Vazifasi bugungi kunda bosh vazifalardan biri hisoblanadi



Download 0,92 Mb.
bet105/126
Sana21.09.2021
Hajmi0,92 Mb.
#181383
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126
Bog'liq
маркетинг маруза

4. Narx va tovar siyosati.

Ishlab chiqaruvchi narxning marketing hududini kengaytirishdan manfaatdor, buning uchun marketing vositalarining butun tizimidan foydalanadi. Narx va marketing faoliyatining boshqa tashkil etuvchilari o’rtasida uzviy bog’liqliklar mavjud. Ular quyidagilarda namoyon bo’ladi:

1. Tovarning hayotiy davri davomida narxlar o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar dinamikasi va kattaligi korxona amal qiladigan marketing strategiyasi bilan, shuningdek, raqobatchilar va bozorning korxona narx siyosatiga javoban reaktsiyasi bilan belgilanadi.

2. Narxlar darajasi tovar sifati va savdo xizmat ko’rsatish darajasining indikatori hisoblanadi. Past narxlar iste’molchi tasavvurida past servis yoki yomon sifat bilan bog’lanadi.

3. Tovar harakati kanalining qatnashchilari bajaradigan funktsiyalar yetarli darajada rag’batlantirilishi uchun narx belgilashda ma’lum darajada erkinlikka ega bo’lishlari kerak.

4.Har xil narxli o’xshash tovarlar o’rtasida pastroq narxli tovarlar ko’proq iste’molchilar diqqatini o’ziga jalb qiladi.

5. Narx siyosati marketing kompleksining boshqa elementlarini samarali to’ldirib, ular bilan o’zaro aloqada bo’lishi kerak. Ularga sotilishlarni rag’batlantirish bo’yicha tadbirlar, reklama, o’rash, markirovka, sotilishlarning shakli va usullari kiradi.

6. Narxlar sohasidagi siyosat uzoq vaqt davomida o’zgarmas bo’lishi yoki, aksincha, tez-tez o’zgarib turishi mumkin, ya’ni bozorning o’zgaruvchan sharoitlariga tez moslashishni ta’minlab, narxlashtirishga egiluvchan yondashuvni maqsadga muvofiq holda amalga oshirishi kerak.

7. Ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot tannarxini belgilaydi. Agar xarajatlar kamaysa, korxona narxni pasaytirib, foyda ulushini oshirishi mumkin. Hozirgi zamon amaliyotida korxona buni amalga oshirishi juda qiyin.

8. Narxli raqobatda narx talab egri chizig’i bo’ylab harakat qiladi. Talabni ko’tarish uchun narxni pasaytirish kerak. Agar korxona narxni raqobatchilarga qaraganda yuqoriroq quysa, u iste’molchilarini yo’qotishi mumkin. Demak, narxli raqobat vujudga kelgan bozor darajasidan pastroq narxlarni belgilashga olib keladi. U xarajatlarni minimallashtirishda ustunliklarga erishishi bilan bog’liq.

Narx siyosatini rejalashtirish bitta narx siyosatini yoki bir nechta variantlarni tanlashni ko’zda tutadi. Marketing tizimida narx siyosatini shakllantirishga har xil yondoshuvlar mavjud. Bu quyidagi yo’nalishlardir: ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining hisobi, foydani belgilangan miqdorda olishning zarurligi, bozorning turli xil segmentlaridagi xaridorlarning talabi va imkoniyatlari, raqobat shartlari. Ularning har biri bo’yicha marketing dasturi va narx strategiyasi ishlab chiqiladi.


Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish