordam beradi. Zamonaviy video kuzatuv vositalari nafaqat harakatlarni qaydlashga, balki nomaqbul harakatlarni aniqlash imkonini ham beradi. Masalan, taqiqlangan jixoz olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan holatni aniqlaydi yoki janjal bo‘layotgan holatni aniqlab, ogohlantirish signalini yuboradi. Video kuzatuv vositalari sifatida hozirgi kunda quyidagi kameralardan foydalanib kelinmoqda (4.23-rasm).



a) Dome CCTV

b) Bullet CCTV

c) C-mount
CCTV

d) Day/ night
CCTV

4.23-rasm. Kuzatuv kameralari


Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik xavfsizlik siyosati va muolajalari. Har bir tashkilot samarali fizik xavfsizlikni amalga oshirish uchun talab qilingan fizik xavfsizlik siyosatini va muolajalarini amalga oshirishi zarur. Turli tashkilotlar uchun fizik xavfsizlik siyosati turlicha bo‘lishi mumkin. Xususan, tashkilot fizik xavfsizligining siyosati o‘zida quyidagilarni mujassamlashtiradi:

    • xodimlarning huquq va vazifalari;

    • foydalanishlarni boshqarishning nazorati;

    • qaydlash va audit.

Fizik xavfsizlik muolajalari o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

    • qulflash tizimini boshqarish;

    • suqilib kirish insidentlarini qaydlash;

    • tashrif buyuruvchilarni boshqarish;

    • konfidensial materiallarni yo‘q qilish;

    • qog‘ozdagi axborot uchun toza stol siyosatini va axborotni ishlashda toza ekran siyosatini amalga oshirish.


Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish