Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


Muhim risk ko‘rsatkichlari



Download 2,03 Mb.
bet75/111
Sana28.01.2023
Hajmi2,03 Mb.
#904621
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   111
Bog'liq
c2cd6025c00ac082f3681c05a05fd0b0 Kiberxavfsizlik asoslari

Muhim risk ko‘rsatkichlari. Muhim risk ko‘rsatkichlari risklarni samarali boshqarish jarayonida asosiy tashkil etuvchi bo‘lib, dastlabki
bosqichlarda harakatlarning xavflilik darajasini ko‘rsatadi. Muhim risk ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri aniqlash tashkilot maqsadini tushunishni talab etadi. U tashkilotdagi risk ehtimolini ko‘rsatuvchi o‘lchov sifatida quyidagilarni amalga oshirishda yordam beradi:

    • hodisa ta’sirini aniqlash;

    • chegara qiymatda ogohlantirish;

    • risk hodisalarini qayta ko‘rish.

Muhim risk ko‘rsatkichi aniqlik bilan hisoblanishi va tashkilotning amalga oshirish ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sirlarni aks ettirishi kerak. Bu yerda, tashkilotning amalga oshirish ko‘rsatkichi tashkilotni o‘zining maqsadalariga erishish jarayonini baholash ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Risklarni boshqarish bosqichlari. Risklarni boshqarish uzluksiz jarayon va har bir bosqichning muvaffaqqiyatli amalga oshirilishi talab etiladi. U aniqlangan va faol ishlaydigan xavfsizlik dasturidan foydalangan holda xavfni maqbul darajada oldini oladi. Risklarni boshqarish jarayoni quyidagi asosiy to‘rtta bosqichga ajratiladi:

  1. Risklarni aniqlash.

  2. Risklarni baholash.

  3. Risklarni bartaraf etish.

  4. Risk monitoringi va qayta ko‘rib chiqish.

Har bir tashkilot risklarni boshqarish jarayonida yuqorida keltirilgan bosqichlarni bosib o‘tadi.
Risklarni aniqlash. Risklarni boshqarishdagi dastlabki qadam bo‘lib, uning asosiy maqsadi riskni tashkilotga zarar yetkazmasidan oldin aniqlash hisoblanadi. Risklarni aniqlash jarayoni mas’ul mutaxassislar qobiliyatiga bog‘liq bo‘lganligi tufayli, turli tashkilotlarda turlicha bo‘ladi. Risklarni aniqlash o‘zida tashkilot xavfsizligiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi risklarning manbasini, sabablarini, natijasini va h. aniqlashni mujassamlashtirgan. Risklar odatda quyidagi 4 ta muhim sohalarda vujudga keladi:

    • Muhit. Muhitga aloqador bo‘lgan risklar o‘zida ish joyidagi kamchiliklar, turli halaqitlar, issiq/ sovuq muhit, tutun, past yoritilganlik va elektr xavflari kabilarni birlashtiradi.

    • Jihoz. Jihozga aloqador risklar sifatida jihozlarning past ta’mirlanishi muhitini, ishlamasligini, mavjud bo‘lmasligini va vazifaga nomutanosibligini keltirish mumkin.

    • Mijoz. Mijozlar bilan bog‘liq risklar odatda muhim o‘zgarishlar, kutilmagan ko‘chishlar va zaif aloqa natijasida yuzaga keladi.

    • Vazifalar. Vazifalarga aloqador bo‘lgan risklarga yetarli bo‘lmagan bajarish vaqti, takroriy vazifalar, ishni loyihalash va xodimlar sonini yetarli bo‘lmasiligi orqali paydo bo‘luvchi risklar misol bo‘la oladi. Riskni aniqlash risklarni boshqarish jarayonidagi turli og‘ishlarni kamaytiradi va bu, o‘z navbatida, kelajakda ta’sir qiluvchi omillar ehtimolini kamaytiradi. Risklarni aniqlashning ko‘plab usullari mavjud, ular asosida turli dasturiy vositalar ishlab chiqilgan. Aksariyat risklarni aniqlash jarayoni maxsus shakllantirilgan jamoa tomonidan amalga oshiriladi. Risklarni aniqlash jarayoni bir qancha omillarga, masalan, tarmoqning holati va jamoa a’zolarining risklarni boshqarishdagi

qobiliyatlariga asoslanadi.
Risklarni baholash. Risklarni baholash bosqichida tashkilotdagi risklarga baho beriladi va bu risklarning ta’siri yoki yuzaga kelish ehtimoli hisoblanadi. Risklarni baholash - uzluksiz davom etuvchi jarayon riskka qarshi kurashish rejalarini amalga oshirish uchun imtiyozlarni belgilaydi. Risklarni baholash ularning miqdoriy va sifatiy qiymatini aniqlaydi. Har bir tashkilot risklarni aniqlash, darajalarga ajratish va yo‘q qilish uchun o‘zining riskni baholash jarayonini qabul qilishi kerak.
Risklarni baholash taqdim etilgan risk turini, riskning ehtimoli va miqdorini, uning darajasini hamda uni nazoratlash uchun rejani aniqlaydi. Tashkilotlar risklarni baholash jarayonini odatda xavf aniqlanganida va uni zudlik bilan nazoratlay olmaganlarida amalga oshiradilar. Riskni baholashdan so‘ng ma’lum vaqt mobaynida barcha axborot vositalarini yangilash talab etiladi.
Risklar baholanganidan so‘ng, ular tashkilotga keltiradigan miqdoriy zararga ko‘ra darajalanadi. Darajalarga ajratish risklarga qarshi kurashishga va resurslarni joylashtirishga yordam beradi. Taqdim etilgan risklarning darajalari ularning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi:

  • darajasi 1-2 ga teng bo‘lgan risklarni zudlik bilan bartaraf etish yoki bartaraf etish imkoni bo‘lmasa, nazorat harakatlari orqali uning xavflilik darajasini tushirish talab etiladi.

  • darajasi 3-4 ga teng bo‘lgan risklarni qandaydir biror vaqt mobaynida bartaraf etish yoki xavfni nazoratga olish zarur hisoblanadi.

  • darajasi 5-6 ga teng risklarni imkoni bor bo‘lgan vaqtda bartaraf etish yoki imkoni bo‘lmasa xavfni nazoratga olish zarur.

Risklarni baholash quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Riskni tahlillash: risk tabiatini aniqlash va uning paydo bo‘lishi darajasini hisoblash bosqichi, risklarni nazoratlashga yordam beradi.
Riskni darajalarga ajratish: risklarni tahlillash jarayonida ularning miqdoriy jihatdan reytingini aniqlash va qarshi choralarni loyihalash bosqichi.

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish