misollarnitanlashdan iboratki, ular bolalarga ozgina bo’lsa ham 100 yilga teng vaqt oralig’I davomiyligi qancha bo’lishi haqida tasavvur bersin. Demak, 100 yil vaqt oralig’I davomiyligi haqida tasavvurni bolalar o’z yoshlarini, yaqin kishilarning yoshlarini asrbilan taqqoslash asosida oladilar. Asr ko’rilayotgan vaqt birliklari oarsidagi engyirigidir. “Vaqt o’lchovlari” mavzusini o’rganish uchun bir qator darslar ajratiladi.Bu darslarning vazifasi vaqt o’lchovlari haqidagi bilimlarni kengaytirish va ularnisistemaga solishdan iborat. Bu mavzuni o’rganish vaqt o’lchovlari jadvalini tuzish vauni o’zlashtirishdan boshlanadi:
1 asr = 100 yil 1 sutka = 24 soat
1 yil = 12 oy 1 soat = 60 minut
1 oy = 30 yoki 31 sutka 1 minut = 60 sekund
Fevral oyi 28 yoki 29 sutka.
Oddiy yil 365 sutka, kabisa yili 356 sutka. Bir necha dars vaqt o’lchovlari
qatnashgan ismli sonlarni qo’shish va ayirish bilan bolalarni tanishtirishga
bag’ishlanadi.
4 soat 13 minut-59 minut = 3 soat 14 minut
194 minut = 3 soat 14 minut
1 soat-34 minut = 60 minut-34 minut = 26 minut.
Boshlang’ich sinflarda vaqt o’lchovlariga oid masalalar quyidagi mazmundabo’ladi:
Hodisaning boshlanishi va boshlanishi bilan oxiri orasidagi o’tgan vaqtga ko’ra
uning oxirini topishga oid masalalar.
Hodisaning boshlanishini uning oxiri va boshlanishi bilan oxiri orasidagio’tgan vaqtga ko’ra topishga doir masalalar.
Berilgan hodisalar orasida o’tgan vaqtni hisoblashga oid masalalar. Bu o’zaro
teskari masalalarni bir vaqtga kiritiladi va echishga o’rgatiladi.
Navbatdagi darsda bolalar* hajm (sig‘im ) o‘lchovi birli gi — Litr bilan
tanishadilar. Bunda litrni har xil namunalarining bo‘lishi, ya‘ni bir litrli banka,
krushka, shuningdek idishlarning (banka, chelak, kastryulka, stakanlar) bulishi juda
ahamiyatga ega:)
O‘qituvchiga mo‘ljallangan metodik qo‘llanmada «darsn suxbatdan boshlash»
tavsiya qilinadi, — bu suxbagda «bolalardan oldin, kim ulardan sut yoki lampa moy
(kerosin) sotib olganini, unda sotuvchi sut yoki kerosinni nima bilan o‘lchashini»
surab olish tavsiya etiladi.shundan keyin litrni ko‘rsatish va litr yordamida har xil
idishlarning hajminga (sig‘imini ) o‘l chashga o‘tish tavsiya qilinadi. Amaliy
ishlarni xar xil shakl - da o‘tqazish mumkin. SHulardan ba‘zilarini ke ltiramiz:
1) «Magazin» uyini. o‘quvchilardan biri sotuvchi qilib ta - yinlanadi. CHelaklarga
«sut» (suv) quyilgan. Bir necha o‘quv - chi bidonlar va bankalar olishadi — ular
xaridorlar. Xaridorlarning talabiga binoan sotuvchi ularga 1 l, 2 l, 3 l «sut» quyib beradi. qolgan xamma o‘quvchilar sotuvchi «sutni» to‘g‘ri quyib berayotganini kuzatib borishadi.
2) Bankaga, kastryulkaga (boshqa idishga) qancha suv sig‘ishi - ni o‘lchash taklif
qilinadi. Bunda oldin o‘quvchilardan biror idishga necha litr suyuqlik sig‘ishi ha qida
qanday fikrda ekanliklarini so‘rash kerak. Ular o‘zlari o‘ylagan sonni yozib
q0‘yishsin, o‘lchashlardan keyin o‘zlarining qanchalik turli o‘ylaganliklarini
tekshirib ko‘radilar.
3) Bir chelakka 5 l ikkinchi chelakka 3 l suv quying. Chelak - lardagi suvlar teng
bo‘lishi uchun nima qilish kerak? (1 l suv - ni birinchi chelakdan ikkinchisiga quyish,
birinchi chelakdan 2 l suvni to‘kib yuborish mumkin, ikkinchi chelakka yana 2 l suv
iquyish mumkin).
O‘qituvchi bulardan ba‘zi mashqlarni tanlab olishi, o‘z ma shqlaridan foydalanishi
mumkin, ammo bolalar o‘lchashni mashq qilishlari va sig‘imni ko‘zda chamalab
aniqlashri muhimdir.
Nazorat savollari
1. Boshlang’ich sinflarga qaysi vaqt o’lchovlari o’rgatiladi?
2. Vaqt o’lchovlarini o’rganish nechanchi sinfdan boshlanadi?
3. Birinchi bo’lib qaysi birliklar o’rgatiladi?
4. Vaqt o’lchovlarini o’rganish uchun qanday ko’rgazmali qurollardan foydalaniladi?
5. Sutka nima asosida o’rganiladi?
6. Soat va minut qanday o’rgatiladi?
7. Asr va sekund o’lchov birliklari qanday o’rgatiladi?
8. Vaqt o’lchov birliklari ustida qaysi amallar bajariladi?
9. Vaqt o’lchovlariga oid masalalar qanday mazmunda bo’ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |