Variant 50 Ilmiy izlanishda olimning ijtimoiy mas'uliyati


Ilmiy tadqiqot usullari. Empirik usullar



Download 45,95 Kb.
bet12/15
Sana31.12.2021
Hajmi45,95 Kb.
#261534
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Ilmiy tadqiqot usullari. Empirik usullar.

Tadqiqotning muvafaqqiyatli bo‘lishi uchun usullami to‘g‘ri tanlash lozim. Ilmiy bilishning usullari umumiy va maxsus usullarga bo‘linadi.Fanlaming maxsus muammolarini yechish uchun maxsus usullarni qo‘llash talab etiladi. Maxsus usullardan tashqari fanning hamma sohalarida butun tadqiqot davomida ishlatiladigan umumiy usullar ham mavjud.

Ilmiy bilishning umumiy usullari 3 guruhga bo‘linadi:

1) empirik tadqiqot usullari (kuzatish, taqqoslash, o‘lchov, eksperiment);

2) empirik va nazariy tadqiqotlarda qo‘llanadigan usullar (abstraksiyalash, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, modellashtirish va b.);

3) nazariy tadqiqotlarda qo‘llanadigan usullar (abstraktlikdan aniqlikka va b.).

Fanlararo tadqiqotlaming metodologik asosini ijtimoiy gumanitar fanlar obyektining umumiyligi tashkil etadi, ularning predmetlari esa turlichadir. Ijtimoiy gumanitar fanlaming obyekti inson bo‘lib, inson hayotining barcha jihatlari o‘rganiladi. Shuhi bilan birgalikda tadqiqot usullari turlicha ekanligi ham ijtimoiy gumanitar fanlar predmetining o‘ziga xos xususiyatini tashkil etadi.Tadqiqotchilar tomonidan bu masala turlicha yoritiladi.

Masalan, T.Shider ta’kidlashicha, ijtimoiy fanlar usullariga ilmiy tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash uchun insonlarni jalb qilishning barcha shakllari kiritiladi. Bu - intervyu, so‘rovnoma, ijtimoiy jarayonlami kuzatishning barcha turlari. Tarixchi “ikkilamchi tahlil” bilan shug‘ullanadi, chunki u ishlatayotgan barcha ma’lumotlar oldingi voqealar “qoldig‘i” hisoblanadi. T.Papadopulos qayd etishicha, tarix diaxron tahlil – sintez va tarixiy jarayonlarni tushuntirish, ijtimoiy fanlar esa – sinxron tahlil, analiz funksional va vaqtga taalluqli bo‘lmagan munosabatlar tahlil usulidan foydalanadi. Shu sababli yangi va eng yangi davrda tarixiy bilim boshqa ijtimoiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlandi. Buning asosiy sababi “ruh” va jamiyat haqidagi fanlaming ixtisoslashishi bilan bog‘liq edi. IX asrda va XIX - XX asr chegrasida bir qator mustaqil fanlar (sotsiologiya, psixologiya, jumladan, tarix va ijtimoiy psixologiya, antropologiya) vujudga keldi, ular jamiyatni, kishilar guruhini va insonlarni maxsus yondashuv hamda usullarni qo‘llagan holda o‘rgana olishlarini isbotlab berdi. Mazkur fanlar tadqiqotlarining natijalari tarixchilarga kishilarning ijtimoiy, etnik jamoalar a’zolari, ma’lum bir psixologiya va tasavvurlaming ifodalovchisi sifatida chuqurroq o‘rganish imkoniyatini tug‘dirdi. I.M.Saveleva va A.V.Poletayevlaming ta’kidlashlaricha, “ijtimoiy va gumanitar fanlar bilan doimiy va davomli aloqalar tarix fani uchun yopiq bo‘lgan zonalarga kirib borishga, yangi usullardan foydalanishga, tarixiy material bilan tajriba o‘tkazish imkonini kengaytirdi. Bunday sintez natijasida tarix fani o‘z davriga munosib ravishda davrining asosiy ilmiyparadigmalarini aks ettiradi”36. Bunday fanlararo paradigmalar sifatida strukturalizm, poststrukturalizm, postmodemizm va boshqalami ko‘rsatishimiz mumkin.

“Bilish - bu jarayon, shuning uchun fan taraqqiyotining har bir bosqichi o‘ziga xos ratsionallik, yondashuv va dunyoni his etish bilan tavsiflanadi, ular esa dunyoning ko‘p qirrali hamda ko‘p funksiyaligini yaxlitlikda anglashga imkon yaratadilar”37. Fanlararo yondashuv ham XIX asrda paydo bo‘lib, tarix fanining tadqiqot usullarini doimiy ravishda boyitish ehtiyojidan kelib chiqdi. Ayniqsa, annallar maktabi doirasida fanlararo dialog amaliyoti faol ravishda rivojlandi. Ammo XX asming ikkinchi yarmidan boshlab fanlararo hamkorlik masshtablari va “hamkor” fanlar tanlovi o‘zgaradi38. M.Krom ta’kidlashicha, XX asr o‘rtalarigacha faqat alohida bir tarixchilar “polidissiplinar” yondashuvni qo‘llagan bo‘lsa, urushdan keyingi davrda bunday yondashuv ommaviy xarakterga ega bo‘ladi, asta-sekin jiddiy tarixiy tadqiqotlaming “qoida”siga (paradigma) aylandi. Bundan tashqari, XX asming birinchi yarmida tarixchilar geografiya, sotsiologiya, iqtisodiyot, psixologiya fanlarining yutuqlari va usullaridan foydalangan bo‘lsa, XX asming 60-80-yillarida fanlararo hamkorlikda antropologiya, demografiya va lingvistikaga ustunlik beriladi. Shunday qilib, bir qator sabablarga ko‘ra zamonaviy tarixshunoslikda tadqiqot usullari muammosi yanada dolzarb hisoblanadi: tarix fani an’anaviy tadqiqot “maydon”larini kengaytirish, tarixiy jarayonlaming xilma-xilligi va murakkabligi; turli fanlar va ular qo‘llaydigan usullaming o‘rtasidagi chegaralaming yo‘qolib borishi; gumanitar fanlar rivojlanishida “lingvistik burilish” va uning laripxiy manbalar ramziy ma’noga ega ekanligini ko‘rsatishi, “shifrlangan yozuv”laming mazmunini anglash uchun zamonaviy usullardan, avvalo, semiotika va lingvistikadan foydalanish ehtiyoji; tarixiy-antropologik tadqiqotlar obyekti murakkabligi - o‘tmish kishisining ongi bilan sug‘orilgan, har qanday tarixiy voqelikning “ko‘p qavatli” ekanligi bir qator gumanitar, ijtimoiy va tabiiy fanlar metodologik yondashuvida sintezni, fanlararo usullami qo‘llashni talab qilishi. 0‘zaro yaqin ijtimoiy va gumanitar fanlar, shuningdek, tabiiy fanlar nafaqat o‘tmishni tarixiy talqin qilish yo‘llariga, balki uning vositalariga, nvvalo ilmiy usullariga katta ta’sir ko‘rsatadi.



Download 45,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish