Valyuta kursi



Download 23,47 Kb.
bet2/2
Sana21.07.2022
Hajmi23,47 Kb.
#831812
1   2
Milliy valyuta - muayyan davlatning valyutasidir (so‘m, dollar, yevro, rubl' va boshqalar). Mazkur davlat hududida foydalanish maqsadida Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqariladi;

  • Xorijiy valyuta – xorijiy davlatlarda muomalada bo‘lgan va qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan valyutalar, shuningdek, kreditlash va to‘lovlarni amalga oshirish vositalari (banknotalar, g‘azna biletlari, tangalar, cheklar, veksellar);

  • Jamoaviy valyuta - bu ma'lum bir davlatlar guruhi va xalqaro tashkilotlar tomonidan moliyaviy amaliyotlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan valyutadir. Masalan, 1999 yilning 1 yanvarida Yevropa Ittifoqi (EI) davlatlari yagona valyuta – Yevroni naqdsiz shaklda, 2002 yilning 1 yanvaridan esa banknotalar va tangalar ko‘rinishida muomalaga kiritdilar.

    Qanday turdagi konvertatsiya mavjud:

    • Erkin konvertatsiya bo‘ladigan – boshqa valyutalarga almashtirish jarayonida hech qanday cheklovlar mavjud bo‘lmagan valyuta. Bu kabi valyutalarga egalik qiluvchi davlatlar ushbu valyutalar bilan amaliyotlarni bajarishga hech qanday to‘siqlar qo‘ymaydi. Bunday valyutalarga AQSh dollari, yevro, Shveysariya franki, Britaniya funti, Yaponiya yenasi va boshqalar kiradi.

    • konvertatsiya bo‘lmaydigan valyuta - mamlakat hukumati tomonidan valyutalarni sotish va sotib olishga yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshirishga cheklovlar o‘rnatilgan bo‘ladi. Bu Shimoliy Koreya voni va Kuba pesolaridir. Bunday pullar muomalasiga faqat mamlakat ichida ruxsat etiladi.

    • Qisman konvertatsiya bo‘ladigan valyuta – bular emitent mamlakatdan tashqarida muomalasi cheklangan milliy banknotalardir. Masalan, O‘zbekistonda so‘m qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi. Mamlakat tashqarisida esa so‘mni ayirboshlash bo‘yicha cheklovlar mavjud bo‘lib, faqat ayrim xorijiy valyutalarga ayirboshlanishi mumkin.

    • Oxirgi uch oyda tashqi iqtisodiy sharoitlarining o‘zgarishi ichki valyuta bozorida milliy valyuta almashuv kursining shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

    • O‘tgan yilning sentabr oyidan boshlab valyuta almashuv kursi bozordagi xorijiy valyutaga bo‘lgan joriy talab va taklif holatidan kelib chiqib shakllanib kelmoqda.

    • Valyuta kursining o‘zgarishi oldingi yillarda kuzatilgan doimiy devalvatsiya tendensiyasidan farqli ravishda, joriy yilda ichki va asosan tashqi omillar ta’sirida shakllanib, turli yo‘nalishdagi dinamikaga ega bo‘lmoqda.

    • 2018 yilning yanvar-iyul oylarida valyuta kursi dinamikasi asosan mavsumiy omillar ta’sirida shakllandi.

    • Xususan, yanvar oyida eksport va xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining nisbatan kam bo‘lganligi sharoitida milliy valyuta almashuv kursi 8139 so‘m/dollardan 8189 so‘m/dollargacha pasaydi.

    • Shu bilan birga, mart-iyul oylarida eksport va boshqa manbalardan valyuta tushumlarining oshishi natijasida so‘mning almashuv kursi teskari dinamikaga ega bo‘lib, birinchi avgust holatiga 7782 so‘m/dollargacha qadri oshdi.

    • Bundan tashqari, chet el valyutasidagi kreditlar hajmining tez sur’atlarda o‘sishi va depozitlar dollarizatsiya darajasining pasayishi ichki valyuta bozoridagi xorijiy valyutaga bo‘lgan talabni qisman qondirilishiga xizmat qildi. Shuningdek, milliy valyutadagi muddatli va jamg‘arma depozitlar hajmining oshishi ham so‘m almashuv kursining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

    • Joriy yilning avgust oyidan boshlab almashuv kursi dinamikasiga tashqi omillar, ayniqsa asosiy savdo hamkorlarimiz bo‘lgan davlatlar milliy valyutalarining qadrsizlanishi (Rossiya – 19 foiz, Qozog‘iston – 17 foiz, Xitoy – 9 foiz, Turkiya – 56 foiz) ta’siri kuchaydi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu davlatlar valyutalari kurslarining keskin o‘zgarishi so‘m almashuv kursiga bir oydan uch oygacha bo‘lgan muddatdan keyin o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

    • Natijada so‘mning real almashuv kursi ushbu davlatlar valyutalariga nisbatan qadri sezilarli darajada oshdi (Rossiya rubliga nisbatan 29 foizga, Qozog‘iston tangasiga nisbatan 22 foizga, Turkiya lirasiga nisbatan 67 foizga, Xitoy yuaniga nisbatan 14 foizga).

    • Ushbu holat mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini pasaytirib, ichki valyuta bozoridagi talab va taklif darajasiga ta’sir etmoqda.

    • Birinchidan, yuqorida qayd etilgan valyutalarning keskin devalvatsiyasi tashqi bozorlarda mahalliy eksportchilar mahsulotlarini qimmatlashuviga olib kelib, ularning valyuta tushumlarini qisqartirdi.

    • Ikkinchidan, ichki bozorda mahalliy mahsulotlar narxlarining chet elda ishlab chiqarilgan mahsulotlar narxlariga nisbatan raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu, o‘z navbatida, chetdan import qilishni rag‘batlantirgan holda, xorijiy valyutaga qo‘shimcha talabni keltirib chiqarmoqda.

    • Uchinchidan, jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro pul o‘tkazmalarining asosiy qismi to‘g‘ri keladigan davlatlar valyutalarining qadrsizlanishi, ushbu davlatlardan mamlakatimizga yuboriladigan pul o‘tkazmalari hajmining kamayishiga olib keldi.

    • Yuqorida keltirilgan omillar ta’sirida 2018 yilning avgust oyidan boshlab so‘m almashuv kursining ichki valyuta bozoridagi sharoitlarga javoban o‘zgarishi kuzatilib, joriy yilning 18 sentabr kuni 8062 so‘m/dollarni* tashkil etdi (yil boshida – 8139 so‘m/dollar).

    • Valyuta birjasi savdolaridagi so‘mning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi o‘zgarishi dinamikasi


    Download 23,47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish