50 variant
1. Doro I davrida Fors podsholigi qarorgohi qaysi shaharda joylashgan edi ?
A) Ekbatana B) Nineviya C) Suza D) Persopol
2. Zahiriddin Muhammad Bobur 1500-yilda qaysi hukmdor qo‘shinlarini mag‘lub etib Samarqand taxtini egallagan ?
A) Xusravshoh B) Muhammad Shayboniyxon C) Sulton Ali Mirzo D) Boysung‘ir Mirzo
3. Rimda Respublika davrida liktorlar nima uchun yelkalari orasida boltacha sanchilgan qayishqoq arqonchalardan bog‘lama taqib yurishgan ?
A) Konsul urush davrida Rim hukmdori etib tayinlangani uchun.
B) Rimning tub aholisi plebeylar isyon ko‘targanda uni bostirish maqsadida.
C) Konsul jinoyatchilarni jazolash imkoniyatiga egaligi alomati sifatida.
D) Rimning barcha fuqarolari mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida tengligini nazorat qilish maqsadida.
4. O‘rta asrlarda Xitoyda Marko Polo va Chjan Xe qaysi sulolalar davrida faoliyat olib borgan ?
A) Tan va Min B) Yuan va Min C) Tan va Sun D) Sun va Yuan
5. 1943-yilda antifashist koalitsiya davlatlari (AQSH, Buyuk Britaniya va SSSR) rahbarlarining uchrashuvi qaysi shaharda o‘tkazilgan ? A) Potsdamda B) Londonda C) Yaltada D) Tehronda
6. XI-XVIII asrlarda Markaziy Osiyoda hukm surgan sulolalar saltanatida “maslahatchi”, “amaldor”, “vazir” ma’nolarini anglatgan atamani aniqlang. A) devonbegi B) inoq C) tunqator D) otaliq
7. Turor Risqulov nechanchi yilda o‘lka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) raisi bo‘lgan ?
A) 1919-yilda B) 1920-yilda C) 1923-yilda D) 1922-yilda
8. Qaysi G‘aznaviy hukmdor davrida Qoraxoniylar Xurosonni o‘z davlatiga qo‘shib olish uchun ikki marta hujum qilgan ?
A) Alptegin B) Sobuqtegin C) Ma’sud G‘aznaviy D) Mahmud G‘aznaviy
9. Quyidagi qaysi atama dastlab sudya, advokat, notarius, shifokorlarga nisbatan ishlatilgan ?
A) burjuaziya B) samoderjaviya C) abolitsionist D) aristokratiya
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan bir yilda qabul qilingan qonunlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
1) "O‘zbekiston Respublikasi Prezident saylovi to‘g‘risida"gi; 2) "Ta’lim to‘g‘risida"gi yangi tahrirdagi qonun; 3) "Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida"gi; 4) "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi
A) 1, 3 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 4
11. XX asr boshida Kuba amalda qaysi davlatga qaram bo‘lib qolgan ?
A) AQSH B) Germaniya C) Ispaniya D) Buyuk Britaniya
12. Quyidagi yulduzcha bilan belgilangan hudud bilan bog’liq voqeani aniqlang ?
A) San Stefano shartnomasiga binoan Buyuk Britaniyaga berilgan B) 1827 yilda mustaqillikka erishgan
C) 1915 yil aprel oyida ushbu hududda Britaniya qo’shini tushirilgan D) Berlin shartnomasiga binoan Britaniyaga berildi
A) 2, 4 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 2, 3
13. To‘g‘ri ma’lumot berilgan javobni toping.
A) 1918-1920-yillarda Parij tinchlik konferensiyasi o‘tkazilgan.
B) 1924-yilda Sovet Rossiyasi va Germaniya o‘rtasida Rapallo shartnomasi imzolangan.
C) 1918-yil 28-iyunda Germaniya Versal tinchlik shartnomasini imzoladi.
D) 1921-1922-yillarda Vashington konferensiyasi bo‘lib o‘tgan.
14. Quyidagilardan Xiva xoni Sherg‘ozixon bilan bir asrda hukmronlik qilgan qozoq xonini aniqlang.
A) Surtoyshi B) Keldimuhammad C) Abulxayrxon D) Tavakkal
15. Rasmda tasvirlangan magnitlangan temirdan yasalgan uzun dastali qoshiqni eslatuvchi asbob qadimda quyidagi qaysi davlatda ixtiro qilingan ?
A) Xitoy B) Rim C) Misr D) Finikiya
16. XIII asrda Mo‘g‘ullar davlatini boshqargan ulug‘ xoqonlarni belgilang.
1) Chingizxon; 2) Chig‘atoy; 3) O‘qtoy; 4) Jo‘ji; 5) Munke; 6) Xubilay
A) 2, 3, 6 B) 1, 3, 4 C) 2, 4, 5 D) 1, 3, 5
17. Quyida berilgan yillarda bo‘lib o‘tgan voqealar mos ravishda berilgan javobni toping.
1) 1336-yil; 2) 1366-1370-yillar; 3) 1395-yil; 4) 1398-1399-yillar.
a) Amir Temur Hindistonga yurish qildi va Dehlini egalladi; b) Kesh viloyatidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘ida Amir Temur tavallud topdi; c) Amir Temur va Husayn o‘rtasida bir necha bor o‘zaro to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan; d) Amir Temur Tarak daryosi bo‘yidagi jangda To‘xtamishxon ustidan g‘alaba qozondi.
A) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a C) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c
18. Quyidagilardan Xitoy milliy-ozodlik harakati rahbari Sun Yat Sen faoliyati bilan bog‘liq bo‘lganlarini aniqlang.
1) "Ixetuan" yashirin tashkiloti; 2) Gomindan partiyasi; 3) Manchjou-Go davlatining tuzilishi; 4) "Xitoy uyushmalari ittifoqi" siyosiy tashkiloti
A) 1, 4 B) 2, 4 C) 1, 3 D) 2, 3
19. XVIII asr oxirida “Shubhali kishilar to‘g‘risida” qonun qabul qilingan davlatni belgilang
A) Buyuk Britaniya B) Germaniya C) Fransiya D) Rossiya
20. Quyidagilardan Germaniyada XII asr ikkinchi yarmi – XIII asr boshlarida hukmronlik qilgan sulolani toping.
A) lyuksemburglar B) karolinglar C) shtaufenlar D) saksoniyaliklar
21. Ilk o‘rta asrlarda hukmronlik qilgan hukmdorlarni boshqaruv davri boshlanishiga qarab to‘g‘ri xronologik tartibda berilgan
javobni toping.
1) Otton I; 2) Buyuk Karl; 3) Yustinian I; 4) Buyuk Alfred
A) 2, 3, 1, 4 B) 2, 3, 4, 1 C) 3, 2, 4, 1 D) 3, 2, 1, 4
22. Quyidagi qaysi yillarda Buyuk Britaniya hukumati Irlandlarga gomrul berish masalasini ko‘targan ?
A) 1886-yil, 1912-yil B) 1889-yil, 1911-yil C) 1887-yil, 1912-yil D) 1884-yil, 1914-yil
23. Ma’lumki, O‘rta Osiyoda taraqqiyparvarlar rivojlangan jamiyat yaratishdek o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda mutaassiblik, loqaydlik, qoloqlikka qarshi kurash olib borishga alohida ahamiyat berganlar. Ular bu vazifalarni amalga oshirishda quyidagi qaysi yo‘nalishlarni ustuvor deb hisoblaganlar ?
1) o‘lkada yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish; 2) Davlat dumasida savdo-sotiq egalariga imtiyoz berish; 3) qobiliyatli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish; 4) rus burjuaziyasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; 5) turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish, gazeta va jurnallar chop etish; 6) soliqlar masalasida radikal islohotlar o‘tkazish
A) 1, 3, 5 B) 1, 4, 6 C) 2, 4, 5 D) 2, 3, 6
24. O‘zbekistonda BMTning vakolatxonasi ish boshlagan yilni belgilang.
A) 1995-yil B) 2000-yil C) 1998-yil D) 1993-yil
25. Tarixga "Afrika yili" sifatida kirgan yilni toping. A) 1955-yil B) 1960-yil C) 1949-yil D) 1970-yil
26. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealar berilgan javobni aniqlang.
1) Inglizlarning Markaziy Osiyoga A.Byorns boshchiligida yuborgan elchilari Buxoroga kirib keldi; 2) Pekinda Xitoy-Qo‘qon shartnomasi imzolandi; 3) Inqilob natijasida Iyul monarxiyasi quladi, Fransiya Respublika deb e’lon qilindi; 4) Buyuk Britaniyada parlament islohoti o‘tkazilib, unga ko‘ra yirik sanoat markazlariga 144 ta o‘rin ajratib berildi; 5) Urugvay to‘la mustaqillikka erishdi; 6) Braziliya Portugaliyadan mustaqil deb e’lon qilindi.
A) 2, 4, 6 B) 1, 2, 4 C) 1, 3, 5 D) 3, 5, 6
27. Quyidagi voqealar to‘g‘ri xronologik ketma-ketlikda berilgan javobni aniqlang.
1) Buyuk Britaniya Transvaalni bosib oldi; 2) "Misr – misrliklarniki" shiori ostida chet elliklarga qarshi kurashgan "Xizb ul-Vatan" partiyasi tashkil topdi; 3) Germaniya imperiyasida katolik cherkovining ta’sirini kamaytirishga qaratilgan maxsus qonun qabul qilindi; 4) Turkiyada konstitutsiya e’lon qilinib, ikki palatali parlament joriy etildi; 5) Gerero qabilalari Samuil Magarero boshchiligida ozodlik uchun bosqinchilarga qarshi qo‘zg‘olon boshladilar
A) 2, 3, 4, 1, 5 B) 1, 4, 2, 3, 5 C) 3, 2, 5, 1, 4 D) 2, 3, 1, 4, 5
28. Ahamoniylar tomonidan bosib olingan hududlar boshqaruvi (satraplik) haqida to‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) satrapliklarning ko‘pchiligi mahalliy sulola vakillari tomonidan boshqarilgan; 2) bosib olingan mamlakatlarni itoatda tutmoq uchun butun mamlakat satrapliklarga bo‘lingan; 3) satrap cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan; 4) satraplarning ko‘pchiligi
ahamoniylar sulolasi vakili bo‘lgan; 5) satrap mahalliy sulolalar bilan o‘zaro bo‘lishib hokimiyatni boshqargan.
A) 2, 4, 5 B) 1, 2, 5 C) 1, 3, 5 D) 2, 3, 4
29. Quyidagilardan XIX asrning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tgan voqeani belgilang.
A) V.Perovskiy boshchiligidagi qo‘shin Xiva xonligigacha yetib borolmay orqaga qaytib ketishga majbur bo‘ldi.
B) Rossiya imperiyasi tomonidan Sirdaryoning Orolga quyilish joyida Raim qal’asi bunyod etildi.
C) Buyuk Britaniya tomonidan kapitan J.Abbot Xiva va Buxoroga yuborildi.
D) Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyati tashkil qilindi.
N
|
Hukmdor
|
Voqea
|
Yil
|
1
|
Nikolay I
|
Toshkent shahri Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olindi
|
1685
|
2
|
Shohmurod
|
Afg‘onlarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan Amudaryoning janubiy qirg‘og‘idagi o‘zbeklarga amaliy yordam ko‘rsatdi
|
1789
|
3
|
Eltuzarxon
|
Buxorodan O‘rozboy Jo‘ra va Avaz Murod yasovulboshi boshchiligida elchilar keldi
|
1811-1812
|
4
|
Sheralixon
|
O‘sh xalqi soliqlarning haddan tashqari og‘irligidan norozi bo‘lib qo‘zg‘olon ko‘tardi
|
1845
|
5
|
Karl I
|
Mamlakatda fuqarolar urushi boshlandi
|
1646
|
6
|
Napaleon I
|
Fransiya Rossiya bilan Tilzit shartnomasini imzoladi
|
1807
|
A) 2, 3, 6 B) 1, 4, 5 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6
Do'stlaringiz bilan baham: |