Vazir lig I alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/29
Sana18.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#559347
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
abdullayeva rayhon. (1)

 
Bir kun boshing botar bo‘lsa bolishga,
Qizlaringdan yaqin yana kiming bor?!
Sovchilari eshigida zor bo‘lsin —
Nozimalar, Madinalar bor bo‘lsin.
30
 
Bu banddagi ritorik so‘roq gap 
Qizlaringdan yaqin yana kiming bor?! 
gapi 
bo‘lib, u orqali muallif, bir kuni boshing bolishga botar bo‘lsa, ya’ni kasal bo‘lib 
qolganingda senga qaraydigan qizlaringdan yaqin birorta kishing yo‘q, ular 
joningga malham bo‘ladi degan fikrni ifodalagan. Bu ham oddiy gapdan ko‘ra 
o‘zining ta’sir kuchi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bu ritorik so‘roq gapda ham 
kim so‘roq olmoshi asosiy vosita sifatida qo‘llangan. 

Muhammad Yusuf ijodi xalq tilining bor imkoniyatlarini, o‘zbek tilining 
barcha go‘zalliklarini o‘zida jamlay olgan, sodda, xalqona ohanglar bilan 
yo‘g‘rilgan, shuningdek, kuchli falsafiy ma’nolarga egaligi bilan o‘z davridayoq 
30
Muhammad Yusuf., 
Saylanma
., -T.: Sharq., 2007, B.288.


53 
barchaning diliga birdek kirgan, shu kirish barobaridan yuraklardan chuqur joy 
egallangan bir xazina hisoblanadi. Tilimizga xos qaysi xususiyatni tahlil qilishga 
harakat qilsak, albatta, uning ijod namunalari orasidan istagancha misol, tadqiq 
obyekti topishimiz mumkin. Jumladan, uning har bir she’rida ritorik gaplarning har 
bir mazmuniga mos keladiganini, ularni rang-barangligini va ma’lum bir vazifani 
bajarish uchun qo‘llaganini ko‘rishimiz mumkin. O‘zbek she’riyatida esa bunday 
ijodkorlar talaygina. Quyida boshqa ijodkorlar, shoirlar asarlarida uchraydigan 
ritorik gaplaning ham tahliliga e’tibor qaratamiz.
E voh, yer shuncha qattiq,
Osmon shuncha uzoqmi?! 
31
 
Bu misralar bugungi o‘zbek she’riyatining eng iste’dodli va yirik 
vakillaridan biri Usmon Azim qalamiga mansub. Bu ritorik so‘roq gap orqali 
muallif o‘zining kuchli hayajonini ifodlashni niyat qilgan. Chunki bu oddiy, odatiy 
savol gap emas. Uning kuchli hayajonni ifodlayotgan ritorik gap ekanligi esa, 
misra boshida kelgan 
e

voh
undovi va bayt oxiridagi tinish belgilaridan 
anglashilmoqda. Ritorik gaplarni hosil qilishda tinish belgilari ahamiyatli 
bo‘lganidek, undov so‘zlar, olmoshlar va yuklamalarning ham o‘z o‘rni borligi 
xususida yuqorida fiklarimizni bayon qilgandik. Bu misolda esa olmosh yoki 
yuklama emas, aynan undov so‘z orqali ritorik gapga kuchli his-hayajon ma’nosi 
yuklanmoqda.
Quyida Erkin Vohidovning hammaga mashhur “Kamtarlik haqida”gi 
she’ridan olingan parchadagi ritorik gapni aniqlashga va uni tahlil qilishga 
urinamiz: 
Garchi shuncha mag‘rur tursa ham, 
Piyolaga egilar choynak. 
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibr-u havo nimaga kerak? 
32
 
31
Usmon Azim. Saylanma.- T.: Sharq.,1995. 
32
Erkin Vohidov. Saylanma. – T.: Sharq., 2000 


54 
Bu bandning yuqoridagi ikki misrasida berilgan fikrlarga nisbatan keyingi 
ikki misra javob sifatida ritorik so‘roq gap vositasida ifodalangan. Ya’ni garchi 
shuncha mag‘rur turgan choynak piyolaga egilar ekan, manmanlk va kibr-u havo 
odamzotga ham kerak emas degan yashirin inkor aynan ritorik so‘roq gap 
vositasida ifodalangan. Shoirning bunday ta’sirli, yuksak mahorat bilan yozgan 
misralari talaygina. Mana yana ulardan biri: 
 O‘n sakkizga kirmagan kim bor,
Bog‘ingdan gul termagan kim bor…
33
 
Bu gap orqali ham yashirin tasdqi ma’nosi ifodalanganini ko‘rish mumkin. 
Bu ma’no kim so‘roq olmoshi vositasida yuzaga kelgan, ifodalangan. Agar bandni 
mazmuniga diqqat qiladigan bo‘lsak, o‘n sakkiz yoshga hamma kirgan, bog‘ingdan 
hamma gul tergan degan fikr ifodalanganini ko‘ramiz.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish