Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


Taklif elastikligi Taklifning narx elastikligi va uning aniqlovchilari



Download 4,66 Mb.
bet40/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Taklif elastikligi Taklifning narx elastikligi va uning aniqlovchilari


Taklif qonuni shuni ko`rsatadiki, yuqori narx taklif miqdorini oshiradi. Taklifning narx elastikligi narxdagi o`zgarishga qancha taklif miqdori o`zgarishini ifodalaydi. Agar taklif narx o`zgarishiga sezilarli darajada javob qaytarsa, tovar taklifi elastik deyiladi. Agar taklif narx o`zgarishiga biroz javob qaytarsa, tovar taklifi noelastik deyiladi.
Taklifning narx elastikligi ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqargan tovarlar miqdori o`zgarishiga bog`liq. Masalan, sohil bo`yi yerlari noelastik taklifga ega, chunki ularni ko`proq ishlab chiqarish deyarli imkonsizdir. Bunga zid holda, kitob, mashina va televizor kabi
tovarlar elastik taklifga ega, chunki ularni ishlab chiqaruvchi firmalar yuqori narxlarga javoban o`z faoliyatlarini uzoqroq davom ettirishadi.
Ko`plab bozorlarda, taklifning narx egiluvchanligining asosiy aniqlovchisi vaqtdir. Taklif qisqa muddatdan ko`ra uzoq muddatda elastikroq bo`ladi. Qisqa muddat mobaynida, korxonalar ishlab chiqarish ko`lamini birdaniga oshira olmaydilar. Demak, qisqa muddatda, taklif miqdori narxning o`zgarishiga kamroq javob qaytaradi. Bunga zid holda, uzoq muddatda yangi zavodlar qurishi yoki eskilarini yopishi mumkin. Bundan tashqari bozorga yangi korxonalar kirishi va eskilari tugatilishi mumkin. Demak, uzoq muddatda taklif miqdori narx o`zgarishiga sezilarli javob qaytaradi.

Taklifning narx elastikligini hisoblash


Biz taklifning narx elastikligi haqida boshlang`ich ma’lumotga ega bo`ldik, endi chuqurroq yondashamiz. Taklifning narx elastikligi taklif miqdorining foizdagi o`zgarishini narxning foizdagi o`zgarishiga nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni:
Taklifning narx elastikligi = .
Misol uchun, faraz qiling 1 qadoq sut narxi 2.85$ dan 3.15$ ga ko`tarilishi sutchi fermerlarning mahsuloti ko`payishiga sabab bo`ladi, oyiga 9000 qadoqdan 11000 ga qadoqqa.
Narxning foizdagi o`zgarishi=(3.15-2.85)/((2.85+3.15)/2)*100=10% Taklifning foizdagi o`zgarishi=(11000-9000)/((11000+9000)/2)*100=20%
Bu vaziyatda taklifning narx elastikligi= ga teng. Bu ko`rsatkich taklif miqdori narxga nisbatan 2 marta o`zgarganini bildiradi.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish