Valyuta kursi va uning rejimlari Reja Kirish Valyuta kursining mazmuni, mohiyati va o’zgarish tendensiyalari


chizma. Importdagi o’zgarishlarning eksportga ta’siri



Download 0,89 Mb.
bet7/8
Sana20.05.2023
Hajmi0,89 Mb.
#941663
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xopizov gayratjon

chizma. Importdagi o’zgarishlarning eksportga ta’siri
Natijada muvozanatli real valyuta kursi oshadi, milliy mahsulotlar qimmatlashadi va sof eksport kamayadi.
Shunday qilib, mamlakat ichki bozorini chet el raqobatchilaridan himoya qilish maqsadida olib boriladigan protektsionistik savdo siyosati joriy operatsiyalar hisobi va kapital harakati hisobiga ta’sir qilmaydi Ammo, u muvozanatli real valyuta kursini oshiradi va tashqi savdo miqdorini kamaytiradi. Sof eksport o’zgarmagan bo’lsa ham V nuqtadagi eksport va import hajmi A nuqtadagi eksport va import hajmidan kam bo’ladi. Importga cheklashlarni joriy qilish ichki narxlar darajasi (Rd)ning oshishiga olib keladi.
Shuning uchun ham uzoq davrda nominal valyuta kursi (En) narxlar oshishiga teng tarzda kamayadi. Natijada, o’sgan muvozanatli real valyuta kursi E2 nuqtada barqarorlashadi, ya’ni sof eksport kamayishi ortidan E1 nuqtaga qadar pasaymaydi. Narxlar darajasining ko’tarilishiga javoban nominal valyuta kursining pasayishi sotib olish qobiliyati paritetini tiklaydi.
Jahon iqtisodiyotida, jumladan har qanday davlat iqtisodiyotida pul muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyatning ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoit yaratadi. Pul va iqtisodiyot o‘zaro uzviy bog‘liq elementlardir. Agar jamiyat iqtisodiyotida muammolar paydo bo‘lsa, albatta, bunday muammolar jamiyatning pul muomalasida salbiy aks topadi. Shuning uchun pulni jamiyat iqtisodiy hayotining barometri deb bejiz aytishmagan.
Iqtisodiyot nazariyasida haqiqiy pul, tovar ekvivalent sifatida mavjud bo‘lib, iste’molchilarning muomalaga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Qog‘oz pullar esa, haqiqiy pullar qiymatining muomaladagi ifodasi yoki vakilidir.
Har qanday mustaqil davlat o‘z puliga ega va bunday pul shu davlat uchun milliy pul birligi hisoblanadi. Milliy pul birligi o‘zining nomi va ma’lum bir muomala tarixiga ega.
Nazariyada pul va valyuta kategoriyalari mavjud bo‘lib, pul va valyuta ikkalasi bir narsa, ammo hamma vaqt ham pul valyuta bo‘lavermaydi. Agar muayyan bir davlatning milliy pul birligi jahon bozoriga chiqib, davlatlar o‘rtasida muomala, to‘lov va jamg‘arish vositasi sifatida ishlatilsa, ya’ni xalqaro pul funksiyalarini bajarsa, u valyutaga aylanadi.
valyuta – jahon bozorida, davlatlar o‘rtasida pul vazifalarini bajaruvchi davlatlarning milliy pul birligidir. Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlari dollari, Buyuk Britaniya funt sterlingi, Kanada dollari, Fransiya franki, Germaniya markasi va shu kabilar.
Bundan muayyan bir davlatning milliy puli – uning milliy valyutasi bo‘lishi mumkin. Shu davlat uchun boshqa davlatlarning milliy pul birliklari esa xorijiy valyutalar bo‘ladi. Masalan, AQSH dollari, Buyuk Britaniya funt sterlingi, Kanada dollari, yevro va shu kabi erkin muomalada yuradigan valyutalar
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy valyutalar hisoblanadi. O‘z navbatida, O‘zbekiston so‘mi bu davlatlar uchun xorijiy valyuta hisoblanadi.
Ba’zi bir davlatlarning milliy pul birliklarining, mazkur davlatlarda valyuta munosabatlari borasida mavjud va amalda bo‘lgan qonun-qoidalariga asosan xorijga chiqishi va u yerda muomalada bo‘lishi chegaralanadi. Shunga ko‘ra muomaladagi valyutalar turli maqomlarga, ya’ni erkin muomalada yuradigan, muomalasi qisman yoki butunlay cheklangan, yopiq yoki ekzotik valyutalarga bo‘linadi.
Bundan kelib chiqqan holda, hozirgi kunda jahon amaliyotida erkin muomalada yuradigan valyutalar soni 60 turdan ziyod. Bundan tashqari, MDH davlatlarining valyutalari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining so‘mi yumshoq valyutalar toifasiga kiradi. Ekzotik valyutalar toifasiga Quvayt dinori, Gretsiya draxmasi va shu kabilar kiradi.
« valyuta» kategoriyasi milliy va jahon xo‘jaligi orasida aloqa va o‘zaro munosabatlarni ta’minlaydi. Jahon valyuta tizimi jahon pullarini amaldagi (funksional) shakllariga asoslangan. Jahon pullari deb xalqaro munosabatlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy) xizmat ko‘rsatuvchi pullarga aytiladi. Jahon pullari amaliy (funksional) shakllarining evolutsiyasi milliy pullar rivojlanish evolutsiyasini birmuncha kechikib takrorlaydi, ya’ni oltin pullardan – kredit pullarga. Bunday qonuniyat asosida jahon valyuta tizimi XX asrga kelib bir yoki bir necha yetakchi davlatlarning milliy valyutalariga (an’anaviy yoki yevro valyuta shaklida) yoki xalqaro valyuta birligiga (SDR, YEVRO) asoslanadi.
Jahon amaliyotida hisob-kitoblarni olib borish uchun valyutalar shartli belgilar orqali ifodalanadi, ya’ni ularga shartli kodlar beriladi. valyutalarga kodlar ISO (Standartlash xalqaro tashkiloti) tomonidan beriladi va e’lon qilinadi. Bu valyutani kodlash tizimi yozma ravishda rasmiylashtirilgan barcha valyuta operatsiyalari va bitimlarda qo‘llaniladi. ISO tizimidagi kodlar juda oson, masalan, ular quyidagicha ifodalanishi mumkin: A1A2A3.
Bunda: A1A2 – lotin harflari mamlakat nomlarini ifodalaydi;
A3 – lotin harfi shu mamlakatning milliy valyutasini bildiradi.
Masalan, UZ – O‘zbekiston Respublikasi, S – so‘m, UZS – O‘zbekiston Respublikasi so‘mi; RU – Rossiya, R – rubl, RUR– Rossiya rubli; US – Amerika Qo‘shma Shtatlari, D – dollar; USD – Amerika Qo‘shma Shtatlari dollari; GB – Buyuk Britaniya, P – funt sterling, GBP – Buyuk Britaniya funt sterlingi.
valyuta, odatda, ikki turga – milliy va chet el valyutalariga bo‘linadi. Milliy valyuta qonun asosida davlatning pul birligi sifatida belgilanadi va mamlakat hududida barcha hisob-kitoblarda foydalaniladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ishlatiladigan pullar valyutaga aylanadi. Xalqaro hisob-kitoblarda, odatda, xorijiy valyuta, ya’ni boshqa mamlakatlarning pul birliklari ishlatiladi. Ushbu pul birliklari bilan deviz tushunchasi bog‘liq.
Deviz – xorijiy valyutadagi har qanday to‘lov vositasidir. Xorijiy valyuta valyuta bozorida oldi-sotdi obyekti bo‘ladi, xalqaro hisob-kitoblarda ishlatiladi, banklardagi hisobvaraqlarda saqlanadi, ammo ushbu davlat hududida qonuniy hisob-kitob vositasi hisoblanmaydi (kuchli inflyatsiya davrlarini hisobga olmagan holda). Mamlakatda kuchli inflyatsiya va inqiroz holatida milliy valyutani nisbatan barqaror xorijiy valyuta siqib chiqaradi, hozirgi davrda bu AQSH dollaridir.
Chet el valyutasi quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:

  • valyuta bozorida sotish va sotib olishning obyekti hisob-lanadi;

  • xalqaro hisob-kitoblarda ishlatiladi;

  • banklarda valyuta hisob raqamlarida saqlanadi.

Jahon amaliyotida yetakchi valyutalar sifatida rivojlangan mamlakatlar valyutasidan foydalanilmoqda, jumladan AQSH dollari va Yevropa Ittifoqi YEVROsi.
Turli mamlakatlarning valyutalari hamda xalqaro pul birliklari tuzilgan xalqaro bitimlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida o‘zaro almashtiriladi va har qanday ayirboshlashda bo‘lgani kabi bu yerda ham ularning bahosini, aniqrog‘i, valyutalar kursini aniqlash muhim hisoblanadi.
valyuta kursi valyuta tizimining asosiy elementi hisoblanadi, shuningdek, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda turli mamlakatlar valyutalari nisbatining o‘zgarishi ma’lum bir qiymatda ifodalanishini talab qiladi. valyuta kursi tovarlar, xizmatlar savdosida, kapitallar, kredit harakatida valyutalarni o‘zaro ayirboshlash uchun zarur. Eksportyor chet el valyutasidagi tushumini o‘z milliy valyutasiga almashtiradi, chunki boshqa mamlakatlarning valyutasi ushbu davlat ichida qonuniy to‘lov va sotib olish vositasi sifatida qatnasha olmaydi. Importyor milliy valyutani chet el valyutasiga xorijda sotib olgan tovarlarga to‘lash uchun almashtiradi.
Jahon bozorida tovarlarni sotganda milliy mahsulot xalqaro qiymat me’yorlariga ega bo‘ladi. Shuningdek, valyuta kursi jahon xo‘jaligi doirasida tovarlarni absolut almashuvini namoyon qiladi. valyuta kursi qiymatining asosi jahon narxlarii ostida yotuvchi, jahon bozoriga asosiy mahsulot yetkazib beruvchi mamlakatlarning va boshqa ishlab chiqaruvchilarning milliy narxiga asoslanadi. Xalqaro kapital harakatining keskin o‘sishi valyuta kursiga nafaqat tovar, balki moliyaviy aktivlar orqali hamda valyutalarni sotib olish qobiliyati orqali ham ta’sir ko‘rsatadi.
Chet el valyutasining milliy valyutadagi kursini aniqlash va o‘rnatish kotirovka deb ataladi. Kotirovka valyutani sotish va sotib olishda, bir valyutani ikkinchi valyutaga almashtirish jarayonida zarur bo‘lib, unga aniq valyutaga bo‘lgan talab va taklif ta’sir ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, valyuta bozorida valyutaga bo‘lgan talab va taklif bir valyutaning ikkinchi valyutaga bo‘lgan nisbatining o‘zgarishiga ta’sir qiladi va kotirovka asosida valyutalarning kursi belgilanadi.
valyuta kursining kelib chiqishi mamlakatlar iqtisodiy faoliyatining muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan xalqaro savdoni rivojlantirish bilan bog‘liq. valyuta kursi xalqaro savdoning rivojlanishi bilan birga ichki iqtisodiyotga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bunga sabab valyuta kursining holati bilan mamlakat iqtisodiyotidagi barcha sohalar holati o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligidir.
valyuta kursi asosan kapital va kredit harakatini hisobga olish, tovar va xizmatlar savdosida valyutalarni o‘zaro ayirboshlash uchun, jahon bozori va milliy bozor narxlarini hamda turli mamlakatlarning milliy va chet el valyutasida ifodalangan qiymat ko‘rsatkichlarini taqqoslash, firma va banklarning chet el valyutasidagi mavjud bo‘lgan davriy qayta baholash va boshqa jarayonlarni amalga oshirish uchun zarur. Shunday qilib, valyuta kursi bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida ifodalangan bahosidir.
Tashqi jihatdan valyuta kursi jahon bozoridagi talab va taklif asosida aniqlangan bir valyutaning boshqa valyutaga nisbatan hisoblab chiqilgan koeffitsiyenti sifatida namoyon bo‘ladi. Ammo valyuta kursining qiymat asosi valyutaning xarid qobiliyati hisoblanadi. Bu iqtisodiy kategoriya tovar ishlab chiqarishda ishtirok etadi va tovar ishlab chiqaruvchilar bilan jahon bozori o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.
Qiymat tovar ishlab chiqarishning iqtisodiy sharoitlarining barcha jihatlarini ifodalaydi. Bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligiga taqqoslanishi ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida yuzaga keladigan qiymat munosabatlariga asoslangan. Ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar valyuta kursi yordamida tovar va xizmatlarning milliy narxlarini boshqa davlatlar narxlari bilan solishtiradilar. Bunday solishtirish natijasida ishlab chiqarishni mamlakat ichkarisida rivojlantirish yoki chet elga investitsiya qilishni rivojlantirishga asoslangan foydalilik darajasi yuzaga keladi.
Kapitalning xalqaro harakatiga bog‘liq ravishda valyuta kursining o‘zgarishiga valyutaning tovarlarni xarid qilish qobiliyati bilan birga moliyaviy aktivlarni xarid qilish qobiliyati ham ta’sir ko‘rsatadi.
Qonuniy me’yorlarga va amaliyotga mos holda birjada chet el valyutasi kursining, qimmatli qog‘ozlar kursining yohud tovarlar bahosining o‘rnatilishi ham kotirovkalash deb ataladi. Subyektlar ishtirokida belgilanishiga qarab kotirovkaning 2 turi: rasmiy va bozor kotirovkasi mavjud. Rasmiy kotirovkada barcha valyuta operatsiyalari uchun valyuta kursi davlat tomonidan belgilanadi. Banklararo valyuta savdosida amalga oshiriladigan bozor kotirovkasi banklarning to‘lovga layoqatliligiga, ularning pul mablag‘i aylanmasi mavqeyiga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun bozor kotirovkasi rasmiy kotirovkadan farq qiladi. Jahon amaliyotida kotirovkalashni amalga oshirishning 2 xil usuli mavjud:

  1. To‘g‘ri kotirovkalash. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada ko‘rsatilsa, bu to‘g‘ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 2012-yilning 20-martida 1 AQSH dollariga nisbatan o‘zbek so‘mining kursi 1839,40 so‘mni, 1 Rossiya rubliga nisbatan 62,65 so‘mni tashkil etdi. 1 AQSH dollari = 1839,40 so‘m. Bu to‘g‘ri kotirovkalash hisoblanadi va bunday kotirovkalash hozirgi vaqtda jahondagi ko‘plab mamlakatlarda qo‘llanilmoqda.

  2. Milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan bahosi egrikotirovkalash deb ataladi. Egri (teskari) kotirovkalashda bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutalardagi miqdori o‘rnatiladi, ya’ni bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutadagi bahosi ko‘rsatiladi, masalan:

1 so‘m = AQSH dollari yoki 1 so‘m = 0,00054 AQSH dollari 1839,40
Kotirovkaning chap tomonidagi valyuta kotirovka bazasi, o‘ng tomonidagisi kotirovka valyutasi deb yuritiladi.
1 so‘m 1839,40 AQSH dollari kotirovka bazasi kotirovka valyutasi
=
valyuta kotirovkasi, odatda, 2 asosiy elementni o‘zida mujassamlashtiradi.

  1. sotib olish kursi (Vid-bid);

  2. valyutani sotish kursi (offer-offer).

Masalan, 1 AQSH dollari = 18369,40 o‘zbek so‘mi sotish kursi (offer),
1846,0 o‘zbek so‘mi sotib olish kursi (Vid).
valyutani sotish va sotib olish o‘rtasidagi farq spred (spread) deb nomlanadi va u yuqoridagi misolda 6,4 so‘m (1846,0-1839,4) ni tashkil qiladi.
Bank kotirovkasi bilan banklararo bozor kotirovkasi o‘rtasidagi farq marja deyiladi va u bankning valyuta bo‘yicha pozitsiyasi, uning bitimlarining summasi, salmog‘i va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. valyuta kurslarining turlari ko‘p bo‘lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish