Vaonolins t n ‘vasaiivs 'V'Q ‘лзаун. Ог ~S'N 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va



Download 6,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/46
Sana04.02.2022
Hajmi6,33 Mb.
#430058
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46
Bog'liq
Психология тарихи Жураев Н.С.

Demokrit 
(er.av. 
460—370-yillar) ning ta’limotida «olovli atom»larga aylandi. Demokrit 
va uning ustozi Levkipp (er. av. 500-440) atomik materializm 
nazariyasini avval surdilar. Unga ko‘ra, barcha narsalar 2 ta asosdan- 
bo‘linmas harakatchan, sharsimon yengil atomlardan va bo‘shliqlardan 
paydo bo‘ladi. Bu atomning eng harakatchanlari, ya’ni olov atomlari 
ruhni hosil qiladi.
«Bitta ilmiy isbotu dalilni qoiga kiritish men uchun fors saltanatiga 
hokimlik qilishdan a’loroqdir», - degandi Demokrit.
Yana bir grek mutafakkiri A naksagor (er.av.500-428) ning 
barcha narsalar gameomeriy nomli mayda moddalardan tashkil 
topganligi va ularning aql bilan va ya’ni ruh bilan boshqarilishi 
to‘g‘risidagi fikri ham Demokritning atomik qarashlariga o‘xshaydi. 
Sochilib ketishidan iborat fizik qonunini tana uchun ham, taalluqli 
deb hisoblab, Demokrit ruhning abadiyligini inkor etadi. Demokrit 
ruhni tana harakatining sababi deb biladi. Uning yozishicha ruh 
og‘ir tanaga kirib harakatga keltiradi. Tana o‘lgandan keyin esa 
u fazoda tarqalib ketadi. Biz nafas olganimizda ruhni tashkil 
etuvchi atomlami yutib nafas chiqarganda ruhimizning bir qismi- 
ni tashqariga chiqarib yuboramiz. Shu tariqa ruhimizning doimo 
yengillashib turadi, deb hisoblaydi Demokrit. Uning fikricha
hamma narsaning, hatto o‘likning ruhi bor, faqat juda kam.


Demokritning bunday fikri panpsixizmga yaqinlashib qoldi. 
Tanadan tashqari ruh bo‘lishi mumkin emas, degan umumiy hukm 
chiqardi. U nafaqat tana va ruh birligi, balki ruhning o‘zi tana 
ekanligini ta’kidlaydi. «Agar ruh tanani harakatlantirsa, demak, uning 
o‘zi tana qismi» deb yozadi Demokrit. Epikur, Lukretsiy, kabilar 
Demokritning ruh haqidagi tasawurlarining rivojlanishini davom 
ettirdilar. Lekin Epikur ta’limotiga ko‘ra, ruh atomlardan emas, 
o‘zgarmas 4 elementdan: olov — issiqlik asosi, bug* — harakat asosi, 
shamol — sovish asosi, nomsiz 4-element — ruhning ruhidan iborat. 
Epikuming nomsiz elementini Lukretsiy «А», deb atadi. Shuningdek
Epikuming fikricha, faqat sezish xususiyatiga ega narsalardagina ruh 
bo‘ladi.
«Anaksagor olov va quyosh ayni bir narsadir, deb hisoblaganda 
qattiq yanglishgandi, — deydi Suqrot, — chunki odamlar olovga bemalol 
qaray olishlarini, Quyoshga esa hech qachon tik boqolmasliklarini 
nazardan qochirgan. Shuningdek, Anaksagor inson terisi quyosh 
nuri ta’sirida qorayishini, olov esa bunday qudratga ega emasligini, 
o ‘simliklar Quyosh haroratisiz yashay olmasliklarini, olov taftidan esa 
halok bo‘lishlarini unutgan. Anaksagor quyoshni olovda toblangan 
tosh, deb ta’riflagan. Ammo tosh qancha qizdirilmasin, hech qachon 
Quyosh kabi yog‘du tarata olmasligi kundek ravshandir. Quyosh esa 
doimo eng porloq yoritgich bo‘lib, qolajak».
Suqrot g‘oyalari: «Taajjubki, haykaltaroshlar toshni insonga 
o‘xshatish yo‘lida o‘lib-tiriladilar-u, ammo o ‘zlarining toshga o‘xshab 
qolmasliklari haqida qayg‘urmaydilar».
«Men bu odamdan donoroqman. Sababi, har ikkimiz ham ba’zi 
bir joiz va zarur narsalarni bilmasak-da, u manmanlik qiladi, men esa 
manmanlikdan o‘zimni tiyaman».
« 0 ‘zini anglagan inson o‘zi uchun nima foydaliligi va nimalarga 
qodir ekanligini yaxshi tushunadi. U qo‘lidan keladigan ish bilan 
shug‘ullanish asnosida o‘z ehtiyojini qondiradi va saodatga erishadi. 
Har qanday xato va baxtsizliklardan xoli bo‘ladi. Buning natijasi 
o‘laroq, u o‘zga odamlami qadrlay oladi va ulardan ezgulik yo'lida 
foydalana biladi. Oqibatda o‘zini kulfatlardan asraydi».



Download 6,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish