65 variant
1. Italiya Germaniya-Yaponiya imzolagan "Antikomintern pakti"ga nechanchi yilda qo‘shilgan ?
A) 1937-yilda B) 1927-yilda C) 1939-yilda D) 1930-yilda
2. Buyuk Britaniyada leyboristlar partiyasi birinchi marta hukumat tuzgan yilni belgilang.
A) 1918-yil B) 1940-yil C) 1936-yil D) 1924-yil
3. Xaritada yulduzcha bilan ko‘rsatilgan hudud (davlat)da hukmronlik qilgan hukmdorni toping. (O‘rta asrlarda)
A) Otton I B) Buyuk Alfred C) Buyuk Karl D) Yustinian I
4. O‘zbekiston SSR xalq xo‘jaligida birinchi besh yillik nechanchi yillarni o‘z ichiga olgan ?
A) 1928-1932-yillar B) 1926-1931-yillar C) 1930-1935-yillar D) 1925-1929-yillar
5. IX asrda Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash, yangicha zij (astronomik jadval) yaratish ishlariga rahbarlik qilgan vatandoshimizni toping. A) al-Xorazmiy B) al-Moturidiy C) az-Zamaxshariy D) al-Farg‘oniy
6. Nechanchi asrda Angliyada xalq orasida “Dahshatli sud kitobi” nomini olgan yer-mulk va aholi ro‘yxati tadbiri o‘tkazilgan ?
A) XI asrda B) XIV asrda C) XII asrda D) XIII asrda
7. Quyidagilardan mil.avv. 1 mln. - 100 ming yillik davriga oid bo‘lganlarini aniqlang.
1) avstralopitek, zinjantrop, pitekantrop, sinantrop odamlari yashagan; 2) kromanyon odami yashagan; 3) ilk diniy tasavvurlar paydo bo‘la boshlagan; 4 ) buyuk muzlik davri boshlangan.
A) 2, 3 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 1, 3
8. 1514-yilda Eron shohi Ismoil Safaviy qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratgan Turk sultonini aniqlang.
A) Boyazid II B) Sulton Salim I C) Mehmet II D) Sulton Murod II
9. Quyidagilardan bir asrda sodir bo‘lgan voqealar berilgan javobni toping.
1) G‘arbiy Turk xoqoni To‘ng yabg‘uning hukmronlik davri tugadi; 2) Qutayba ibn Muslim tomonidan Buxoro egallandi; 3) Xalifa Umar ibn Abdulazizning xalifalik davri tugadi; 4) Abu Muslim tomonidan yuborilgan harbiy kuch Talos vodiysida Xitoy qo‘shinlariga zarba berdi; 5) Tohiriylarning hukmronligi tugadi; 6) Ispaniyada Arab xalifaligidan ajralib chiqqan birinchi mustaqil amirlik tashkil topdi
A) 1, 3, 5, 6 B) 2, 4, 5, 6 C) 1, 2, 4, 5 D) 2, 3, 4, 6
10. 2002-yilda (a) va 2010-yilda (b) BMT Bosh Kotibi lavozimida faoliyat yuritgan shaxslarni aniqlang.
1) K.Anann; 2) F.Mayor; 3) Pan Gi Mun; 4) Li Pen
A) a-1, b-4 B) a-3, b-4 C) a-1, b-3 D) a-2, b-3
11. Quyidagilardan qaysi biri Saljuqiylar davlatining keyingi taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan? (XIII asrda)
A) Usmonli turklar bilan jang B) Vizantiya bosqini
C) Qurg‘oqchilik natijasida iqtisodni zavolga yuz tutishi D) Mo‘g‘ullar bosqini
12. Toshkentda to‘rt hokimlik tugatilgan yilni toping. A) 1803-yil B) 1723-yil C) 1780-yil D) 1784-yil
13. 1231-yilda mo‘g‘ullar quyidagi qaysi hududga bostirib kiradilar ?
A) Rus yerlariga B) Damashqqa C) Iroqqa D) Ozarbayjonga
14. Ahmad Orabibey tomonidan Qohirada tuzilgan oliy davlat organi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. (XIX asr oxirida)
A) Milliy majlis B) Muvaqqat kengash C) Milliy qutqaruv kengashi D) Vazirlar boshqarmasi
15. Toshkentda yuz bergan "Vabo isyoni"dan so‘ng "Favqulodda muhofazada" deb e’lon qilingan joylarda hokimiyat kimning qo‘liga o‘tdi ?
A) general-gubernator yoki u tayinlagan bosh noib B) shu hududdagi politsiya mahkamasi boshlig‘I yoki uyezd qo‘mondoni
C) Rossiya imperiyasi ichki ishlar vaziri va Duma D) viloyat harbiy gubernatori va volostnoy
16. Quyidagilardan XVIII asrda Fransiya tarixida bo‘lib o‘tgan voqealarni belgilang.
1) Qonun chiqaruvchi Majlis "Vatan xavf ostida" chaqirig‘i bilan xalqqa murojaat qildi; 2) Rossiya va Fransiya o‘rtasida "Tilzit
shartnomasi" tuzildi; 3) Karl X o‘z hokimiyatini yanada mustahkamlashga urinib, mamlakat parlamentini tarqatib yubordi;
4) Fransiya birinchi marta Respublika deb e’lon qilindi; 5) M.Robespyer hukumati ag‘darildi; 6) Genrix IV Fransiya taxtiga o‘tirdi A) 1, 4, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 3, 5 D) 2, 3, 6
17. Nech anchi yilda O‘zbekiston Respublikasida "Sudlar to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahriri qabul qilingan ?
A) 2002-yilda B) 2000-yilda C) 2003-yilda D) 1999-yilda
18. Buxoro amirligidagi eng quyi ma’muriy bo‘linma to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
A) tuman B) ovul boshliqlari C) amlokdorlik D) beklik
19. 1919-yil 18-yanvarda ish boshlagan Parij tinchlik konferensiyasida qatnashgan Fransiya bosh vazirini toping.
A) V.Vilson B) J.Klemanso C) F.Ruzvelt D) D.Lloyd Jorj
20. Quyidagilardan Manchjur qo‘shinlari Koreyaga bostirib kirgan yillarni aniqlang.
A) 1627- va 1636-yillar B) 1625- va 1637-yillar C) 1636- va 1644-yillar D) 1621- va 1644-yillar
21. Shaharning markaziy maydonini anglatuvchi atamani toping.
A) ko‘shk B) madrasa C) rabod D) registon
22. Rossiya 1904-1905-yillarda qaysi davlat bilan urush harakatlarini olib borgan ?
A) Turkiya B) Buyuk Britaniya C) Yaponiya D) Avstriya-Vengriya
23. Nechanchi yilda qabul qilingan "Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini qo‘riqlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi" "Nizom"ga muvofiq Turkiston general-gubernatori "kuchaytirilgan" yoki "favqulodda" qo‘riqlash holatini o‘z ixtiyori bilan joriy qilish huquqiga ega bo‘ldi ? A) 1865-yilda B) 1886-yilda C) 1881-yilda D) 1916-yilda
24. Quyidagilardan to‘g‘ri ma’lumotlar berilgan javobni toping.
1) Chingizxonning nabirasi Botuxon 1237 - 1242-yillarda Sharqiy Yevropada istilochilik urushlari olib borgan; 2) Oltin O‘rdaning
dastlabki poytaxti Saroy Botu Volga daryosining quyi oqimida, hozirgi Astraxan shahri yaqinida bo‘lgan; 3) XIII asrda nemis ritsarlari est qabilasi yerlarini egallaganidan so‘ng, Novgorod-Pskov chegaralariga yaqinlashadi; 4) Oltin O‘rdada tashqi siyosat
bilan bosqoqlar shug‘ullangan; 5) XV asrning boshlarida Vladimir knyazligining Tver va Moskva shaharlari rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksala boshladi; 6) XIV asrda Rus tarixida "Muz ustida jang" nomini olgan jang bo‘lib o‘tdi
A) 4, 5, 6 B) 2, 4, 6 C) 1, 2, 3 D) 1, 3, 5
25. Qaysi tarixiy davrda odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga-urug‘ jamoalariga birlashdilar ?
A) Bronza B) Ilk paleolit C) So‘nggi paleolit D) O‘rta paleolit
26. Dunyoni qayta bo‘lib olish yo‘lidagi birinchi urush (AQSH va Ispaniya o‘rtasida) qaysi AQSH prezidenti davrida bo‘lib o‘tgan ? A) T.Ruzvelt B) V.G.Taft C) U.Mak-Kinli D) V.Vilson
27. Rasmda tasvirlangan, insonlarni o‘rab turgan olamni sahna, odamlarni esa aktyorlar deb tasavvur qilgan ijodkor qalamiga mansub asar nomini belgilang. A) "Gulliverning sayohatlari B) "Don Kixot" C) "Qirol Lir" D) "Robinzon Kruzo sarguzashtlari"
28. Qadimgi Misr tarixiga oid to‘g‘ri ma’lumotlar berilgan javobni aniqlang.
1) Quyi Misrdagi Memfis shahri orqali o‘tadigan yo‘l Sinay yarimoroliga olib borgan; 2) Misrliklar xudolarning bir qancha joni mavjud: ulardan biri hayvon tanasida, boshqasi esa haykalida yashaydi, deb o‘ylashgan; 3) Qadimgi Misr podsholigining poytaxti
Memfisning bosh xudosi Amon bo‘lgan; 4) Misrliklarda Fir’avnlar Quyosh xudosining o‘g‘illaridir, hukmdorlar hamma ishni o‘zining samoviy otasi amri bilan amalga oshiradi, degan qarash mavjud bo‘lgan; 5) Piramidalar qurilishi uchun toshlar Liviya tog‘idan olib kelingan; 6) O‘rta podsholik davriga kelib ehromlar o‘rniga fir’avnlarni tog‘larga o‘yilgan tosh maqbaralarga dafn etadigan bo‘lishdi. A) 3, 5, 6 B) 2, 4, 6 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 4
29. Quyidagi voqealarni yillari bilan moslashtiring.
1) Avstriya-Vengriya madadiga tayangan Bolgariya o‘zini Turkiyadan to‘la mustaqil deb e’lon qildi; 2) Xitoy Markaziy Vyetnam ustidan rasmiy hukmronligidan voz kechdi; 3) II Bolqon urushi boshlandi.
a) 1884-yil; b) 1908-yil; c) 1913-yil.
A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-b, 2-c, 3-a C) 1-a, 2-c, 3-b D) 1-b, 2-a, 3-c
30. Jadvalda harflar bilan belgilangan kataklarga mos keluvchi ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
Voqea
|
Yil
|
Voqeaga aloqador shaxs
|
Sarbadorlar harakati rahbarlari Abu Bakr Kalaviy va Xurdaki Buxoriy qatl qilindi
|
1366
|
A
|
B
|
1221
|
Jaloliddin Manguberdi
|
C
|
D
|
Sobuqtegin
|
Ma’lumotlar: 1) 996-yil; 2) 999-yil; 3) Amir Husayn; 4) Tug‘luq Temur; 5) Parvon jangida mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozondi; 6) Mo‘g‘ullarning Taynol no‘yon boshchiligidagi qo‘shini ustidan g‘alaba qozondi; 7) G‘aznaviylar qo‘shini Buxoroni egalladi; 8) G‘aznaviylar Somoniylar davlatiga barham berdi
A) a-3, b-6, c-7, d-1 B) a-4, b-5, c-8, d-2 C) a-4, b-6, c-8, d-2 D) a-3, b-5, c-7, d-1
Do'stlaringiz bilan baham: |