2.1. O’zbekiston Respublakasi aholisining mehnat bandligini o’rganish.
Mehnat munosabatlari.
Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etish shartlari qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 44-moddasiga asosan, oʻn olti yoshdan to pensiya taʼminoti huquqini olish yoshigacha boʻlgan, haq toʻlanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor boʻlgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan oʻtishga yoki malakasini oshirishga tayyor boʻlgan, ishga joylashishda koʻmak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotganlar mustasno) ishsizlar deb eʼtirof etiladi.
Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etishni rad qilish uchun asoslar?
Ishsiz shaxs deb eʼtirof etish rad qilingan shaxs yana qancha muddatdan soʻng qayta ish qidirayotgan shaxs sifatida takroran roʻyxatdan oʻtish huquqiga ega?
Ishsiz shaxslarning mahalliy mehnat organlari tomonidan hisobga olinish tartibi qanday?
Davlatning ishsiz shaxslarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlanishiga oid kafolatlariga nimalar kiradi?
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan moliyaviy koʻmak koʻrinishidagi subsidiyalar kislarga beriladi?
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ajratiladigan grantlar qatoriga nimalar kiradi?
Mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar turlariga nimalar kiradi?
Ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga xizmatlar koʻrsatuvchi mahalliy mehnat organlari xodimlarining majburiyatlari nimalardan iborat?
Ish qidirayotgan shaxslar sifatida mahalliy mehnat organlarida roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslarning toifalariga kimlar kiradi?
Ish qidirayotgan shaxslarni roʻyxatga olish tartibi qanday?
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat daftarchasini berish tartibi
Nogironlar mehnatini muhofaza qilishning qo‘shimcha choralari.
Vaqtincha mexnatga qobiliyatsizlik nafaqasi summasi qay tartibda xisoblanadi?
Ish qidirayotgan shaxslarni hisobdan chiqarish tartibi qanday?
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs maqomini olish tartibi qanday?
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarga nimalar kiradi?
Ishsiz shaxsni mahalliy mehnat organlarida hisobdan chiqarish uchun asoslarga nimalar kiradi?
Ishsizlik nafaqasi kimlar olish huquqiga ega va uning miqdori qancha?
Tashkilotlardan boʻshatilgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari qanday?
Ishsizlik nafaqasi toʻlashni tugatish va toʻxtatib turish asoslari qanday?
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining asosiy turlari va unga haq toʻlash tartibi qanday?
Yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʼqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash tartibi qanday?
Ishsiz shaxslarning mahalliy mehnat organlari tomonidan hisobga olinish tartibi qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 46-moddasiga asosan, ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar ishsizlik nafaqasini olish davrida bir oyda kamida ikki marta mahalliy mehnat organlariga kelishi shart. Kelish jadvali, sanasi va vaqti ish qidirayotgan shaxslarni roʻyxatga olishni amalga oshiruvchi mahalliy mehnat organi xodimi tomonidan ishsiz shaxsning mahalliy mehnat organiga kelishi qulayligi hisobga olingan holda belgilanadi.
Ishsiz shaxs mahalliy mehnat organiga kelganda mahalliy mehnat organining xodimi:
ishsiz shaxs bilan mazkur shaxsning ishsiz shaxs sifatida maqomini belgilashga va uni ishga joylashtirishga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlarda yuz bergan oʻzgarishlar toʻgʻrisida suhbat oʻtkazadi;
ishsiz shaxsni mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisida, kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan oʻtish yoki malakasini oshirish imkoniyatlari haqida, shuningdek haq toʻlanadigan jamoat ishlari toʻgʻrisida xabardor qiladi;
maqbul keladigan ish mavjud boʻlganda ishga joylashtirishga doir yoʻllanma yoki ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma beradi.
Mahalliy mehnat organi ishsiz shaxslarning oʻz vaqtida mahalliy mehnat organiga kelib turishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
Ishsiz shaxslarning mahalliy mehnat organlariga kelishini hisobga olish ularning ish qidirish va ishga joylashishdagi faolligini oshirish, ularga mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi joriy axborotni taqdim etish, shuningdek ularning ishga joylashishiga va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarning ular tomonidan oʻz vaqtida olinishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
Davlatning ishsiz shaxslarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlanishiga oid kafolatlariga nimalar kiradi?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 47-moddasiga asosan, Davlat ishsiz shaxslarga quyidagilarni kafolatlaydi:
ishsizlik nafaqasi toʻlanishini;
- mehnat organlarining yoʻllanmasi boʻyicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida stipendiya toʻlanishini va shu davr umumiy mehnat stajiga qoʻshilishini;
- mahalliy mehnat organlarining yoʻllanmasiga koʻra bepul, shu jumladan grantlar hisobidan kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishni;
- haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish imkoniyatini;
- tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga hamda shaxsiy tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirishga qaratilgan, ushbu Qonun 19-moddasi ikkinchi qismining uchinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan subsidiyalarni olish imkoniyatini;
- mahalliy mehnat organlarining taklifiga koʻra ishlash uchun ixtiyoriy ravishda boshqa yerga koʻchib oʻtish bilan bogʻliq xarajatlar kompensatsiya qilinishini.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs maqomini olish tartibi qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning (https://lex.uz/docs/5055690) 35-moddasiga asosan, mehnatga layoqatli yoshdagi shaxs oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olinganidan keyin oʻzini oʻzi band qilgan shaxs maqomini oladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida roʻyxatga olinmagan va shaxsiy mehnatga doir ishtirokiga asoslangan, ish haqini (mehnat daromadini) olishga qaratilgan, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatida nazarda tutilgan faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshiradigan shaxslar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatga olinishi mumkin.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni roʻyxatga olish oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olinganlik faktini tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR-kod) berilgan holda, maxsus mobil ilova yoxud soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabar qilish tartibida amalga oshiriladi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan shaxslar oʻz faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanishga, shuningdek ish beruvchiga ega boʻlishga haqli emas. Ushbu talablarga rioya etilmagan taqdirda, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar maqomini yoʻqotadi.
Internet tarmogʻi orqali xizmatlar koʻrsatuvchi (ishlar bajaruvchi) oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar (frilansing) quyidagi huquqlarga ega:
xorijdagi norezidentlar boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslardan koʻrsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun xorijiy valyutada Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlarga Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tegishli axborot kiritmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlarga xorijiy valyutada toʻlov qabul qilish;
bitim (oferta) toʻgʻrisida ommaviy taklif qabul qilish yoki elektron xabarlar almashish yoxud hisobvaraq-fakturalar (invoys) qoʻyish, shu jumladan elektron shaklda qoʻyish orqali kontrakt tuzmasdan, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga xizmatlar koʻrsatish (ishlar bajarish).
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ishsiz shaxslarga toʻlanadigan ishsizlik nafaqasi hamda tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirishdan oʻtish davrida ushbu mablagʻlar hisobidan stipendiya olishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |