Dalvarzintepa



Download 1,09 Mb.
Sana31.12.2021
Hajmi1,09 Mb.
#201826
Bog'liq
Dalvarzintepa


Dalvarzintepa

Dalvarzintepa —qad. shahar harobasi. Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani markazi — Shoʻrchi sh.dan 10 km shim.-sharkda joylashgan. Mayd. 47 ga. D. 2 qismdan: qudratli mudofaa devori (qalinligi 10 m.gacha) bilan oʻrab olingan shoh saroy qalʼasi va shaharning oʻzidan iborat. Shahar ham mudofaaning istehkomli tizimiga ega boʻlib, bu yerda aslzodalar, hunarmandlar, kulollar, savdogarlar va ruhoniylar istiqomat qilishgan. Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutining sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi D.da 1962 y. dastlabki tekshiruv ishlarini va 1967 y.dan buyon muntazam arxeologik qidiruv ishlarini olib boradi. Dushanba sh.da "Kushonlar davrida Markaziy Osiyo" mavzuida oʻtgan xalqaro simpoziumi (1968) da ekspeditsiya topilmalari (haykallar, kulolchilik buyumlari, shahar mudofaa inshootlarini oʻrganish natijalari va h.k.) asosida Kushon podsholigining dastlabki poytaxti D.oʻrnida boʻlgan, degan faraz oldinga surilgan edi. Mil. av. 2-asr oxiri —1-asrlarda hozirgi D. oʻrnida kichik manzilgoh paydo boʻlgan.



Kushon podsholaridan Kanishka davrida D. shahar sifatida shakllangan. Mil. av. 1-asr oxiri — mil. boshlarida Shim. Baqtriya hududida D.dan boshqa bunchalik yirik shahar manbalarda qayd etilmagan. Shahar hududida uni bir qancha mahallalarga ajratgan shohkoʻchalar, shuningdek, torkoʻchalar boʻlgan. Kengligi 12 m.ga yaqin shoh koʻchalardan biri badavlat fuqarolarning uylaridan ikkitasiga (dala belgisi: DT-5 va DT-6) borib takaladi. 1972 y. ekspeditsiya shu uylarning biridan vazni salkam 36 kg chamasi keladigan oltin bezaklardan va yombilardan iborat noyob xazinani va fil suyagidan ishlangan, dunyoda eng qad. boʻlgan shaxmat donalarini topdi (qarang Dalvarzintepa xazinasi). Badavlat fuqarolarning mahallasidan tashqari shaharda, arkka (qoʻrgʻonga) yaqin yerda hunarmandlar va kulollarning uylari joylashgan. Shu yerda koʻp xonali uy, kulolchilik buyumlarini quritish may-donchasi va 11 xumdon ochildi. Qad. sharobpazlar yashab, ishlagan uylar va musallasxonalar shaharning qarshi tomonida joylashgan. D.ning shim.-gʻarbiy qismidan Kushon maʼbudalaridan biriga bagʻishlangan ibodatxona topilgan. Shahar devori tashqarisida esa budda ibodatxonasi va aslzodalar dafn etilgan daxma topildi. Asosiy shohkoʻchalardan biri oʻtgan shahar markazida budda majmuasi — ulugʻvor haykallari boʻlgan ibodatxona qad koʻtargan (dala belgisi: DT-25). Mil. 3-asr oxiri — 4-asr boshlarida Kushon podsholigi eftaliylar tomonidan zabt etilgandan keyin D. vayron kilinib hayot faqat uning bir qismidagina (hoz. qalʼa (hisor) shoh saroyi oʻrnida) saqlanib kelgan.



Arablar istilosidan soʻng shahar batamom vayron kilinib, hayot D.dan 10 km chamasi sharqsa, Budrochtepa oʻrniga koʻchgan. 1989 y. D.ni oʻrganishda yangi bosqich boʻldi — Oʻzbekistan sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi bilan Yaponiyaning Tokiodagi Soka universiteti va Kashiharadagi Arxeologiya institutining prof. Kyudzo Kato rahbarligidagi ekspeditsiyasi qamkorlikda ish olib borishmoqda. Markaziy Osiyo buddaviylik tarixini oʻrganish, buddaviylik personajlari ikonografiyasi, shaqarsozlik jarayonining oʻziga xos jihatlari va qonuniyatlari, davlatchilikning shakllanishi, Buyuk ipak yoʻli izlari, Ku-shonlar davridagi diniy eʼtiqodlarning oʻzaro taʼsiri va ular Baqtriya-Tohariston sanʼatida aks ettirilishi yapon va oʻzbek olimlari oldidagi eng dolzarb ilmiy muammolar qatorida turadi.

Dalvarzintepa

Kushon imperiyasi davrining (eramizning I-IV asrlari) yodgorliklari orasida Termizdan 60 km uzoqlikda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida joylashgan qadimiy Dalvarzintepa shaharchasi alohida o‘rin egallaydi.

Kushon imperiyasi davrining (eramizning I-IV asrlari) yodgorliklari orasida Termizdan 60 km uzoqlikda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida joylashgan qadimiy Dalvarzintepa shaharchasi alohida o‘rin egallaydi.

Ushbu obyektni batafsil o‘rganish 1967 yilda tarixchilar Galina Pugachenkova va M.E. Masson tomonidan boshlangan. Qadimgi shaharning shimoliy qismida Baqtriya maʼbudasi ibodatxonasi va noyob rasmlar topilgan. Mazkur hududda miloddan avvalgi I asrning boshlarida barpo etilgan budda ibodatxonasining xarobalari topilgan, bu O‘zbekistondagi eng qadimgi buddaviylik binosi hisoblanadi. Kushon imperiyasi davrida bu yerda shaharlar, tumanlar va turar-joylar gullab-yashnagan.



1972 yilda qadimgi shaharchaning ko‘chalari o‘rganilayotganda uy deb taxmin qilinayotgan binolardan birida og‘irligi 36 kg bo‘lgan oltin buyumlar xazinasi topilgan. O‘zining ilmiy ahamiyatiga ko‘ra Dalvarzin xazinasi Britaniya muzeyida saqlanayotgan mashhur Amudaryo xazinasidan qolishmaydi.

Ushbu joyda olib borilgan qazish ishlari davomida fil suyagidan yasalgan turli xil buyumlar topilgan, ular orasida dunyoda eng qadimgi shaxmat donalari (eramizning 1-2 asrlari), qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari, tangalar va Yunon-Baqtriya davriga oid nozik sopol buyumlar alohida o‘rin egallaydi.
Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish