Vatanni faqat beqiyos boyliklari, go‘zal tabiati, qulay sha-
roitlari uchun sevmaydilar. Ona yurt iqlimi, tabiati qanday
bo‘lishidan qat’i nazar, inson uchun hech narsaga almashtirib
bo‘lmaydigan, uning joni, ruhi orom topadigan muqaddas
makon hisoblanadi.
«Biz turkistonlilar
1
o‘z vatanimizni jonimizdan ortuq
suydigimiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issig‘ cho‘l-
larini, eskimo‘lar
2
shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik
yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar
edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o‘z vatanlarini tashlab
hijrat qilurlar edi».
Qahramonlik, mardlik, fidoyilik bugungi kunda ham eng buyuk
fazilatdir. Prezidentimizning quyidagi so‘zlari ayni shu haqiqatni
anglashga da’vat etadi:
«Ey ulug‘ O‘zbekistonning navqiron avlodi! Sizning bu
Do'stlaringiz bilan baham: |