Variant 1-Topshiriq Bolalarning mustaqil o‘qishi haqida tushuncha



Download 129,29 Kb.
bet4/5
Sana25.04.2020
Hajmi129,29 Kb.
#47100
1   2   3   4   5
Bog'liq
ona tili

4.Fe’lni o'rganishda izchillik

“Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda ta’limning ravnaqi, uning insonparvarligi, ta’lim va tarbiya tizimining uzluksizligi, ilmiyligi va dunyoviyligi, ta’limda umuminsoniy va ilmiy qadriyatlarning ustuvorligi, davlat ta’lim standari doirasida hammaning bilim olishi uchun imkoniyat yaratilishi ta’kidlab ko’rsatilgan.

Boshlang’ich sinf ona tili o’qitishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qo’ygan vazifasiga moslashgan. Bu vazifalar ko’p qirrali bo’lib, ularni bajarishda o’qituvchidan mas’uliyat va pedagogik mahorat talab etiladi. Bu vazifalarni bajarish jarayonida o’quvchilarni axloqiy, estetik, mehnat, ekologik jihatdan tarbiyalanib boriladi.

Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarni imloviy savodxonligi oshiriladi, nutqi rivojlantiriladi. Shu bilan birga ona tili ta’limi oldida quyidagi vazifalar turadi:

-                     o’quvchilarni ijodiy va mustaqil fikrlashga o’rgatish;

-                     o’z fikrini og’zaki va yozma shaklda to’g’ri va ravon bayon etishga o’rgatish;

-                     yozuv qoidalariga rioya qilgan holda yozma nutqini shakllantirish.

Dars jarayonida o’quvchilar bo’g’inlardan so’zlar, so’zlardan gaplar, gaplardan matn tuzishga o’rganadilar. So’zlarni bog’lab gaplar tuzish, so’zlarni butunicha sidirg’a o’qishni o’rganadilar. O’quvchilarga o’qish va yozish birga olib boriladi.

Boshlang’ich sinflar ona tili ta’limi 1-4-sinflarda tilning hamma tomonlari o’zaro bog’liq holda o’rganilishi hisobga olinib tuzilgan, har bir sinfda fonetika, leksika, grammatika va so’z yasalishi haqida elementar bilimlar beriladi. Fanning bunday qurilishi tilning barcha tomonlarini bir-biriga o’zaro ta’sir etadigan bir butun hodisa sifatida o’rganishni taqozo etadi. Tilni o’rganishga bunday yondashish ta’lim jarayonini o’quvchilar nutqini o’stirish vazifasini hal etishga yo’naltirish imkonini beradi.

Dars jarayonida qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun o’qituvchi turli xil metodlar, didaktik o’yinlardan keng foydalanadi. Didaktik o’yinlar ona tili ta’limi jarayonida o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Didaktik o’yinlarni qo’llash jarayonida o’quvchilarda fikrlash jarayonlari- tahlil qilish, taqqoslash, xulosa chiqarish rivojlanadi va takomillashadi.

Ona tili darslarida qo’llaniladigan “So’zdan marjon tizing” didaktik o’yini bilan tanishamiz. Bu o’yinda o’qituvchi o’quvchilarga so’zlarning aralash to’plamini tavsiya etadi va uyadosh so’zlarni alohida, ya’ni marjon tizgandek yozishni aytadi. O’quvchilar yozishadi va navbat bilan o’qishadi. Qaysi o’quvchi tez harakat qilib, marjonni xatosiz tizib chiqsa, o’yin g’olibi bo’ladi. [1]

So’z turkumlarini o’rganishga oid:

Ot so’z turkumiga oid so’zlar: olma, ot, daraxt, gul, mushuk, lola, in

Son so’z turkumiga oid so’zlar: 5 ta, uchala, oltinchi, o’nta

Fe’l so’z turkumiga oid so’zlar: yozdi, kesdi, dedi, o’qidi, bordi.

Sifat so’z turkumiga oid so’zlar: yashil, shirin, katta, qora, baland.

So’z turkumlarining so’roqlarini o’rganishga oid:

Ot so’z turkumi so’roqlari: Kim? Nima? Kimlar? Nimalar?

Son so’z turkumining so’roqlari: Nechta? Qancha? Nechanchi?

Fe’l so’z turkumining so’roqlari: Nima qildi? Nima qilyapti?

Sifat so’z turkumiga oid so’zlar: Qanday? Qanaqa?

Keyingi bo’g’inni top” didaktik o’yini.

Ushbu didaktik o’yinni o’quvchilar guruhi yoki yakka o’quvchilar bilan o’tkazish mumkin. O’qituvchi tomonidan bosh bo’g’in beriladi, shu bo’g’in asosida yangi so’zlar topiladi. Kim tez va ko’p so’z topsa, o’sha guruh yoki o’quvchi g’olib sanaladi. Ushbu didaktik o’yinni klaster usulida ham tasvirlash mumkin:

2-Topshiriq

Оna tili fanidan PISA testini yeching va siz ham PISA testiga namuna ko’rsating.

5. Berilgan jadvaldagi harflarning joylashuvi asosida pastdagi bo’sh kataklar yuqori kataklardagi raqamlarga mos keluvchi harflar orqali yashiringan maqolni toping:



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

A

N

I

R

H

O

G

E

M

T



9

8

5

2

1

10




9

8

5

2

1

10

2

3

2

7

m

e

h

n

a

t

m

e

h

n

a

t

n

i

n

g



10

1

7

3




4

6

5

1

10

t

a

g

i

r

o

h

a

t

1 Shakldosh so’zlar qatorini aniqlang.

  1. kitob, inson, orzu b) tik, ot, kul c) osmon, samo, ko’k d) dars-darz ,asr-asir

2 Vatan so’zini ma’nodoshini toping.

  1. ulkan, buyuk, katta b) yurt, makon, maskan c) kul, ot, tut d) darz ,cho’pon-chopon

3 Darak gap qanday ma’noni ifodalaydi?

  1. habar b) buyruq c) so’roq d) his-hayajon

4 Kesim qanday bo’lak, qaysi so’roqqa javob bo’ladi.

  1. Bosh bo’lak; nima qildi? nima bo’ldi? kimdir? nimadir? B) Bosh bo’lak; kim? nima? qayer?

c) qanday?qancha? nechanchi? D) kim bilan? kim uchun? kimni? kimga?

5. … yetti o’lchab bir kes”nuqtalar o’rniga mos egani qo’ying.



  1. sen b) doimo c) ishlaganda d) egasi yo’q

6. Barcha yutuqlarning kaliti ilmdir. Gapning kesimini toping.

  1. barcha b) yutuqlarning c) kaliti d) ilmdir

7. Kuzda daraxt yaproqlari to’kiladi. Bu gapda holni toping.

  1. kuzda b) daraxt c) yaproqlari d) to’kiladi e) hol tushib qoldirilgan

8. Quyidagi berilgan gapdagi to’ldiruvchini toping. O’z vatanimizni sevamiz.

  1. o’z b) vatanimizni c) yaproqlari d) sevamiz e) to’ldiruvchi tushib qolgan

9. Yer-hazina, suv-oltin –gapidagi kesim qaysi so’z turkumi bilan ifodalangan?

  1. ot bilan b) sifat c) olmosh d) son e) fe’l bilan

10. Kim bilan? Nima bilan? So’rog’iga javob bo’lgan bo’lak qaysi bo’lak hisoblanadi?

  1. ega b) kesim c) hol d) aniqlovchi e) to’ldiruvchi

11. Ega qanday so’roqlarga javob bo’ladi?

  1. nima qildi? nima bo’ldi? B) kimdir? nimadir?

C) qancha? qanday? nechanchi? D) kim? nima? qayer?

12. Yaxshining gapi –moy- maqolidagi qaratqich aniqlovchini toping.



  1. yaxshining b) gapi c) moy d) qaratqich aniqlovchi qatnashmagan

13. Qaysi qatorda istak gap berilgan?

  1. Yer yuzida yomonlar qolmadi b) Yer yuzida yomonlar bormi?

c) Qani endi yer yuzida yomonlar qolmasa! D) Barcha qatorlarda

14. Gapda bir xil soroqqa javob bo’lgan so’z qanday bo’lak deyila?



  1. ega b) undalma c) kesim d) uyushiq bo’lak

15. Vatan! Sensan har narsadan mo’tabar, aziz- gapidagi undalmani toping.

  1. vatan b) sensan c) har narsadan

d) mo’tabar, aziz e) undalma qatnashmagan

16. Zolim xon saroyidagi keksa qul ismi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?



  1. Tarlon b) Darxon c) Jurjon d) Ismi berilmagan

17. Zolim xon Oygulga qancha muhlat berdi?

  1. 40 kun b) 3 kun c) 3 oy d) 7 kun

18. “Kafansiz ko’milganlar’ asari muallifi kim?

  1. M.Shayxzoda b) H. Olimjon c) Shukrullo d) Ch. Aytmatov

19. A. Novoiyning til to’g’risidagi fikrlari bayon etilgan asar nomini tiping?

  1. ‘Layli va Majnun” b) “Farhod va Shirin’ c) “Xazoyin ul-maoniy

  2. d) “Mahbub ul-qulub”

20. “Oz yerniqo’yib Hind sori yuzlandim”..- yuqoridagi she’riy parcha muallifi kim?

  1. A.Novoiy b) M. Shayxzoda c) Z.M.Bobur d) Shukrullo

21. Iste’dodli shoir, mohir sarkarda, buyuk davlat hukmdori, kuzatuvchan olim nomini aniqlang

  1. A. Novoiy b) A. Temur c) Z.M.Bobur d) Susanbilxon

22. Kishilarning o’y-xayollari,orzu-armonlari ko’proq qaysi xalq og’zaki ijodida ifodalangan?

  1. maqollar b) topishmoqlar,afsona c) rivojiyot d) ertaklar

23. She’r laqabini olgan adib nomini aniqlang

  1. M.Shayxzoda b) A. Novoiy c) Z.M.Bobur d) Andersen

24. “Zulqarnayn” so’zining ma’nosi to’g’ri berilgan qatorni aniqlang

  1. qo’sh davlat egasi b) sher yurakli hukmdor c) qo’sh shoxli er

  2. d) buyuk sarkarda

25. Vatan ozodligi uchun o’z jonini fido etgan halq qahramoni haqida hikoya qiluvchi asar nomini aniqlang.

  1. M.Shayhzoda; Iskandar Zulqarnayn b) To’maris

c) Shiroq d)X.Olimjon “Oygul bilan Baxtiyor


Download 129,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish