Giyohvand moddalarni taqiqlash unga doir jinoyatlar sonini oshiradimi yoki kamaytiradimi?
Jamiyatimiz duch kelayotgan muammolardan biri – bu geroin, kokain kabi giyohvand moddalardan foydalanish. Bu moddalarning ko`plab salbiy ta’siri
mavjud. Biri shuki, giyohvand moddaga bog`lanib qolish odamlarning va ularning oilasining hayoti barbod bo`lishiga olib keladi. Boshqa tomondan esa pul topish maqsadida giyohvand odam o`g`irlikka va boshqa jinoyatlarga qo`l uradi.Noqonuniy moddalardan foydalanishni cheklash maqsadida Qo`shma Shtatlar hukumati mamlakatga givohvand moddalarning oqimini qisqartirish uchun har yili milliard dollar mablag` ajratadi. Talab va taklif mexanizmlaridan foydalangan holda bu narkotik moddalarni to`xtatish siyosatini tekshiramiz.
Tasavvur qiling hukumat giyohvand moddalarga qarshi urushda qatnashadigan federal agentlar sonini oshirdi. Noqonuniy dorilar bozorida nima sodir bo`ldi? Odatdagidek biz 3 qadamda savolga javob beramiz. Birinchidan, biz talab yoki taklif egri chizig`ining o`zgarganini ko`rib chiqamiz. Ikkinchidan, o`zgarishning qaysi tomonga bo`lganini kuzatamiz. Uchunchidan, biz o`zgarish muvozanat narxi va miqdoriga qanday ta’sir etganini ko`ramiz.
Garchi narkotiklarni to`xtatishning maqsadi ulardan foydalanishni qisqartirishga qaratilgan bo`lsa ham, uning aniq ta’siri xaridorlarga emas balki sotuvchilargadir.Hukumat mamlakatga bir necha narkotik moddalarni kirishini to`xtatgan va ko`plab kontrabandachilarni hibsga olgan paytda, bunday moddalar narxi oshadi va shu sababli ularning miqdori kamayadi. Giyohvand moddaga bo`lgan talab, ya’ni istalgan narxda sotib oladiganlar soni o`zgarmaydi. 9- chizmada ko`rsatilganidek, taqiq taklif egri chizig`ini chap tomonga S1 dan S2 ga surdi, talab esa o`zgarishsiz qoldi. Muvozanat narxi P1 dan P2 ga ko`tarildi, muvozanat miqdor esa Q1 dan Q2 ga pasaydi. Muvozanat miqdorining kamayishi shuni
ko`rsatadiki, narkotik moddalarning taqiqi ulardan foydalanishni qisqartirdi.
Lekin giyohvand moddalarga doir jinoyatlarchi? Bu savolga javob berish uchun, giyohvand moddalardan foydalanuvchilar to`lagan pullarining umumiy qiymatini hisoblaymiz. Chunki juda kam giyohvandlar narxlar oshganda odatlaridan voz kechadi, bu degani bunday moddalarga bo`lgan talab elastik emas.
Agar talab elastik bo`lmasa, giyohvand moddalar bozoridagi umumiy daromad ko`tariladi. Chunki giyohvand moddalardan foydalanishga nisbatan narx ancha ko`tarilgan bo`ladi. Bu esa giyohvandlar to`laydigan umumiy pul miqdorini oshiradi. Giyohvandlar o`zlarining ehtiyojini qondirish maqsadida o`g`irlik qilishga ham to`g`ri keladi, ularga avvalgidan ham ko`proq pul zarur bo`ladi. Demak, giyohvand moddalarni to`xtatish siyosati unga doir jinoyatlar sonini oshiradi.
Bu siyosatning salbiy ta’siri sababli bir necha mutahassislar muqobil yechimini topishga bahslashmoqdalar. Giyohvand moddalar taklifini qisqartirgandan ko`ra, siyosatchilari giyohvand moddalar haqida ta’lim berish orqali ularga bo`lgan talabni qisqartirishga harakat qilishlari mumkin. Muvaffaqiyatli ta’limning ta’siri 9-chizmada ko`rsatilgan.
Talab egri chizig`i chapga D1 dan D2 ga surilgan. Natijada muvozanat miqdori Q1 dan Q2 ga va muvozanat narx esa P1 dan P2 ga tushgan. Umumiy daromad ham pasaygan. Shunday qilib, giyohvand moddalar kirishini to`xtatishga farqli o`laroq, ta’lim ham ulardan foydalanishni, ham ularga doir jinoyatlar sonini kamaytirishni ta’minlaydi.
Giyohvand moddalarni to`xtatish tarafdorlari siyosatning uzoq muddatli ta’siri qisqa muddatlidan ko`ra farqli deb biladi, chunki talab elastikligi vaqtga bog`liq. Talab qisqa muddatda elastik bo`lmas, chunki og`uga o`rganib qolganlarga narxning o`tarilishi ta’sir etmaydi. Lekin vaqt o`tgan sari talab elastikbo`lib boraveradi, chunki yuqori narx yoshlar orasida bu moddalarni sinab ko`rishdan qaytaradi va vaqt o`tgan sayin faqatgina sanoqli giyohvandlar qoladi. Bunday holatda, giyohvand moddalarni to`xtatish siyosati qisqa muddatda ularga doir jinoyatlar sonini oshiradi, uzoq muddatda esa kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |