1-rasm. Ichki predmetlararo aloqalar.
Boshlang’ich tabiiy geografiya
Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi
O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi
O’zbekiston tabiiy geografiyasi
O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
Tabiiy va iqtisodiy
geografiya
predmetlari
orasidagi aloqalar
Tabiiy geografiya
kurslarini orasidagi
aloqalar
Iqtisodiy geografiya
kurslar orasidagi
aloqalar
II – QISM
4-BOB. O’QITISH METODLARI
VA ULARNI TANLASH
O’qitish metodlarini mazmunan, mohiyati va vazifasi haqida juda ko’p
fikrlar mavjud. Ularni umumlashtirib ifoda qilinganda o’qitish metodiga
quyidagicha ta’rif berish mumkin
: o’qitish metodi deb ta’lim maqsad-
lariga eririshish uchun o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi
faoliyatiga
aytiladi.
O’quv jarayonida o’qituvchining maqsadi bilim berish, O’quvchilar-
ning maqsadi bilim olishdir. Mazkur maqsadlarga erishish uchun
pedagogikada qator o’qitish metodlari ishlab chiqilgan.
4.1.O’qitish metodlarini sinflashtirish
O’qitish metodlari juda ko’p belgilar asosida sinflashtirilgan. Shuning
uchun o’qitish metodlarini sinflashtirishni qator variantlari mavjud.
Dastlab o’qitish metodlarini sinflashtirish nemis olimi Oberlender
tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur sinflashtirish XX- asrning 30-yillari-
gacha foydalanildi.
Oberlender geografiya o’qitish metodlarini qo’yidagicha sinflash-
tirgan:
- analitik metodlar.Avval Yer bir butun ob’ekt sifatida o’rganiladi,
so’ngra uning ayrim qismlari o’rganiladi. Masalan, «Materiklar va okeanlar
tabiiy geografiyasida avval Yerning umumiy xususiyatlari va qonunyatlari
ochib beriladi. So’ngra alohida materik va okeanlarning tabiiy geografik
xususiyatlari o’rganiladi;
- sintetik metodlar. Avval alohida joylar o’rganiladi, so’ngra Yer bir
butun o’rganiladi;
- konstruktiv metodlar. Bunda o’quvchi karta chizish davomida yer
yuzasi relefi haqida bilimlarni egallaydi;
- bog’lovchi metodlar. Bunday metodlar bilan ishlanganda o’rgani-
layotgan xodisalar o’rtasidagi aloqa va bog’liqliklarni o’rganishga katta
e’tibor beriladi; masalan, balandga chiqqan sari harorat va bosimni
pasayishi va x.k;
- guruhlashtiruvchi metodlar. Bir xil geografik xodisalarni qiyoslashga
asoslangan. Masalan, daryolarning to’yinishi, yog’inlarni taqsimlanishi,
sanoatni ayrim tarmoqlarini joylanishi va h.k.:
Keyinchalik ushbu metodlar boshqa olimlar tomonidan takomillash-
tira boshlanadi. D.D. Semenov, E.Yu. Petri, A.S. Sokolov, V.P. Budanov,
S.P. Arjanov tomonidan qayta ishlab chiqildi. S.P. Arjanov geografiya
o’qitish usullariini quyidagi guruhlarga bo’ladi: analitik, sintetik, kontsen-
trik, assotsiyalashtiruvchi, guruhlashtiruvchi, taqqoslash, tajriba, o’zaro
aloqa, evristik, sintetik-genetik, tajriba.
Xalq komissariatining 1934 yil 15 may «Geografiyani boshlang’ich va
o’rta maktablarida o’qitish haqida» qaroridan so’ng mavjud o’qitish
metodlari qattiq tanqid ostiga olindi.
«O’qitish metodi» degan tushunchani yangi mazmuni va mohiyati
ishlab chiqildi. V.G. Erdeli tomonidan geografiya o’qitish metodlarini ikki
guruhga bo’lish tavsiya etildi: barcha fanlarda qo’llaniladigan metodlar;
faqat geografiya fanida qo’llaniladigan metodlar (masalan, karta bilan
ishlash metodlari).
A.A Polovinkin 1938 yili «Tabiiy geografiya metodikasi» nomli
darsligida quyidagi metodlarni ajratadi: og’zaki bayon, kartografik,
diapozitiv; plastilin; darslik va globus bilan ishlash; ekskursiya va tajriba
metodlari. V.P. Budanov 1939 yil «Tabiiy geografiyani o’qitish metodikasi»
nomli kitobida o’qitish metodikasiga quyidagicha ta’rif beradi:
«O’quvchilarni yangi bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishini o’qituvchi
tomonidan boshqarilishi». V.P. Budanov quyidagi metodlarni ajratadi:
jonli so’z; darslik bilan ishlash, globus va karta bilan ishlash, ko’rgazmali,
kuzatish va tajriba. XX asrning 50–yillaridan so’ng ushbu muammo N.N.
Baranskiy, A.V.Darineskiy, V.A. Juchkevich, V.A.Korinskaya O. Mo’mi-
novlar tomonidan rivojlantirildi.
SHuni ta’kidlab o’tish joizki, har doim turli davrlarda o’qitish
metodlarini sinflashtirish bitta yagona qoida asosida olib borildi, ya’ni
bilish manbalariga asosan. Shuning uchun hozirgi davrda geografiya
o’qitish metoddikasida metodlarni bilish manbalariga ko’ra sinflashtirish
keng tarqalgan. Suhbat, ma’ruza, kartalar bilan ishlash, kuzatish, tajriba,
darslik bilan ishlash, statistik ma’lumotlar bilan ishlash metodlari
umumta’lim maktablarida u yoki bu shaklda keng qo’llanilamoqda. Oxirgi
davrlarda o’qitish metodlarini ishlab chiqish kuchayib ketdi. Geografiya
o’qitish metodlarini bilish manbalariga ko’ra sinflashtirish tanqid ostiga
olina boshlandi, chunki ushbu metodlar asosan tashqi belgilarga qarab,
o’quvchilarni o’quv faoliyatini hisobga olgan holda sinflashtirilgan.
Endi geografiya o’qitish metodlarini metodologik asosini ko’rib
chiqamiz. Falsafa fanida «metod» tushunchasiga qo’yidagicha ta’rif
beriladi; «Borliqni amaliy va nazariy o’rganish». Ushbu ta’rifni asosan
ilmiy va o’quv tomonlari turlicha, shuning uchun ushbu ta’rifni to’g’ridan
to’g’ri o’quv jarayoniga qo’llab bo’lmaydi, chunki ularni maqsadlari va
faoliyat shakllari turlicha. Ammo ularning umumiy tomonlari ham bor.
Ularning eng umumiy tomoni fan ham, o’qitish ham bilish jarayoni
hisoblanadi. Ilmiy bilishda ob’ekt bo’lib borliq, sub’ekt bo’lib tatqiqotchi
(olim) hisoblanadi. O’qitish jarayonida ob’ekt bo’lib o’quv predmetining
mazmuni, sub’ekt bo’lib o’quvchilar hisoblanadi. Ikkala sharoitda ham
alohida o’rinni sub’ektning faoliyati egallaydi. Mana shu narsa o’qitish
metodini falsafiy ta’rifini o’quv jarayoniga qo’llashga imkon beradi.
Endi o’qituvchi bilan o’quvchining maqsadlarini aniqlab olishimiz
lozim.
O’qituvchining o’qitish maqsadlari qo’yidagilardan iborat:
- o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarni egallashini ta’minlash;
- o’quvchilarni ongini rivojlanishini ta’minlash;
- egallangan bilim va ko’nikmalar asosida o’quvchilarni shakllanishini
ta’minlash, ya’ni ularni tarbiyalash.
O’qitish (o’quvchi)ning metodi bitta maqsadga yo’naltirilgan, ya’ni
bilim va ko’nikmalarni egallash. Demak, o’quvchilarning maqsadi,
o’qituvchilarning o’qitish metodining asosini tashkil qiladi. O’qituvchi
o’quv jarayonini boshqaribgina qolmasdan balki mana shu jarayonning
ichida bo’lmog’i lozim, ya’niy o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarni
egallashida bir paytning o’zida ham boshqaruvchi ham yordam beruvchi
bo’lishi zarur. Bularni barchasi o’qitish metodlariga qo’yidagicha ta’rif
berishga imkon beradi: «O’quv mazmunini o’zlashtirishga imkon bera-
digan o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatidir».
Metod doimo o’quv mazmuniga mos kelishi lozim. Maktab geogra-
fiyasida esa geografiya o’qitish metodlari so’zsiz geografiya fanining bilish
metodlariga mos kelishi kerak. O’qituvchi va o’quvchining faoliyatiga
quyidagilar kiradi: kartografik ma’lumotlar va qo’llanmalar bilan ishlash
usullari; kuzatish va tajriba o’tkazish; statistik ma’lumotlar bilan ishlash;
turli xil chizmalar bilan ishlash; iqtisodiy hisob - kitoblar. Demak, o’qi-
tuvchi va o’quvchining faoliyati o’qitish metodini tashkil qilar ekan.
Hozirgi vaqtda geografiya ta’limida o’qitish metodlarini qo’yidagicha
sinflashtirish keng tarqalgan:
I.Bilim olishning asosiy manbalariga ko’ra
1.O’qitishning og’zaki usullari;
2.Kartografik qo’llanmalar bilan ishlash;
3.Ko’rgazmali qo’llanmalar bilan ishlash;
4.Kuzatish va tajriba metodlari;
5.Statistik ma’lumotlar bilan ishlash;
6.Darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash;
7.Amaliy metodlar;
8.Zamonaviy axbarot texnologiyalaridan foydalanish;
9.Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish;
Do'stlaringiz bilan baham: |