Korporativ marka strategiyasida korxona taklif etayotgan mahsulotlarini bozorda yagona (bitta) marka bilan chiqaradi. Masalan, McDonald’s, Pizza Hut kompaniyalari qaysi mamlakat faoliyat yuritmasin, qanday yangi mahsulot yaratmasin yagona korporativ markadan foydalaniladi.
Individal (alohida) marka strategiyasi korxona turli mahsulotlarini alohida (individal) markalar bilan chiqaradi. Masalan, Marriott korparasiyasining o’nga yaqin tovar markalari mavjud. Bu strategiyadan turli segmentlar bilan ishlaydigan yoki differensiyalangan tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar ko’proq foydalanadi.
“Soyabon” marka strategiyasi korporativ va alohida marka strategiyalarini to’ldiruvsi strategiya hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |