Variant-4 Mavzu: Musiqa to‘garaklari shakl va usullari


VOKAL VA FOLKLOR TO‘GARAKLARI



Download 0,55 Mb.
bet5/11
Sana20.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#828192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Variant-4 Mavzu Musiqa to‘garaklari shakl va usullari

VOKAL VA FOLKLOR TO‘GARAKLARI
  • Ochig‘ini aytganda, O‘zbekistonning barcha fuqarolari musiqa va xonandalik san’atidan boxabardir. Qo‘shiq, musiqa insonni ezgulikka, kishilarga yaxshilik qilishga undashini, har bir qo‘shiq, musiqa orqali insonda yashirinib yotgan qobiliyat va iqtidorlarni topish imkoniyati yuzaga kelishini yaxshi bilamiz. Xonandalik san’ati odamlardagi yaxshi sifatlarni kuchaytirishga yordam beradi. Eng muhimi, milliy madaniy merosni o‘rganish va o‘zlashtirish o‘z diyorimiz bilan faxrlanish hissini uyg‘otadi.Prezidentimiz Islom Karimov, fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi, ma’naviyat va ma’rifat sohasida, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borish zarurati xususida to ‘xtalib, «Bu hayotiy haqiqat biz hamisha amal qiladigan tamoyilga, jamiyat rivojining asosi va shartiga aylanmog‘i hamda o‘zida yaxlit bir tizimni mujassam etmog‘i lozim. Bu tizim markazida m a’naviyat, axloq-odob, m a’rifat kabi o ‘lmas qadriyatlar turmog‘i kerak», deya ta’kidlagan edi.Ana shu tizim pirovard natijada kishida faqat iste’molchilikdan iborat boqimandalik kayfiyatini bartaraf etadi. Ayni paytda, u kishilarda yaratish, iqtidorni namoyish
    • etish kabi ijobiy ishlami ham amalga oshirish u ch u n zarn r b o ‘lgan shart-sharoitlami yaratadi. Shuning uchun ham san’at, qo‘shiqchilikka qadimdan e’tibor bilan qaralgan. Bunga quyidagilar misol bo‘la oladi.Qadim-qadimdan qo‘shiq inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Zero, qo‘shiqsiz hayotni tasavvur etish mushkul. Donolar aytganidek: «Qo‘shiqlar inson hayotining eng yaxshi va go‘zal tomonlarini aks ettiruvchi ko‘zgudir».Shu bois bo‘lsa kerak, hazrat Alisher Navoiy «Mahbub ul-qulub» asarida «Ruh xush ovozdan oziqa, ko‘ngil esa quvvat oladi», deb aytganlar.Musiqaning sehri ohangda, ohangning sehri cholg‘uda, cholg‘uning m o‘jizasi esa, albatta, ijrochidadir. Bir cholg‘uni ikki ijrochi o‘zidek bir xil tarannum eta olmaydi. Zero, qo‘shiq tarannumikishining qalbi bilan tutashadi, u o ‘z dardini ohanglarga ulashadi.Musiqa dunyosida inson ovozi eng mukammal cholg‘u ekanligini hech kim inkor eta olmaydi. Ijrochining rang-barang harakati ovoz talqinida ifoda etilishi muqarrar holatdir. Qadim zamonlarda ovoz talqinidagi xonishlar turli yo‘nalish hamda uslublar bilan boyib kelgan. Chunki bu jarayonda, ya’ni ovoz talqinida millat-elatlarni, sheva hamda yosh mezon- larini ham aniqlash qiyin emas. Aynan shu nuqtayi nazardan o‘zbek qo‘shiqchilik-xonandachilik san’ati qadimiy va qadrlidir.O‘zbek qo‘shiqchilik san’ati juda qadimiy va serqirraligi bilan Sharq xalqlari madaniyati orasida alohida ajralib turadi. Kichik va oddiy ko‘rinishlardan murakkab shakllargacha bo‘lgan namunalar tobora takomillashib, rivojlanib, xalq orasida ommalasha borgan.Shu o‘rinda aytish mumkinki, Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqining qadimiy qo‘shiq- chilik an’analari vaqt o‘tishi bilan an’anaviy tarzda sayqallanib, takomillashib, bebaho merosimizga aylangan.O‘zbek qo‘shiqchilik san’ati rivojida qadimgi davrlardan boshlab ona-Vatanimizda yashagan turli xalqlar, elat va urug‘larning hissalari katta bo‘lgan. Eramizdan avvalgi 2—3-ming yillarda Markaziy Osiyoda qo‘shiqchilik ancha ravnaq topgan. O‘tgan asr va keyingi davrlarda olib borilgan arxeologik ilmiy tadqiqot izlanishlarining natijalari shundan dalolat beradi. Islomgacha b o ‘lgan davr O ‘zbekiston madaniyati ijrochilik an’analari haqidagi ma’lumotlar devoriy tasvirlarda, qadimiy terrakota haykalchalarda va boshqa turli arxeologik manbalarda o‘ziga xos aksini topib, bizga qadar yetib kelgan. Ammo shuni ham aytish kerakki, aynan islomgacha bo‘lgan davr qazilma manbalarda va topilmalarda erkak xonanda va sozandalarning tasvirlari deyarli uchramaydi. Ayritom frizlarida tasvirlangan cholg‘uchi ayol ko‘rinishi ijrochilik va qo‘shiqchilik an’analarining juda qadimiy tarixga ega ekanligidan dalolat beradi. M a’lumki, zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto» qadimiy ajdodlarimizning afsonalari, madhiyalari va q o ‘shiqlari maxsus ijrochilar tomonidan aytilganligi haqida ma’lumot beradi. Ularning kuylari qanday ohangda b o ‘lganligi noma’lum, ammo musiqiy cholg‘u asboblarining ayrimlari bizgacha saqlangan. O‘rta Osiyo musiqa madaniyati tarixini o‘rganishda Ayritom, Termiz, Xorazm kabi tarixiy maskanlarga uyushtirilgan
    • arxeologik ekspeditsiyalaming ahamiyati katta bo‘ldi. Jumladan, G.A. Pugachenkova rahbarligidagi ekspe- ditsiya izlanishlari natijasida qadimiy «Xolchayon» saroy qurilmasidan cholg‘uchi, hukmdorlar, malika, saroy xizmatchilari hamda ayol musiqachilarning qiyofa tasvirlari topilganligi muhim ahamiyat kasb etdi.O‘tgan asrning 30-yillarida M. Masson rahbarligida amalga oshirilgan ekspeditsiya natijasida ayol ijrochilar guruhining tasviri topildi.Unda ijrochilar ushlab turgan cholg‘ulardan qadimiy ud, chiltor, urma cholg‘ulardan tabla tasvir- langan.Demak, aytish mumkinki, O‘rta Osiyoning islomgacha bo‘lgan davrdagi musiqa madaniyatida aynan ijrochilik an’analari muhim ahamiyat kasb etgan.Xonliklar davrida saroy musiqasi, ijrochilari xonanda va sozandalar katta hurmatga sazovor bo‘lganlar. Ular maqom ijrochilik san’ati va qo‘- shiqchilik an’analarini rivojlantirib, o ‘z musiqiy bilimdonliklari bilan tarixga muhrlanganlar. Ularning san’atlari, asosan, aynan ustoz-shogird an’anasida namoyon bo‘lgan.Yana bir tarixiy ma’lumot:Buyuk vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, Muhammad Xorazmshoh o‘z davrida musiqa va she’riyatni chuqur idrok etib, ardoq- laydigan inson bo‘lgan, sozanda-yu qo‘shiqchilarga saboq bergan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, muhim davlat ishlarini boshlashdan oldin, albatta, kuy chalar ekan. Bu unga katta ruhiy oziqa berar ekan. Manbalarda keltirilishicha, kunlarning birida Xivaga Buxorodan hurmatli mehmonlar tashrif buyurganlar. Xon tomonidan hurmat yuzasidan ular sharafiga katta bazm uyushtiriladi. Ajoyib bazm davomida xon sozanda-yu navozandalar ustidan tillalar sochadi. Ularga tashakkur bildirib, in’omlar beradi. Ko‘plar qatori Bobojon balabanchiga ham iltifot ko‘rsatiladi, biroq xon balabanchi ijrosida yuz bergan kichik bir xatoni inobatga olib qo‘yadi.Bazm yakunlangach, balabanchi xursand bo‘lib uyiga qaytsa, xonning uch-to‘rt navkari uning to- mini buzayotgan ekan.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish