Vazirlar Mahkamasining O’zbеkiston R



Download 19,98 Kb.
Sana25.06.2022
Hajmi19,98 Kb.
#702825
Bog'liq
Kirish new


Kirish
O’zbеkiston Rеspublikasi o’z mustaqilligining birinchi yilidanoq standartlashtirishga katta e'tibor bеrdi. Vazirlar Mahkamasining «O’zbеkiston Rеspublikasida standartlashtirish bo’yicha ishlarni tashkil qilish to’g’risida»gi 1992 yil 2 martdagi 93-sonli qaroriga muvofiq O’zbеkiston Rеspublikasining Vazirlar Mahkamasi huzurida standartlashtirish, mеtrologiya va sеrtifikatlashtirish O’zbеkiston davlat markazi (“O‘zTTSA” agentligini hozirgi kundagi nomi) - tashkil etildi. Bundan ko`zlangan asosiy maqsad ichki va tashqi bozorlar uchun maҳsulotlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ҳamda korhonalarning ishlab chiqarayotgan maҳsulotlarini standarti mos kelishini nazorat qilishdir..
Mahsulot va texnologiyalarning ma’lum bir turlari yoki faoliyati turlarini standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek ko`rsatilgan obyektlar yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) standartlashtirish ishlarini o‘tkazish bo‘yicha O’zbekiston Respublikasida 31 ta Texnikaviy qo‘mitasi (TQ) mavjud .
Prezidentimizning 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomasida kelgusi yilda yangi tovarlar ishlab chiqarish, Evropa Ittifoqi, Evroosiyo iqtisodiy Ittifoqiga a'zo davlatlar bozorlarida to'laqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish me'yorlarini ularning talablariga moslashtirish bo'yicha ishlarni jadallashtirish vazifasi qo'yildi. Binobarin, davlatimiz rahbari o'tgan yilning 28- sentyabr kuni texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya tizimidagi islohotlar natijadorligi muhokamasiga bag'ishlab o'tkazilgan yig'ilishda milliy standart "ovozi jaranglashi"ga erishish kerakligini aloxida ta'kidlagan edi. Buning uchun “O‘zTTSA” agentligini milliy organ maqomiga olib chiqish, korxonalarda yangi mezonlarni joriy qilish, 5 mingdan ziyod eski standartlarni bekor qilish, mahsulotlar xavfsizligini ta'minlash, texnik reglamentlarini Evropa va Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi xalqaro standart talablariga moslashtirish asosiy vazifa sifatida belgilab berilgan edi. Mazkur diplom ishimdan ham maqsad: milliy standartlarni xalqaro standartlarga moslashtirish, uyg`unlahtirish masalasi nechog`lik muhimligini korsatib berishdan iboratdir.
Prezidentimiz o`tgan yili 29 dekabr Oliy Majlisga yo`llagan murojaatnomada aynan shu masalaga alohida e'tibor qaratildi va yillar davomida yig‘ilib qolgan ushbu masalani yechish va ularni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-son farmoniga muvofiq 2021-yilda sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora tadbirlar o`tkazish belgilandi. Milliy standartlashtirish tizimini jahon tajribasidan kelib chiqqan holda takomillashtirish chora tadbirida quyidagi vazifalar berilgan bo`lib: asosiy vazifalardan biri “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni ishlab chiqishdir. Bunda ko`zda tutilgan masalalar shulardan iboratki: standartlarning majburiyligidan xalqaro darajada qo‘llanilib kelayotgan standartlarni qabul qilinishida manfaatdor tomonlarning konsensusiga erishish yo‘li bilan ixtiyoriylikka o‘tish; standartlashtirish tizimidagi manfaatdor tomonlarning o‘zaro munosabatlarini aniq belgilash; standartlarni ishlab chiqish va joriy etishda biznesning rolini oshirish; qonunchilikda qo‘llanilayotgan davlat va tashkilot standartlari tushunchalarini xalqaro darajada tan olingan tushunchalar bilan muvofiqlashtirish. Hozirgi kunda bu chora-tadbir ishlarini olib borish yo`lga qo`yilgan bo`lib, bu chora tadbirlardan kutilayotgan natija: Milliy standartlashtirish sohasining huquqiy asosini takomillashtirish. Xalqaro talablarga moslashtirish, Jahon savdo tashkiloti normalariga muvofiqlashtirishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-son farmoniga muvofiq, Milliy texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti normalari bilan uyg‘unlashtirish maqsadida “O‘zTTSA”ga innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida xorijiy ekspertlarni jalb qilish chora tadbiri vazifa qilib berilgan bo`lib, bu chora tadbirdan maqsad: Xalqaro talablarning tatbiq etilishini ta’minlash ko`zda tutilgan. Bu natijaga erishishda xorijiy mamlakatlar bilan muzokaralar o‘tkazish orqali salohiyatli ekspertlarni aniqlash. Xalqaro ekspertlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim hisoblanadi.
Davlatimiz rahbari o'tgan yilning 28- sentyabr kuni texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya tizimidagi islohotlar natijadorligi muhokamasiga bag'ishlab o'tkazilgan yig'ilishda, Standartlashtirish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan yangilash chora tadbirlarida Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (MEK), Yevropa ittifoqi (EN), BMT YIK standartlarini, Codex Stan standartlarini xatlovini o‘tkazish va qabul qilish vazifa qilib berilgan edi va bundan kutilayotgan natija xalqaro standartlarni tashkil etish ko`zda tutilgan.
Muvofiqlikni baholash tizimini takomillashtirish maqsadida, Muvofiqlikni baholash tizimini xalqaro va EOII (Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi) normalari bilan uyg‘unlashtirish chora tadbirlarida Xalqaro va EOII amaliyotida qo‘llaniladigan tartiblarni respublikada joriy qilish uchun xorijiy ekspertlar bilan chora-tadbir ishlab chiqish ishlarini olib borish amalga oshirilmoqda.
Download 19,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish