1.2. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar Valyuta kursini dinamikasini bevosita aniqlovchi yoki xalqaro iqtisodiy ayirboshlash jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lgan omillar:
xalqaro ayirboshlashda qatnashuvchi mamlakatlarning yalpi milliy mahsuloti (YaMM) to’lov balansi;
pulni ichki va tashqi taklifi;
foiz stavkalari.
Bu ko’rsatilgan omillarni sabab (uyushgan) omillar sifatida atash mumkin.
(Uyushgan) sabab omillarning o’zgarishiga ta’sir etuvchi va valyuta kursini o’rnatish mexanizmida boshqaruvchi sifatida ta’sir etuvchi omillar.
Iqtisodiy tizimni dinamik tizim tenglikdan chiqib ketishi natijasida yuzaga keladigan omillar:
Iqtisodiy tanglikning namoyon bo’lishi;
Davlat byudjeti defitsiti;
Nazoratsiz emissiya;
Inflyatsiya;
Ichki va tashqi baholar o’rtasidagi farq.
Monopol ishlab chiqarish;
Pullarni xorijiy valyuta funktsiyasini bajarishi;
To’liq hajmda to’lov vositasi;
jamg’arish vositasi;
v)Kapitalni chetga oqib ketishi;
Investitsiyani qisqartirish;
Ishlab chiqarish hajmini pasayishi.
Resurslar oborotida qatnashmaslik;
Iste’molchilarning foydalarini pasayishi;
Valyuta birjasidagi uyin;
Tovarlarni «yuvilishi»;
Demping baholaridan foydalanish orqali ayrim firmalarning olib borayotgan tashqi savdo faoliyati.
Siyosiy omillar;
Mamlakat pul tizimiga bevosita o’zgarish kirituvchi siyosiy qarorlar;
Davlat siyosatini muddatini aniqlovchi qarorlar;
Boshqaruv strukturasining barqarorlik darajasi;
Iqtisodiy tizimni boshqarishda ishonchlilik darajasi;
Iqtisodiy va siyosiy struktura vakillarini bir-birini tushuna olish darajasi;
Qonunlarni bajarilish darajasi;
Iqtisodiyotda davlat ulushining miqdori;
Mamlakatdagi siyosiy kuchlar o’rtasidagi kelishmovchiliklar darajasi;
Iqtisodiyotni ko’tarish bo’yicha aniq ishlangan dasto’rning yo’qligi;
Aholning boshqaruv strukturasiga ishonchlilik darajasi;
Xususiy kapitalning himoyalanganlik darajasi.
Banklar valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda valyutani sotish va sotib olish kursini o’rnatadi. Bu kurslar sotuvchining kursi va xaridorning kursi deb ataladi.
Sotuvchi kursi - bankning valyutani sotish kursi xaridor kursi - bankning valyutani sotib olish kurs
Bu kurslar o’rtasidagi farq marja deb ataladi va u xizmati xarajatlarini qoplashga va ma’lum darajada foyda olishga sarflanadi.
Valyutaning eng muhim xarakteristikasi uning konvertirlanganligidir.
Konvvertirlanganlik - darajasiga ko’ra valyuta kursi 3 ga bo’linadi.
erkin «suzib» yuruvchi
cheklangan darajada «suzib»yuruvchi
qayd etilgan valyuta kurslari.
Valyuta kursi tovar bahosi kabi shu guruhlarga bo’linadi.
Erkin «suzib» yuruvchi valyuta kursi ma’lum valyutaga bo’lgan bozor talabi va taklifi ta’sirida o’zgarib turishi mumkin. Masalan. AO’Sh dollori, Yaponiya ienasi, Angliya funt sterlingi Shu bois bu valyutalar jahon valyuta ayirboshlashida keng ishtirok etadi.