Variant 50
1.Ilmiy izlanishda olimning ijtimoiy mas'uliyati.
Mas’uliyat –ijtimoiy ahamiyatli burch va vazifalarning bajarilishi, uning oqibatiga javobgarlikni his etish, anglash.
Olim mas’uliyati: a) kasbiy va b) ijtimoiy mas’uliyat ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Yirik olim V.I.Vernadskiy olimlar o‘z ilmiy izlanishlari oqibatlaridan ko‘z yummasliklari, ular ilmiy tadqiqot oqibatlari uchun mas’ul ekanligini unutmasliklari lozimligini qat’iy ta’kidlagan edi.
Fan (ilmiy bilimlar)ning ahloqiy motivlarini to‘g‘ri anglash olimning ijtimoiy mas’uliyatida namoyon bo‘ladi. Lekin avgust 1945 yili ikkinchi jahon urushi fashizm ustidan g‘alaba bilan yakunlangan bir davrda Yapon shahardarida sinab ko‘rilgan yadro quroli fan har doim ham ezgulikka xizsat qilavermasligini yaqqol ko‘rsatdi. Bu hol olimlarni o‘z ilmiy izlanishlari nimaga olib borishi mumkinligini o‘ylashga majbur qildi. Uranning parchalanishini kashf qilgan olim Otto Gan Xirosimada atom bombasi portlatilganidan xabardor bo‘lgan keyin tinchligini yo‘qotgan, kechalari uxlamay chiqqan, xatto o‘z-o‘zini o‘ldirishga qaror qilgani haqida ma’lumotlar bor. Ko‘pchilik olimlar vodorod bombasi ustida ish olib borishdan bosh tortganlari ma’lum. Axloqiy mas’ullik masalasi yangi fan sohalarining yuzaga kelishi bilan yana ham keskin qo‘yila boshlandi. Bunga gen muhandisligining rivoji bilan bog‘liq muammolar misol bo‘la oladi.
Ilmiy ijod erkinligi aslida davlat hokimiyati va fan orasidagi o‘zaro munosabatdan kelib chiqadi. Ilmiy bilishda olimlar ijtimoiy mas’ulligining tobora ortib borishi jahon miqyosida globallashuv jarayonlari tobora keskin tus olayotgan hozirgi davr xususiyati hisoblanadi.
Ahloqiy me’yorlar ahamiyatining tobora ortib borishi ayrim ilmiy yo‘nalishlardagi tadqiqotlarni cheklashda o‘z ifodasini topmoqda. Bunga gen muhandisligi, tibbiyot ilmiga doir ayrim tadqiqot mavzulari misol bo‘la oladi.
Fan shu murakkab ijtimoiy tizimning tarkibi va u jamiyat taraqqiyotini ta’minlashi lozim bo‘lgan ijtimoiy ong shakli. U jamiyatga faol ta’sir ko‘rsatgani singari jamiyat, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy omillar, ijtimoiy jarayonlar ilmiy bilimlar shakllanishining muhim omili hisoblanadi. Fan faqat ilmiy bilimlarning o‘zigina emas, u inson (olim shaxsi)ning ongli faoliyati hamdir. Olim shaxsi, uning xulq-atvori, faoliyatida, u yashagan ijtimoiy muhit, muayyan davr qadriyatlari namoyon bo‘ladi. Shu muhitga xos qadriyatlar – insonparvarlik, xalq, jamiyat manfaatlari yo‘lida xizmat qilish, tanlov erkinligi kabi qadriyatlar olim shaxsida o‘z ifodasini topadi. Mazkur muhit bag‘rida shakllangan ehtiyoj va manfaatlar uning ilmiy faoliyati uchun asos hisoblanadi.
Olimlarning ijtimoiy mas’uliyatining ortib boruvi XXasr oxiri va hozirgi davrda tabiiy-ilmiy va texnik bilimlarning insonparvarlashuvida o‘z ifodasini topdi.
Fikr erkinligi va olim mas’uliyati muammosi xilma xil fikrlarning shakllanishiga sabab bo‘ldi. Ayrimlar ilmiy tadqiqotlar uchun hech qanday to‘siq bo‘lmasligi lozim, deb hisoblasalar, boshqalar fan albatta davlat tomonidan boshqarilmlg‘i lozim, degan fikrni ilgari surganlar.
Bu borada hozirda fan oldida ko‘ndalang bo‘lib turgan asosiy muammo “Bizga nima qilishimizga yo‘l qo‘ymaydi?, “Nimadan biz o‘zimizni tiyishimiz lozim” kabi savollar orqali ifodalash mumkin. Bundan fan taraqqiyotining muhimligiga shak-shubha yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Lekin ilmiy izlanishlar chegarasini aniqlash vaqti keldi, degan xulosa kelib chiqadi. Bu chegara inson, insoniyatning manfaatlari bilan bevosita bog‘liq va tabiat bilan jamiyat aloqadorligiga bevosita taalluqli. Ilmiy bilimlarning amaliyotga tatbiqi tabiat-jamiyat sunosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida dunyoning, insonning unga ta’sirini inobatga oladigan “yangicha” modelini ilmiy asoslash zaruratini keltirib chiqarmoqda. Rim klubi nazariyotchilarining dunyoning “yangi modeli”da inson omilining o‘rni, fan- texnika taraqqiyoti gumanizm maqsadlaridan kelib chiqmog‘i lozim, degan asosli qarashlari ijtimoiy zarurat va olim mas’uliyati muammosini hal etishning o‘ziga xos yangi yo‘li bo‘lsa, ajab emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |