Fanga oid kompetensiyalar: o’rganilgan matematik usullardan kundalik vaziyatlarda mehnatni yengillashtirish maqsadida foydalana olish. o’quvchilar sonlarni qo’shish bilishlari kundalik hayotda hisob – kitoblarni mustaqil bajara olishlari uchun juda zarur.
Dars turi:Yangi bilim beruvchi: savol-javob, o’yin
Dars ko’rgazmasi:Turli narsalar,o’yinchoq,meva,sabzavot,o’quv qurollari maketi,1-sinf “Matematika” daftari.
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism:a)o’quvchilar diqqatini darsga jalb etish.b)davomatni aniqlash
II.Yangi mavzu bayoni:
O’quvchilar diqqati doskadagi narsalarga qaratiladi.(rasmda nimalarni ko’ryapsiz?) –kitobingizda-chi? Matematika kitobining 4-sahifasida-chi?
Bu narsalar nomlari bir hil lekin shakli,rangi, hajmi har hil
Masalan To’rtburchak ikkita lekin ularning rangi ham shakli ham har hil. Darslikdagi koptoklar nomi bir hil lekin shakli va rangi har hil, rubob ikkita lekin biri kichik biri kata, qushchalar uchta lekin ularning farqlari bor.. Soat, ko’ptok, likopcha aylana bular hammasi doira shaklida lekin ularning nomlari har hil likopchaga taom solish uchun, soatdan vaqtni aniqlash uchun,kop’tokni o’ynash uchun ishlatamiz. Har biri har hil vazifani bajaradi, lekin ularning shakllari o’xshash. Uyda ham hamma narsalardan oqilona foydalaning. Barcha narsalar bir biriga o’xshamaydi va o’xshaydigani ha bo’ladi, masalan olma behiga o’xshamaydi ularning shakli o’xshash lekin nomlari har hil.
III.Daftar bilan ishlash:O’quvchilar darslikdagi narsalar bilan tanishadilar, qanday foydalanishimizni aytib berishlari kerak. Savol javob o’tkaziladi. Matematika daftariga rasmlarni bo’yab chiqishlari aytiladi.Daftarga nuqtalr orqali mashqlarni bajaradilar.
Dars davomida qiynalgan o’quvchilarga yakka tartibda yordam beriladi.
IV.Dam olish daqiqa:Yetti yoshga to’lib qoldik
Maktabjonga kulib keldik.
Maktab bag’ri issiq ekan,
Kitoblari qiziq ekan
Darsni yakunlash:Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
V.Uyga vazifa: Tabiatdagi barcha narsalarni shaklini , rangi, o’lchami kuzatib ularni farqlash.
5.1.Sanoqda 199 sonidan keyin qaysi son keladi? 999 sonidan keyinchi?
2.Birinchi mashinada 200 qop ikkinchi mashinada shuncha piyoz,hammasi bo’lib qancha piyoz bor?
3. Sherzod va Begzodning qo’lida 1 tadan shirinlik qutisi bor. Har bir qutida 12 tadan shirinlik bor. Sherzod o’z qutisidan bir nechta shirinlik olib yedi. Begzod esa Sherzodning qutisida qancha shirinlik qolgan bo’lsa, shuncha miqdorda yedi. Savol: Bolalarda qancha shirinlik qoldi?
4. Agar Anvar olmasidan 2 tasini Sobirga bersa Sobirning olmalari Anvarnikidan 2 marotaba ko’p bo’ladi. Agar Sobir olmasidan Anvarga 2 tasini bersa,ularning olmalari miqdori ikkisida ham teng bo’ladi.Ularning har birida nechtadan olma bor?
5. Polizdagi bir-biridan 3 m uzoqlikdagi bir to’g’ri chiziq bo’ylab turgan 11 ta tarvuzni bittadan tashib, birinchi tarvuz turgan joyga to’plash uchun necha m yurish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |