Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


 Geografiya darsligi va u bilan ishlash texnologiyasi



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/145
Sana27.05.2023
Hajmi2,49 Mb.
#944786
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   145
Bog'liq
УКУВ КУЛЛАНМА география методика (1)

 
11.2. Geografiya darsligi va u bilan ishlash texnologiyasi. 
11.2.1. Geografiya darsligining tuzilishi. 
Geografiya ta’limida darsliklar asosiy bilim olish manbai bo’lib 
hisoblanadi, shuning uchun ular asosiy o’qitish vositalaridir. 
Geografiya darsliklari yuqori ilmiy darajaga ega bo’lishi, metodik 
aparati pedagogik jihatdan asoslangan bo’lishi lozim. Darslikning metodik 
tuzilishi o’quvchilarni o’qishga o’rgatishga yo’naltirilgan. Darslik juda ko’p 
ta’limiy vazifalarni bajaradi. Darslik bilan ishlaganda o’quvchilar quyidagi 
ishlarni bajarishadi: matn bilan ishlash usullari; kartografik ma’lumotlar 
bilan ishlash usullari; statistik ma’lumotlar bilan ishlash usullari; 
chizmalar, rasmlar, fotogrfiyalar bilan ishlash usullari; matndagi jadvallar 
bilan ishlash usullari; matndan tashqaridagi materiallar bilan ishlash 
usullari; darslikdagi ilovalar bilan ishlash usullari va h.k. 
Geografiya o’qituvchisi darslikning mazmuni bilan yaxshi tanishgan 
va o’zlashtirgan taqdirdagina darslik bilan ishlash ishlarini yaxshi tashkil 
qilish mumkin. 
Geografiya darsliklari ikkita yirik qismga bo’linadi (1-rasm): a) 
darslikning o’quv matni: b) matndan tashqaridagi materiallar. Mazkur 
qismlarning har biri yana o’z navbatda alohida – alohida qismlarga bo’linib 
ketadi. 
Darslikning asosini uning matni tashkil qiladi. Matnda o’quvchilar 
uchun yangi ma’lumotlar beriladi. 


3-rasm. Geografiya darsliklarining tuzilishi (I.V. Dushina sxemasi asosida)
D A R S L I K 
Asosiy 
O’quv matni 
Tushun-
tiruvchi 
Qo’shimcha 
Izoh 
N
aza
ri
y

Met
o
d
o
lo
g
iy

T
u
sh
u
n
ti
ri
sh
Bay
o
n
A
tama
lar l
ug
’a
ti
Izo
h
Mantndan tashqaridagi 
qismlar 
O’zlashti-
rishni tashkil 
qilish aparati 
Yo'naltirish 
aparati 
Ko’rgazmali 
materiallar 
Savol va 
topshiriqlar 
tizimi 
Mundarija, 
shriftlar, 
signalli 
belgilar 
Kartalar, 
chizmalar 
diagrammalar 
Statistik 
jadvallar va 
x.k. 


Darslikning matnida ma’lum bir mavzuning bayoni berilgan va u 
quyidagi qismlardan iborat: nazariyalar, tushunchalar, tavsiflar va 
metodologiya. Nazariyalar ilmiy tushunchalar, qonuniyatlar, tamoyillar, 
dunyoqarash, g’oyalari va yakuniy xulosalardan iborat. Darsliklarda ko’p 
xollarda tushunchalarni ifodalaydigan atamalar shriftlar bilan ajratiladi.
Darslikning matnida tabiiy va iqtisodiy geografik komplekslar 
orasidagi o’zaro aloqalar ochib beriladi, ishlab chiqarish tarmoqlarini 
joylanish tamoyillarini, u yoki bu tabiiy voqea va xodisalarni sababini 
tushuntirib beradi. Ayrim hollarda matndagi tushunchalar muammoli 
xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin, bu esa o’quvchilarni ijodiy tafakkurini 
rivojlanishiga va bilim faoliyatini faollashuviga imkon beradi.
Geografik matnlarning asosiy xususiyatlaridan biri voqea va 
xodisalarning bayoniga bag’ishlangandir. Masalan, tabiiy sharoit tavsifi, 
iqtisodiy geografik tavsif va h.k. 
Darslikning matnida ilmiy bilimlarni olish usullari hamda fanning 
metodlari bilan tanishishga katta axamiyat berilgandir. Masalan, 
kartografik usul, landshaft usuli, aerometodlar, kosmik usul va h.k. 
Darslik matnida ham o’quv metodlari bayonida juda ko’p mantiqiy 
aloqalar uchraydi. Masalan, shuning uchun shunday qilib, demak, agar 
shundan kelib chiqqan holda va h.k. Matn bayoni davomida ayrim 
hollarda topshiriqlar uchrab qolishi mumkin. Masalan, tushuntirib bering 
nima uchun shimoliy yarim sharda daryolar o’ng qirg’og’ini yemiradi; 
aytingchi daryolarning nishabi ular tezligiga qanday ta’sir qiladi; o’ylab 
ko’ring nima uchun Afrikada qoloq davlatlar ko’p va h.k. shunday qilib 
matnni tuzilishini o’zi o’quvchilarni o’quv materialini tushunishga 
yo’naltiriladi, yangi bilimlarni o’zlashtirishni osonlashtiradi. 
Darslik matnini o’quvchilar tomonidan tushunilishi va o’zlashtirilishi 
murakkab jarayon hisoblanadi. U quyidagi omillarga bog’liq: a) 
o’quvchilarda zarur bilimlarni bor yoki yo’qligi; b) matndagi tanish va 
notanish so’zlarning nisbatiga; v) matnni o’qish ko’nikmasini shakllanish 
darajasi. 
Matndan tashqaridagi ma’lumotlar o’qitish va nazorat vazifalarini 
bajaradi. Matndan tashqaridagi ma’lumotlarga quyidagilar kiradi: a) savol 
va topshiriqlar; b)mundarija, shriftlar; v)ko’rgazma metodlar. 
Xar bir darslikda juda ko’p savol va topshiriqlar tizimi berilgan. Ular 
tushunchalarni o’zlashtirishga, geografik voqea va hodisalar orasidagi 
aloqalarni aniqlashga, ko’nikmalarni qo’llashga yo’naltirilgan. Savol va 


topshiriqlar darslikni turli joylarida uchraydi: yangi mavzu oldidan; matn 
ichida; matnning oxirida. 
Darslik matni oldida joylashgan savol va topshiriqlar o’quvchilar 
tomonidan ilgari olingan bilimlarni faollashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi. 
Masalan, biror hududni iqlimini o’rganishdan oldin iqlim hosil qiluvchi 
omillar haqidagi bilimlarini faollashtirish. 
Matn ichidagi savol va topshiriqlar o’quvchilarni fikrlash faoliyatini 
yangi o’quv materialini o’zlashtirishga yo’naltiradi. Matnning so’ngida 
berilgan savol va topshiriqlar esa olingan bilim va ko’nikmalarni qo’llashga 
yo’naltiradi. Masalan, daryolar mavzusini o’tganda, daryo nima, o’zan 
nima, daryo vodiysi, daryoni to’yinishi haqida olingan bilimlarni qo’llash 
mumkin. 
Yirik bo’limlar so’ngida berilgan savol va topshiriqlar umumalashgan 
xususiyatga ega, bilimlarni tartibga solishga undaydi, o’quvchilarni 
umumiy dunyoqarash bo’yicha xulosalar qilishga olib keladi. 
Matndagi ko’rgazmali materiallarga quyidagilar kiradi: matndagi 
kartalar; muqovadagi kartalar; diagrammalar, chizmalar va jadvallar; 
rasmlar va fotografiyalar; turli xil kesmalar; orografik chizmalar. 
Ko’rgazmalar faqat matn mazmunini boyitibgina qolmasdan alohida bilim 
manbaii bo’lib ham hisoblanadi. 
Geografiya darsliklarining oxirida berilgan atama va tushunchalar 
lug’atida mazkur kursda berilgan tushunchalar tizimining ro’yxati beriladi. 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish