Institutsional asoslar;
Milliy to’lov tiziminig mavjudligi;
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning banklarda ochilgan joriy hisob varaqlarining mavjudligi;
Mamlakatning xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro munosabatlarining mavjudligi.
Qonunchilik asoslari:
1) O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi;
2) Qonunlar va kodekslar;
3) Qonunosti hujjatlari:
a) O’zbekiston Respublikasi Przidentining farmonlari va qarorlari;
b)Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
c) Vazirliklarning buyruqlari, Davlat Qo’mitasi raislari buyruqlari, Markaziy bankning yo’riqnomalari (ular faqat Adliya Vazirligidan ro’yxatdan o’tgandan keyin kuchga kiradi).
Pul aylanmasi ikki yirik qismdan iborat:
Naqdsiz pul aylanmasi
Naqd pul aylanmasi
Naqdsiz pul aylanmasi – bu pul mablag’larining to’lovchining bankidagi hisob raqamidan oluvchining hisob raqamiga ko’chirish shaklidagi harakatlarining yig’indisidir.
Sobiq Ittifoq o’rnida tashkil topgan davlatlar o’zaro talab va majburiyatlarini voz kechish deb nomlanuvchi naqdsiz pul aylanmasi mavjud.
2.Banklarning funksiyalari.
Banklarning mohiyati ularning funksiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Banklarning funksiyalari ularning nazariy masalalari sifatida e’tirof etiladi. SHu bois ham banklarning mohiyatini yoritishda vujudga kelgan qator mulohazali holatlar ularning funksiyalarini yoritishda ham mustasno emas. Xususan, iqtisodiy adabiyotlarda banklarning funksiyalari haqida qator mulohazali va tushunmovchilik holatlar mavjud. Masalan, ayrim manbalarda banklar bajaradigan operatsiyalar ularning funksiyalari sifatida qayd etiladi. Bu erda bank faoliyati natijasida ular tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalari nazarda tutiladi. Biroq, shuni ta’kidlash joizki, banklarning barcha operatsiyalari ham ularning funksiyalari bo‘la olmaydi. Bank funksiyasi uning ma’lum ko‘rinishdagi faoliyatini ifodalaydigan iqtisodiy kategoriya bo‘lishi lozim.
Shunga qaramasdan, ayrim iqtisodiy manbalarda banklar to‘lov aylanmasi, kassaga naqd pullarni qabul qilish va berish, kredit berish, qimmatli qog‘ozlarni saqlash va boshqarish, naqd va naqdsiz ko‘rinishda xorijiy valyutani sotish va sotib olish, shuningdek, bank tomonidan bajaraladigan boshqa operatsiyalar ularning funksiyalari sifatida ta’kidlanadi.
Bundan tashqari, iqtisodiy adabiyotlarda banklarning qimmatbaho metallar va buyumlarni saqlash uchun maxsus seyflar berish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kapitalini shakllantirishda ishtirok etishi, kreditlash uchun resurslarni jalb etish va boshqa shu kabi operatsiyalari ularning funksiyalari sifatida talqin etiladi. Albatta, bu banklarning pul – kredit siyosatini amalga oshiruvchi muassasa sifatidagi faoliyatini aniqroq tushinishda va ularning imkoniyatlari kengligidan dalolat beradi. Biroq, ushbu operatsiyalarning barchasi banklarning funksiyalari bo‘lib hisoblanmaydi. Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, banklarning har – bir operatsiyasini ularning funksiyalari sifatida e’tirof etadigan bo‘lsak, demak zamonaviy banklar 300 dan ortiq funksiyani bajaradi degan fikr paydo bo‘ladi.
Banklarning funksiyalari haqida gap ketganda, bu jarayonni nafaqat banklar nuqtai nazaridan, balki uning mijozlari manfaatlaridan ham kelib chiqib so‘z yuritish lozim. Shu jihatdan banklarning funksiyalarini o‘rganishda ularni quyidagi mezonlariga e’tibor qaratish lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |