Yerga tushgan kun
Serajin po‘stloqxo‘r qo‘ng‘iz
Zararkunandaning ilmiy nomi: XyleboruspYerforans
Belgilari
Hasharot ildizda, asosiy shoxda oziqlanib teshiklar hosil qiladi, bu daraxtning
so‘lishiga olib keladi natijada vaqt o‘tib daraxtni nobud qiladi. Zararkunanda
oziqlanib teshiklardan opilka (yog‘oq qipig‘i) chiqaradi, oziqlanish natijasida daraxt
asta-sekinlik bilan quriydi va nobud bo‘ladi. Balog‘atga yetgan urg‘ochi
zararkurandalari tana va ildizning asosiy o‘zak qismigacha teshib kiradi.
Nazorat qilish
Tuproqda suv turib qolishi oldini oling va notekis yuzani xaskash bilan tekislab
turing. Zararlangan yosh ko‘chatlarni ildizi bilan sug‘urib tashlang va yoqib yo‘q
qiling. (2.11.4-rasm). Soni ortib ketganda mutaxassislar tavsiyasi bilan kimyoviy
kurash choralarini qo’llash mumkin.
128
2.11.4-rasm.Leopard kuyasi
Zararkunandaning ilmiy nomi: Zeuzerapyrina
Belgilari
Lichinkasi: qurti shoxlarning va novdalarning uchiga teshib kiradi va
daraxtning yosh qismlariga kemirib kirib novda ichi bo‘ylab o‘rmalaydi. Bir oz vaqt
o‘tib, lichinkalar kattaroq shoxlarga va daraxt tanasiga hujum qilib, dastlab po‘stloq
ostida keyinchalik yog‘och ichida o‘rmalovchi yo‘l hosil qiladi. Lichinkalarni kirish
teshiklarida silindr shaklidagi yog‘och qirindisi uyumchalari paydo bo‘ladi. Shu
bilan birga, zararning rivojlangan bosqichida, asosan, katta shoxlarda hosil bo‘lgan
teshikchalardan o‘simlik suvi oqib chiqishi kuzatiladi.
Zararning naqadar jiddiyligi o‘simlikning yoshiga qarab farqlanadi:
-
Yosh daraxtlarda: bitta qurt butun bir daraxtni nobud qilishga qodir; 3 yillik
daraxtlar esa o‘z tuzilishini qisman yo‘qotadi. Zararlangan daraxtlar shamol ta’siriga
juda zaif bo‘lib qoladi va markaziy o‘zak qismi butunlay zararlanadi.
-
Yoshi katta daraxtlar qattiq zararlanadi,
asosan ob-havo quruq kelgan yillarda
va quruq tuproqli sharoitlarda (2.11.5-rasm)
-
Sog‘lom daraxtlar zararkurandalar hujumiga chidamliroq bo‘ladi (muntazam
sug‘orish va oziqlantirishning ijobiy ta’siri natijasida).
Balog‘atga yetgan zararkuranda hasharotlar iyun oyining boshidan avgust
oyigacha paydo bo‘lishadi. Yosh qurtlari ipak to‘riga yopishib shamol orqali uchib
harakatlanishi mumkin. Bahorda lichinka o‘zining yo‘lini faqat po‘stloq ostida, ko‘p
holatlarda shoxning markazida kemirib oziqlanadi. Ko‘payishi aprel oyidan iyul
oyigacha davom etadi.
129
Do'stlaringiz bilan baham: |