Fenologiya-tabiatdagi mavsumiy hodisalar, ularning boshlanish
muddatlari va shu muddatlarni belgilovchi sabablar to’g’risidagi bilimlar
tizimidir. Fenalogiya atamasini fanga Belgiyalik botanik Sh.Morran 1853 yil
kiritgan.
Fenologik kuzatishlar quyidagi qismlardan iborat:
a)yuksak o’simliklarda kurtaklarning bo’rtishi
va yozilishi, barg
chiqarishi, g’unchalash, gullash, urug’ va mevalarning pishib yetilishi,
kuzda barglarning sarg’ayishi va to’kilishi;
b) sut emizuvchi hayvonlarni kuzatishda quyidagilarga e’tibor
beriladi: qishki uyqudan uyg’onishi, juftlashishi, bolalash, mavsumiy
tullash va x.k;
v)qushlarni kuzatishda quyidagilarga e’tibor beriladi: bahorda uchib
kelishi, in qurishi, tuxum qo’yish, jo’ja ochish, kuzda uchib ketish;
g)baliqlar quyidagicha kuzatiladi:
bahorgi serharakat hayot,
uvildiriqlar tashlash, mavsumiy ko’chib yurish va x.k.
Fenologiya fani quyidagi tarmoqlarga bo’linadi: umumiy va xususiy
fenologiya. Umumiy fenologiya tabiat taraqqiyotini yil fasllarini bir
me’yorda almashib turishi bilan bog’liq holdagi yaxlit xodisa sifatida
o’rganiladi. Xususiy fenologiya fitofenologiya va zoofenologiyaga
bo’linadi.
Tabiatdagi mavsumiy xodisalarning boshlanish muddatlarini belgilab
beruvchi omillar va qonuniyatlarni ekologik fenologiya o’rganadi. Mazkur
omillar endogen va ekzogen guruhlarga bo’linadi. Endogen omillar
Yerning ichki kuchlari bilan bog’liq. Tashqi
ekzogen omillarni iqlim bel-
gilab beradi. Masalan, o’simlik va hayvonot dunyosini bahorgi uyg’oni-
shini va qishki uyquga ketishini joyning issiqlik me’yori belgilab beradi.
Fenologik – geografik qonuniyatlarni aniqlash uchun fenologik
kuzatishlar olib boriladi. Fenologik qonuniyatlar asosida qishloq xo’jalik
tarmoqlari bo’yicha qilinadigan mavsumiy ishlar va tadbirlarni mintaqaviy
taqvimi tuziladi. Bunday taqvimdan tabiatni muhofaza qilish tadbirlari
ishlab chiqishda foydalaniladi.
Kuzatish metodi o’quvchilarning bilish qobiliyatini rivojlantiradi.
Uzoq muddatli kuzatishlar katta ahamiyatga ega, uning natijasida
o’quvchilar mustaqil ravishda tegishli xulosalar qilishi mumkin.
O’z o’lkasini tabiati va aholisini xo’jalik faoliyatini kuzatish oqibatida
geografiya o’qitish metodikasida o’lkashunoslik tamoyilini amalga
oshirishga imkon beradi.
Kuzatish boshqa xududlarni dikqat bilan o’rganishga imkon beradi.
Masalan, jahon tabiiy va iqtisodiy geografiyasini o’rganishda,
materiklar
va davlatlarning geografik sharoitlari o’quvchilarni o’z yashash joyi
sharoiti bilan taqoslashga imkon beradi.
Geografik kuzatishlar o’quvchilarni tabiatdagi voqea va xodisalarni
ko’p qirrali xususiyatlari bilan tanishtiribgina qolmasdan balki tabiiy
geografik va iqtisodiy geografik voqea va xodisalarni bir-biri bilan o’zaro
bog’liqligini ham ochib beradi.
Geografik voqea va xodisalarni kuzatish muddatlari ham turlicha.
Ayrim xodisalarni (ob-hovo) uzoq muddat kuzatishga to’g’ri keladi,
boshqa hodisalarni esa qisqa vaqtda kuzatish mumkin (yomg’ir yog’ishi,
shamol, chaqmoa boshqalar). Dastlab geografik bilimlarni o’zlashtirishga
imkon beradigan voqea va hodisalarni kuzatmoq darkor. Ko’p geografik
tushunchalarni tegishli kuzatishsiz o’rganib bo’lmaydi (ob-havo, iqlim,
relef shakillari, ichki suvlar).
Geografik kuzatish ko’nikmalarini shakllartirish murakkab vazifa-
lardan hisoblanadi va unda quyidagi talablarga javob berish lozim:
1.O’quvchilarga
kuzatishni maqsadi, vazifalari, mazmuni va ob’ekti
xaqida so’zlab berish lozim. Bunda kuzatish dasturini ishlab chiqish katta
ahamiyat kasb etadi.
2.O’quvchilarga tegishli asboblar bilan ishlashni o’rgatish lozim
(Kompas, barometr, flyuger, nivelir va x.k.)
3.Kuzatish natijalarini aniq qayd etishni o’rganish lozim (daftarga,
kuzatish jurnaliga)
4.Kuzatish natijalarini umumlashtirish va qayta ishlash ko’nikmalarini
shakillantirish. Masalan, o’rtacha sutkalik, oylik va yillik haroratlarni
hisoblash, daryo oqimini hisoblash;
bosim chizmalarini tuzish; korxonani
ishlab chiqarish aloqalari chizmasini tuzish.
5.O’quvchilar ni Geografik voqea va xodisalar o’rtasidagi o’zaro
aloqalarni aniqlashga o’rgatish. Masalan, iqlimiy sharoit va qishloq
xo’jaligi o’rtasidagi bog’liqlik.
6.O’quvchilarni kuzatish ishlariga qiziqish uyg’otish zarur. Buning
uchun kuzatish ishlarini muntazam nazorat qilib turish zarur. Ularga
kuzatish ishlarini oldindan aytmaslik kerak.
Kuzatishning mazmuni xilma-xil bo’lmog’i lozim va sinfdan sinfga
o’tgan sari murakablashib borishi zarur.
Dars jarayonida kuzatish
natijalaridan muntazam foydalanib borish kerak.
O’quv yili boshida mavzular bo’yicha kuzatish natijalaridan foydala-
nish rejasini tuzmoq zarur. Geografik voqea va xodisalarni kuzatish
malakalari ortishi bilan o’quvchilarni mustaqil ish olib borish qobiliyatlari
ortib boradi, kuzatish davomida o’quvchilarni mustaqilligini oshirish
tartibi quyidagilardir:
-o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida kuzatish olib borishadi. Kuzatish
sinfda, geografiya maydonlarida yoki joylarda olib boriladi. Asosan havo
xarorati, yog’inlar, shamollar Quyoshning balandligi kuzatiladi;
-o’qituvchi bergan reja asosida o’quvchilarni
tabiatda va ishlab
chiqarishda olib boriladigan mustaqil ishlari (meteorologik, gidrologik,
fenologik, xo’jalik) kuzatish natijalarini o’quvchilar mustaqil ravishda
qayta ishlashadi va umumlashtiriladi;
-o’quvchilarni kuzatish ishlari dasturini ishlab chiqishda qatnashishi.
Ular tomonidan uzoq vaqt kuzatish ishlari olib borilishi va ularni
natijalarini umumlashtirlishi (diagramma, karta, chizmalar tuzish)
Kuzatish metodlarini takomillashtirishning asosiy yo’li o’quvchilarni
mustaqilligini oshirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: