Demografik segmentatsiya — uzoq muddatli xususiyatga ega bo’lgan omillarga asoslanadi. Demografik segmentatsiya ikkita sababga ko’ra keng tarqaldi. Bu sabablar quyidagilar:
1) demografik ko’rsatkichlar oson tasniflanadi va miqdoriy baholanadi;
2) demografik ko’rsatkichlarning tahlili va boshlang’ich axborotni tashkil etish tizimi bozordagi iste’molchilar guruhining motivatsiyasi bilan, shuningdek, axloqiy belgi bo’yicha bozor segmentatsiyasini tavsiflaydigan o’zgaruvchi omillar bilan uzviy bog’liqdir. Demografik ko’rsatkichlar faqat bir-biri bilan bog’liq holda qo’llanadi.
Demografik belgi bo’yicha bozorni segmentlarga ajratish bozorni jins, yosh, oilaning kattaligi, oila hayotining bosqichlari va shu kabi demografik o’zgaruvchilar asosida guruhlarga bo’lishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |