unda tabiiy geografiya va biologiya va boshqa fanlardagi bilimlar
qaytarilganligi tufayli 1999 yil o’quv dasturidan olib tashlandi.
‚Boshlang’ich tabiiy geografiya‛ kursi, ‚Materik
va okeanlar tabiiy
geografiyasi‛ kursi bilan qo’shib 6-sinfda o’tiladigan bo’lgan edi. Bu xam
o’zini oqlamadi. Yangi dastur (1999) bo’yicha yana 5-sinfda boshlang’ich
‚Tabiiy geografiya‛ kursi o’tiladigan bo’ldi. Bundan tashqari O’zbekiston
va Turkiston xududidan tashqari ilgari sobiq ‚SSR tabiiy geografiyasi‛da
o’rganiladigan tabiiy geografik o’lkalar ‚Materik va okeanlar tabiiy
geografiyasi‛ kursida o’tiladigan bo’ldi.
O’quv dasturiga tamoman yangi ‚Turkiston tabiiy geografiyasi‛ kursi
kiritildi (7-sinflar uchun).
9-sinfda o’tiladigan ‚Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi‛
kursida ham o’zgarishlar sodir bo’ldi. Endi O’zbekiston
Respublikasidan
tashqari xamma davlatlar shu kursda o’rganiladi.
Yangi dasturga muofiq tayanch majburiy ta’limga moslangan
geografiya kurslarining sinflar bo’yicha taqsimoti quyidagicha:
-5-sinfda ‚Tabiiy geografiya‛, boshlang’ich kursi ;
-6-sinfda ‚Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi‛ ;
-7-sinfda: birinchi yarim yillikda ‚Turkiston tabiiy geografiyasi‛,
ikkinchi yarim yillikda ‚O’zbekiston tabiiy geografiyasi‛;
-8-sinfda ‚O’zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi‛;
- 9- sinfda ‚Jaxon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi‛.
Har qanday davlatning kelajaini, buyukligini
va qudratini yuksak
darajada bilimga ega bo’lgan kadrlar belgilab beradi. Bunday kadrlarning
yetishtirish uchun esa davlatning ta’lim tizimi yuqori darajada
takomillashgan va xalqaro standartlar talabiga javob beradigan darajada
bo’lishi kerak.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov Oliy Majlisning 9-
sessiyasida (30.08.97) mazkur muammo to’g’risida
shunday degan edi
‚Har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan, xarbiy
qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda
o’zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir‛.
1997 yil avgustda Oliy Majlisda ko’rilgan ta’lim qonuni O’zbekiston
ta’lim tizimining takomillashtirish va barkomol
avlodni tarbiyalash
soxasidagi qo’ygan qadamlarining eng yirigidir.
Prezidentimiz I.Karimovning ta’lim qonuni bo’yicha O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi 9-sesiyasida so’zlagan nutqini quyidagi
qismlarga bo’lish mumkin:
1. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng o’rta va oliy ta’limda
erishilgan yutuqlar tahlili.
2. Hozirgi ta’lim tizimining hayot talablariga javob bermasligining
asosiy sabablarini tahlil i.
3. Oliy ta’lim isloxotining asosiy yo’nalishlari.
4. Ta’limdagi isloxotlarni bosqichma – bosqich amalga oshirilishi.
5. Kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va faoliyat ko’rsati shining
asosiy tamoyillari.
6. Umumta’lim dasturining tuzilishi.
7. Milliy dasturni amalga oshirishdagi murakkabliklar.
Mazkur masalalarni alohida-alohida ko’rib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: