Valyuta riski va uni boshqarish Uralov Diyor Valyuta riski …
Valyuta kurslari va (yoki) qimmatbaho metallarning narxini o'zgarishi oqibatida yo'qotish xavfi hisoblanib,
Valyuta xavfi moliya bozorida yuzaga keladigan valyuta kursining qisqa muddatli yoki uzoq muddatli tebranishlari yuzaga kelishidan kelib chiqadi.
Valyuta pozitsiyasi – dilerning talab va majburiyatlarini nisbati. U ikki qismdan iborat, ya’ni “uzun” va “qisqa” pozitsiyadan.
“Uzun” pozitsiyada dilerning talablari aks etadi. Talablar esa, diler tomonidan valyuta sotib olinganda hosil bo’ladi.
“Qisqa” pozitsiyada dilerning majburiyatlari aks etadi. Majburiyatlar esa, diler tomonidan valyuta sotilganda hosil bo’ladi.
Valyuta riskining kelib chiqish omillari - Asosiy ta’sir etuchi omil hisoblanib, inflyatsiya darajasi, foiz stavkalari, mamlakatda valyuta bozorining rivojlanish darajasi, mamlakat eksportining sifat tarkibi va boshqa omillar ta'sir qiladi.
Tashqi omillar
- Valyuta riski sub'ektlarining xususiyatlari ajratiladi, ular tashkiliy va boshqaruvchiga bo'linadi.
Ichki omillar
Valyuta riskini uch turga ajratish mumkin:
iqtisodiy valyuta riski;
operatsion valyuta riski;
translyatsion valyuta riski.
Operatsion valyuta riski.
Operatsion risk asosan savdo operatsiyalari, shuningdek, dividend to’lovlari va moliyaviy investitsiyalash bo’yicha pulli shartnomalar bilan bog’liq holda yuzaga keladi.
Operatsion risk pul mablag’lari harakatida yuzaga kelgan holda foyda darajasiga bevosita salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Bu riskni pul mablag’larining kutilayotgan oqimiga almashinuv kursi o’zgarishining bevosita ta’siri natijasida yuqori foydaga erishmaslik yoki zararning yuzaga kelishi holati sifatida ta’riflash mumkin.
Translyatsion valyuta riski.
Kompaniya shaxobchalari turli mamlakatlarda joylashgani va shu mamlakatlarda milliy valyuta kursi o’zgarib turishi ushbu risklarni yuzaga keltiruvchi asosiy shartlardir.
Bu riskning paydo bulishiga kompaniya balansini hisob-kitob qilish jarayonida aktiv va passiv tomonlari o’zaro munosabatlarining to’g’ri kelmasligi sabab bo’ladi.
Mazkur risk hisob-kitob yoki balans riski sifatida ham ma’lumdir. Uning manbai bo’lib, turli mamlakatlar valyutalarida ifodalangan aktiv va passivlar o’rtasidagi nomuvofiqlik holati hisoblanadi.
Iqtisodiy valyuta riski.
Iqtisodiy valyuta riski mamlakatlar o’rtasida tovar almashishda, tayyor mahsulotlarni sotib olish yoki sotishda valyutalar kursining o’zgarishida yuzaga keladi. Kompaniya ishlab chiqarayotgan mahsulotini boshqa mamlakatga sotish yoki kompaniyaning o’sha mamlakatdagi shoxobchasida sotib olinadigan tovarlarni hisob-kitob qilish jarayonida valyuta kursi iqtisodiy valyuta risklarini yuzaga keltiradi.
Iqtisodiy risk kompaniya iqtisodiy holatiga almashinuv kursi o’zgarishining salbiy ta’siri ehtimoli sifatida ta’riflanadi. Bir xil turdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar hamda boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobatlashuvning o’zgarishi, shuningdek, muayyan tovar belgisi iste’molchilari ehtiyojining o’zgarishi natijasida risk yuzaga kelishi mumkin.
Valyuta kurslari o’zgarishlarini aniqroq prognozlashtirish, valyuta risklarini sug’urtalash (xedjerlash)dan foydalanish zarurdir.
Amalga oshiriluvchi valyuta operatsiyalarini qo’llash orqali
Yuzaga keluvchi risklarni oldini olish maqsadida
Tuziluvchi shartnomalar hisoblanadi
Hosilaviy qimmatli qog’ozlar sirasiga
Spot
Opsion
Forvard
Fyuchers
Svop
Amaliyotda valyuta riskini derivativlar va valyuta bozorlarida hech qanday vositalarsiz boshqarishning to'rtta usulidan foydalanadilar:
Daromadlarni qulay valyutada qo’llash.
Yetkazib beruvchilarga to'lovlarni kechiktirish.
Xarajatlar va daromadlarni, aktivlar va majburiyatlarni bir xil valyutada teng miqdorda ko'rsatishga harakat qilish.
Daromadlar va xarajatlar miqdorini shartnomalarda kelishganda valyuta tavakkalchiliklarini bozorni xedjlash qiymatini hisobga olish
Daromadlarni qulay valyutada qo’llash. - Masalan, Rossiyaning eksport qiluvchi kompaniyalari o'zlarining savdo shartnomalarini dollar va evroda imzolashga moyil. Odatda ular ushbu valyutalardagi majburiyatlarni, ko'pincha qarz mablag'larini to'lash uchun valyuta naqd pul oqimidan foydalanadilar, chunki bu valyutadagi kreditlar rublga qaraganda arzonroq. Shunday qilib, kompaniya valyuta xavfini o'z zimmasiga olmaydi, chunki chet el valyutasidagi tushum kelajakda noma'lum kurs bo'yicha rublga aylantirilmaydi, balki o'sha valyutada ko'rsatilgan majburiyatlarni to'lashga sarflanadi.
Yetkazib beruvchilarga to'lovlarni kechiktirish. - Masalan, eksportdan tushadigan daromadlarni moliyalashtirishga qaratilgan ushbu uslub hammaga ham mos kelmaydi, uning g'oyasi bitta faoliyatni boshqasi hisobiga moliyalashtirishdir. Buning uchun bitta valyutada minimal miqdorda valyutani sotish va sotib olish kerak. Bunday holda, muvaffaqiyatning kaliti eksport va import shartnomalarida to'lov shartlari qanday yozilganligidadir: kompaniya bir faoliyatdan kelib chiqadigan valyuta oqimidan boshqasiga qarzlarni to'lash uchun foydalanadi.
Xarajatlar va daromadlarni, aktivlar va majburiyatlarni bir xil valyutada teng miqdorda ko'rsatishga harakat qilish. - Masalan, biz yuqorida muhokama qilganimizdek, dollar oqimida olib keladigan faoliyatni moliyalashtirish, dollar bilan qarz berish orqali amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |