Vazirligi buxoro davlat


Munosib daromad, yordam puli emas



Download 261,68 Kb.
bet11/14
Sana31.12.2021
Hajmi261,68 Kb.
#279357
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati. (3)

Munosib daromad, yordam puli emas

Shuni ham taʼkidlash kerakki, aholining eng kambagʻal qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash siyosati ehtiyojmand oilalarga beriladigan yordam pullari bilan cheklanib qolmaydi. Asosiy maqsad — aholining iqtisodiy farovonligi darajasini oshirish uchun sharoit yaratish.

Odatda kambagʻallikka tushib qolishdan koʻra, undan chiqish anchayin mushkul hisoblanadi. Shu bois davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “avvalo, “toʻr belanchak” emas, balki “zina” vazifasini oʻtashi lozim” — boshqacha aytganda, odamlarni ana shu holatda tutib turishdan koʻra, kambagʻallar toifasidan chiqarish vositasi sifatida koʻproq oʻzini koʻrsatishi zarur.

Masalan, Shimoliy Yevropa mamlakatlarida (Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, Daniya) umumiy bandlikka erishish va fuqarolarning barcha toifalari orasida daromad darajalarini tenglashtirish davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor vazifasi etib belgilangan.

Bu borada Prezidentimiz tomonidan belgilangan maqsad “kambagʻal oilaning hech boʻlmaganda bitta aʼzosini ish bilan taʼminlash” har qachongidan ham dolzarbdir. Bunday yondashuvning dolzarbligi koʻplab mutaxassislar tomonidan ham tasdiqlangan. Shunday qilib, Ijtimoiy siyosat instituti IOM iqtisodchilarining fikricha, “hukumat saʼy-harakatlarni yoʻnaltirishi kerak boʻlgan asosiy soha — bu mehnat bozoridir, chunki u inqirozning asosiy zarbasini oʻziga qabul qiladi”.

Qayd etish kerakki, inqirozga qarshi dastur doirasida, koronavirus pandemiyasi sababli ishsiz yoki xorijga ishlashga keta olmay qolgan 415 mingdan ortiq kishi allaqachon ish bilan taʼminlangan.

Ish oʻrinlari yaratish bilan birga, kam taʼminlanganlarga istiqbolda uzoq muddatga va moddiy ahvolini oʻz kuchi bilan yaxshilashga imkon beradigan shart-sharoitlar yaratishga katta eʼtibor berilmoqda.

 

Boshqacha aytganda, bunda eʼtibor ehtiyojmand qatlamga yordam puli berishga emas, balki ishlab pul topish uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratishga qaratiladi. Iqtisodiy istiqbol va kambagʻallikni bartaraf etish nuqtayi nazaridan bunday yondashuv eng oqilona va oʻrinli hisoblanadi.

Ish oʻrinlari yaratish bilan bir vaqtda, fuqarolarning tadbirkorlik borasidagi faolligi ham ragʻbatlantiriladi. Mamlakatimizda aholi, avvalo, mehnatga layoqatli odamlar sonini hisobga olgan holda, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish fuqarolar farovonligini oshirishdagi koʻplab masalalarni hal etadi.

Oʻzbekistonda oilaviy biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tadbirkorlikka boʻlgan qiziqishni oshirishning eng ommaviy vositalaridan biriga aylandi. Bu maqsadlar uchun juda salmoqli miqdordagi mablagʻlar yoʻnaltirilgan. Birgina “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish uchun qoʻshimcha 2 trln. soʻm ajratilgan. Umuman, joriy yilda oilaviy biznes dasturlari uchun 4 trln. soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.

Ushbu yondashuvga talab mavjudligi va uning ishlashidan manfaatdorlikni tadbirkorlik faoliyati uchun 5 mingdan ortiq kishining qariyb 6 mlrd. soʻm subsidiya olgani ham dalolat beradi. Yil oxiriga qadar bunday subsidiyalarni oluvchilar soni 13 ming kishiga yetishi, ajratilgan mablagʻ esa 11,5 mlrd. soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.

Kam taʼminlangan oilalarni ish va daromad manbai bilan taʼminlash nafaqat ularni inqiroz davrida ushlab turishga, balki yuz minglab odamlarning mustahkam oyoqqa turib olishiga imkon beradi. Barqaror daromadga va oilasini taʼminlay olish imkoniga ega boʻlishi natijasida, insonlar qanday va qanaqa vositalar hisobiga yashash haqida bosh qotirmay qoʻyadi. El qatori yashay boshlaydilar, kelajakka ishonch bilan boqadilar va farzandlarini tarbiyalash, ilmli qilish borasida fikrlaydilar. Bunday koʻrinishdagi turmush tarzida odatda “har bir keyingi avlod oldingisidan muvaffaqiyatliroq va boyroq” qoidasi ishlab ketadi.

Shunday qilib, taʼkidlash mumkinki, ehtiyojmand fuqarolarning bandligini taʼminlash imkoniyatlarini yaratish bilan birga, maqsadli va toʻgʻridan-toʻgʻri moddiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari majmuining birlashtirilishi tanlangan strategiyaning xalq turmush darajasini yaxshilash va farovonligini oshirish borasidagi samaradorligini bir necha baravarga oshiradi.

Ana shu yondashuv tufayli “qashshoqlik tuzogʻiga” tushib qolgan minglab umidsiz fuqarolar oʻzini oʻnglash va ahvolini yaxshilash uchun samarali iqtisodiy ragʻbatga ega boʻldilar.

Kambagʻallik muammosini butunlay va qisqa vaqt ichida bartaraf etib boʻlmasligi tabiiy. Boshqa mamlakatlarning tajribasi shuni koʻrsatadiki, bu juda uzoq vaqt va mashaqqatli mehnatni talab etadigan jarayon. Biroq aynan oʻsha xalqaro tajriba bu muammoga har tomonlama va izchil yondashilsa, toʻgʻri amalga oshirilsa, kutilgan natijani berishini tasdiqlaydi.
Аholi turmush darajasini yaxshilash va ularga qulayliklar yaratish jarayonida xonadonlarni gazlashtirish va aholi uchun yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxini belgilash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamiz aholisiga tabiiy gaz qoʼshni davlatlarga nisbatan arzon narxlarda yetkazib beriladi. Masalan, aholiga 1 ming m3 hajmdagi tabiiy gazni sotish uchun Qirgʼizistonda 309 dollar, Tojikistonda 303,5 dollar, Qozogʼistonda 100-140 dollar, Oʼzbekistonda esa 30 dollar narx belgilangan.

Shuningdek, mustaqillikka erishilgach, aholi uy-joylari va xonadonlarni gazlashtirishga katta eʼtibor qaratildi. Аyniqsa, bu borada shahar va qishloqlarning gaz bilan taʼminlanish darajasi oʼrtasidagi tafovutni keskin qisqartirishga ahamiyat berildi.

Buning natijasida 2010 yil 1 yanvarь holatiga respublikamizdagi xonadonlarning gaz bilan taʼminlanish darajasi shahar joylarda 85 foizni, qishloq joylarda esa 78,7 foizni tashkil etdi. Shu kunga qadar jami gazlashtirilgan xonadonlar soni 4270,6 mingtani tashkil etib, shundan 2419,8 mingta xonadon shaharda, 1850,8 mingta xonadon qishloqda joylashgan.

Yurtimzda oilalarning sifatli va uzoq muddat foydalanadigan isteʼmol tovarlari bilan taʼminlash darajasi sezilarli ravishda oshdi. Jumladan, bugungi kunda har 100 ta oilaga oʼrtacha 132 ta televizor, 99 ta xolodilьnik, 18 tadan ziyod konditsioner, 12 ta shaxsiy kompьyuter, 27 tadan ortiq yengil avtomobilь toʼgʼri kelmoqda.

Takrorlash uchun savollar

1. Daromadlar tushunchasi nima? Bozor va nobozor daromadlariga taʼrif bering.

2. Аxoli daromadlari va uning darajasiga taʼsir etuvchi omillarni sanab koʼrsating.

3. Turmush darajasi tushunchasi, uning koʼrsatkichlarini sanab bering.

4. Daromadlar tengsizligining asosiy sabablari nima? Ularni tushuntirib bering.

5. Ijtimoiy siyosat nima va uning asosiy yoʼnalishlarini sanab bering.



Xullas, islohotlar davridagi davlat aholining muhtoj tabaqalarni qo’llav-quvvatlash bilan birga, o’z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta‘minlashga haraqat qilayotgan kishilar uchun teng sharoit va qo’lay imkoniyat yaratib bormoqda.


Download 261,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish