Vatanimiz mustqillikka erishishi,tom ma`noda o`zligini tanish imkoniyatini yaratdi. Jamiyatni sobiq tuzumning chirkin dunyoqarashi ta`siridan asrash maqsadida tariximiz, dinimiz sharaf topdi



Download 18,66 Kb.
Sana25.02.2022
Hajmi18,66 Kb.
#464484
Bog'liq
karimberdiyev


Vatanimiz mustqillikka erishishi,tom ma`noda o`zligini tanish imkoniyatini yaratdi.Jamiyatni sobiq tuzumning chirkin dunyoqarashi ta`siridan asrash maqsadida tariximiz , dinimiz sharaf topdi.Islom diniga qaratilga e`tibor bu dein xalqimiz ma`naviyatining ulkan qadriyati tayanchi ekanligini ko`rsatadi.Aynan yosh avlodning ma`naviyat bilan kamol topishi jamiyat rivoji uchun muhim sanaladi.’’Jaholatga qarshi –ma`rifat ‘’degan fikrda kata ma`no bor.Bu g`oya faqat diniy tarbiya bilan emas , balki hayotimizning barcha sohalarida hal qiluvchi ahamiyatga ega1jgfj.
Dinimiz tarixi chinakam o`rnak va barcha uchun namuna dindir.Bu din go`zal va yuqori darajada quvvatliki,hamma zamonlarda,jasoratli,kuchli,qudratli rijollar chiqaveradi2.Islom tarixida musulmon ummati ulug`lagan ko`plab ismlar asrlar silsilasida ham boqiy nomi unitilmaydi.milodiy VIIasrda yangi din islomning yoyilishida o`zining ulkan hissasini qo`shgan shaxslardan biri Xolid ibn Validdir.
Xolid ioibn Valid – Islomning sobitligi uchun kurashgan mard jangchi,jang taktikalarini puxta o`rgangan,jang qilishni san`at darajasiga ko`targan mohir sarkarda hisoblanib,rajolati butun ummat uchun chinakam o`rnak hisoblanadi.Xolid ibn Valid Makkada tug`ilgan.Tug`ilgan yili haqida aniq ma`lumotlar ko`rsatilmagan.TUrli manbalarda 592,586yil, ayrim manbalarda hijratdan 25yil avval (597-yil)tug`ilgan deya qayd etilgan.Buyuk mufassir,tarixchi Imom Zahabiy ‘’Siyar ul alamun nubala’’kitobida:’’ Xolid ibn Valid ibn Mug`iyra ibn Abdulloh ibn Umar ibn Mahzun.Xolid Validning o`g`lidir.Bani Mahzun qabilasidandir3.Otasi Valid ibn Mug`iyra qabilasi mudofaasi uchun mas`ul bo`lgan.Haj mavsumida ziyoratchilar uchun kuniga 10tadan tuya so`ydirgan,Ka`ba ustiga yopiladigan ka`bapo`shni bir yil qurayshliklar,bir yili Valid ibn Mug`iyra tayyorlatgan4.Islomni qabul qilmagan.Muhammad (s.a.v)ni ‘’sehrgar’’ deb ataydi.Onasi Luboba binti Horis al-Sag`ira al-Qurayshiya.Uning singlisi Maymuna Muhammad (s.a.v)ning ayoli bo`lgan. O`ndan ortiq aka-ukalari bo`lib 3tasi musulmon dinini qabul qilgan Bani Mahzun yigitlari jangariligi bilan ajralib turgan.Mohir chavondoz,qilichboz bo`lishgan.Harbiy salohiyati yuksakligi bilan ajralib turgan.Aynan mana shu muhit Xolid ibn Validga jahonni lol qoldirgan sarkarda bo`lishida o`ziga xos maktab vazifasini o`tadi.Tarbiyasi bilan otasi qat`iy shug`illangan.Odatga muvofiq shaharda ulg`aygan bola yumshoq bo`lib qoladi deya qabila an`anasiga muvofiq 9 yoshida sahroga yuboriladi.Chavondozlikni puuxta o`rganib,asov otlarni jilovlay olgan.Ikkita qo`lida qilich o`ynatishni puxta o`rgangan.sahobalarda Zubayr ibn Avom bunday xislatga ega bo`lgan.
610-yilda Muhammad (s.a.v)ga ilk vahiy tushganida Xolid 24 yoshda edi.Uning otasi Valid Muhammad(s.a.v)ga qarshi bo`lgan lekin Abu Laxabdan farqli o`laroq biorinchi musulmonlarni ta`qib qilmagan va kamsitmagan.Biroq keyinchalik Abu Lahab va Abu Jahllarga qo`shilib, Muhammad(s.a.v)ga qarshi fitna uyishtirishga kirishadi5
Hijratning 3-yili (625)vafot etadi.U aqlli inson bo`lgan , lekin undan o`g`ri foydala olmay mushrik holida vafot etgan.Otasi vafotidan so`ng Xolid musulmonlarga qarshi shaxsan qatnasha boshlagan.625-yilgi Uxud jangida mushrik qo`mondonlaridan edi.Ikki tomon qo`shinlari Madina shahri tashqarisidagi Uhud tog‘ining tagida dushman bilan yuzma-yuz keldilar. Islom lashkarining chap tomonida bir dara bo‘lib, Hazrat ellik nafar o‘qchilarni ajratib, sizlar shu joyda turinglar, aslo boshqa joyga ko‘chmanglar, agar dushman bu yerga kelib hujum qilsa, ishimiz mushkullashadi, dedilar. Jang boshlandi, musulmonlar hujum qildilar, kofirlar chekina bordilar, lekin boyagi ellik nafar o‘qchi Hazratning farmonini yoddan chiqarib, kofirlarning har yerda qolgan molini o‘lja olish uchun daradan keldi. Bir qancha dushman askarlari bu fursatni g‘animat bilib, ana shu darani egallab oldilar va shu yerdan Islom lashkariga hujum qildilar. Musulmonlar mag‘lub bo‘ldilar6,628-yilda martida Makkaga umra ziyoratiga kelganida mushriklar ularni Makkaga kiritmay qarorgoh tuzadi. Muhammad(s.a.v)karvoni yurishda davom etadi.Lekin Qisra al-G`aminga yetib kelganida Xolid ioibn Valid 200 otliq bilan u zotning yo`llarini to`sadi. Muhammad(s.a.v) aylanma yo`llar orqali Makkadan 9 mil masofadagi Xorim chegaralaridagi Xudaybiya suvlog`iga keladi7.Shu joyda musulmonlar va mushriklar o`rtasida 10yil urush qilmaslik to`g`risida bitim imzolanadi.Xuzoiy qabilasi shundan so`ng musulmon dinini qabul qilgan edi.Musulmonla atrofdagi qabilalarni Islomga kiritib borar,ketma-ket g`alabalarga erishar edi. Muhammad (s.a.v)ning Xolidning ukasi orqali unga yo`llagan maktubi uning keying faoliyatini tubdan o`zgartirib yuborgan.Usmon ibn Talxa va Amr ibn Os bilan birgalikda Madinaga yo`l olishadi.Hijriy 8-yilda (628) yangi dinni qabul qilishadi.Oradan ko`p vaqt o`tmay Rumliklar bilan jang bo`lib o`tadi.Bu Xolidning musulmon sifatidagi dastlabki yirik jangi edi.Bu jang Mut`a jangi nommi bilan tarixga kirgan.
Анас ибн Молик разияллоҳу анҳу ривоят қиладилар: «Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам хитоб қилиб: «Байроқни Зайд (қўлига) олди, шаҳид бўлди, кейин уни Жаъфар (қўлига) олди, шаҳид бўлди, сўнг уни Абдуллоҳ ибн Равоҳа (қўлига) олди, у ҳам шаҳид бўлди. Кейин уни, амр қилинмаганлигига қарамай, Холид ибн Валид (қўлига) олиб эрди, (Оллоҳ таоло) унга зафар муяссар қилди», — дедилар. Сўнг, кўзларига ёш олиб: «Қанийди, улар ҳузуримизда бўлсалар!» — деб айтдилар»8
Jangda Xolid tomonidan qo`llanilgan taktik rejasi 3000kishilik musulmonlarning 200000 kishilik rum qo`shiniga qo`rquv solib qo`shinni talofatsiz olib chiqib ketishiga sabab bo`ladi.Ushbu jang haqida Xolid qo`limda 9ta qilich sindi va faqa bitta yaman qilichi sinmay qoldi deya aytib o`tgan.Ushbu jangdan so`ng Xolidga Muhammad (s.a.v) tomonidan Sayfulloh –Allohning qilichi unvoni beriladi.Xolid qo`mondon sifatida rumliklar qalbiga qo`rquv kiradigan va musulmonlarni omon ular changalidan olib chiqib ketadigan bir xiyla ishlatish zarurligini his qilib turar edi.Chunki ochiqdan-ochiq chekinish bilan musulmonlarni rumliklar taqibidan salomat qutulib ketishlari juda ham mushkul edi.10 Ushbu jangdan so`ng Xolidga Muhammad (s.a.v) tomonidan Sayfulloh –Allohning qilichi unvoni beriladi.11 Makka fathida ishtirok etib Muhammad (s.a.v) buyrug`I bilan aholi sig`inadigan but Uzzoni maydalab tashlaydi. U Barcha tarixiy adabiyotlarda uning kuchli jangchi,metin irodali,islom pahlavoni sifatida gavdalanadi.
Xolid
Download 18,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish