3.2 Milliy valyutaning chel el valyutalariga nisbatan kurslari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177-son Farmoni amalga tadbiq etilishi natijasida davlat makroiqtisodiyot soxasida juda ko‘plab o‘zgarishlar va yangiliklar joriiy etildi. Jumladan;
-farmon ijrosini ta’minlash maqsadida bank filiallarida valyuta ayriboshlash shaxobchalari faoliyati qayta ko‘rib chiqildi;
-bank filiallarida valyuta ayriboshlash shaxobchalari soni sezilarli darajada ko‘paytirishga erishildi;
-valyuta ayriboshlash shaxobchalarini texnik jixatdan qayta jixozlandi;
-texnologik jixatdan bank dasturlari takomillashtirildi;
-valyuta ayriboshlash shaxobchalarini bank binosidan tashqaridagi bank xizmatlari markazlarida, yirik savdo markazlarida, aeroportlar va boshqa ko‘plab joylarda shaxobchalar ochilishiga erishildi.
Bundan tashqari axoliga qulaylik yaratish baryram va dam olish kunlari valyuta ayriboshlashni tashkil etish maqsadida joylarda valyuta ayriboshlaydiga bankomatlar o‘rnatildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida chet el valyutalarining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirishga erishildi.
Valyutani barqarorlashtirish borasida qabul qilingan qarorlar va amalga oshirilgan ishlar o‘z ijobiy natijasini ko‘rsatgan bo‘lishiga qaramasdan chet mamlakatlardagi siyosiy va iqtisodiy voqea va xodisalar milliy valyutaning chet el valyutalariga nisbatan kurslarini oshib borishiga ta’sir etib kelmoqda. 1994 yil milliy valyutaning 1 AQSH dollariga nisbatan kursi 7 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 1996 yil boshiga 25 so‘m, 1998 yil boshiga 81 so‘m 01 tiyin, 2000 yil boshiga 140 so‘m 46 tiyin, 2002 yil boshiga 688 so‘m 90 tiyin, 2004 yil boshiga 980 so‘m 18 tiyin, 2006 yil boshiga 1186 so‘m 73 tiyin, 2008 yil boshiga 1291 so‘m 23 tiyin, 2010 yil boshiga 1516 so‘m 91 tiyin, 2012 yil boshiga 1808 so‘m 17 tiyin, 2014 yil boshiga 2203 so‘m 29 tiyin, 2016 yil boshiga 2816 so‘m 47 tiyin, 2018 yil boshiga 8136 so‘m 67 tiyin, 2020 yil boshiga 9550 so‘m 76 tiyin, 2022 yil boshiga 10840 so‘m 02 tiyinni tashkil qildi. (Kurs o‘zgarishi dinamikasi ilova qilindi)
2022 yil boshidan jaxondagi siyosiy vaziyatni keskinlashuvi barcha davlatlarni iqtisodiga katta ta’siri natijasida davlatlarning valyuta kurslariga keskin tebratishlar yuzaga keltirdi. Milliy valyutamizni 2022 yil yanvar oyi boshida 1 AQSH dollariga nisbatan kursi 10840 so‘m 02 tiyin bo‘lgan bo‘lsa, 2022 yil fevral oyi boshida 10825 so‘m 07 tiyin, 2022 yil mart oyi boshida 10918 so‘m 68 tiyin, 2022 yil aprel oyi boshida 11395 so‘m 02 tiyinni tashkil qilib fevral oyidan boshlab kurs ko‘tarilishi va pasayishi xolatlari ko‘plab kuzatildi, xattoki mart aprel oylarida bir kunda bir necha marotaba kursni o‘zgarganligi xolatlari kuzatildi. (Kurs o‘zgarishi dinamikasi ilova qilindi)
O‘zbekistonda chet el valyutalarining so‘mga nisbatan kursini davlat valyuta birjasida aniqlandi. Valyuta birjasi tomonidan o‘rnatilgan kurslar Respublika Markaziy banki tomonidan e’lon qilinadi. Lekin Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan kurslarda vakolatli banklar tomonidan sotish sotib olish ishlari amalga oshirilmaydi. Vakolatli banklar tomonidan valyutalarning sotish sotib olish kurslari valyutalarini xarid qiymatlaridan kelib chiqqan xolda mustaqil belgilanadi. Shuning uchun vakolatli banklarda valyuta kurslarii bir xil bo‘lmaydi. (Tijorat banklarida 1AQSH dollarining so‘mga nisbatan 2022 yil 24 aprel kungi kursi ilova qilindi)
XULOSA
O‘zining faoliyati davrida XVF asl Universal tashkilotga aylandi, valyuta-kredit munosabatlarini tartibga soluvchi milliy iqtisodiyetlar ustun asosiy organ, Xalqaro kreditlashning obro‘li markazi, davlatlararo kreditlar oqimini tartiblash va qarzdor-davlatlar to‘lay bilish qobiliyati kafili sifatida keng doirada tan olindi. Bir vaqtning o‘zida u Garbning yetakchi “yettilik” davlatlari qarorlarini amalga oshirishda katta rol o‘ynaydi, shakllanayetgan jaxon iqtisodiyeti, Xalqaro koordinatsiya, milliy makroiqtisodiy siѐsatlarni kelishtirishni tartibga soluvchi tizimining xal qiluvchi bug‘ini bo‘lib keladi. Fond o‘zini faol xarakatlanayetgan jaxon valyuta instituti sifatida tavsiya etayapti, xamda shu borada katta va foydali amaliѐt ko‘nikmalarni yig‘ib oldi. Albatta, xar qanday xalqaro tashkilot kabi, XVF nafaqat xamkorlik, balki milliy iqtisodiy va siyesiy manfaatlar raqobat maydoniga aylandi. AQSH Fond siѐsatini monopol ravishda belgilashdan maxrum bo‘ldi. Ular o‘zining xarakat chizig‘ini G‘arbiy Yevropa asosiy davlatlari va Yaponiya bilan kelishtirishlari shart. Bir vaqtning o‘zida XFVda o‘zini manfaatlarini ko‘tarib chikayetgan Osiye, Afrika va Lotin Amerikasi rivojlanayetgan davlatlari ta’siri kuchaymoqda. SEVning sobik a’zodavlatlari xam faol ravishda o‘zini ko‘rsatmoqda. Bundan esa XVF doirasida butun jaxon xamjamiyati foydasiga nizoli manfaatlarni qayta ko‘rish, xisobga olish va kelishuvga olib kelish samarali mexanizmi, Fondni institutsional to‘zilma sifatida mukammallashtirish, va u tomondan dasturiy siyesiy o‘rnatmalar bajarilishiga extiѐj tug‘diradi. So‘m kiritilishi bilan uni qadrsizlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun O‘zbekiston Respublikasi MB qattiq restruktirlash siѐsatni amalga oshirdi. Bu inflyatsiyani ushlab turishga ko‘mak berdi, lekin iqtisodiy o‘sishni xam to‘xtatib turar edi. Bunga O‘zbekiston Respublikasi MBning 37 qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari xam ko‘mak berdi. Bundan tashqari, REPO bo‘yicha operatsiyalar xam faol ishlatila boshlandi. So‘mning joriy operatsiyalar bo‘yicha konvertirlanishining kiritilishi bilan ochiq bozorda operatsiyalar faollrok olib borila boshlandi, 2004 yilda ularning xajmi 100 mlrd. so‘mni tashkil etdi. MBning OVZ xam usdi, egiluvchan foiz siѐsati yurgiziladi va zaxira talablar me’ѐri o‘zgarmas 20% da saqlanib kolindi. Inflyatsiyaning past darajasi va qayta moliyalash stavkasi tushishi iqtisodiyetning real sektorga kreditlar o‘sishiga olib keldi. Shunga karamay kurs va inflyatsiya darajasini qattiq tartibga solish taklifni muayyyan ushlab turilishiga olib keldi. Bu tartibga solishga nisbatan egiluvchan ѐndashuv zaruriyatini tug‘dirmoqda. Umuman olganda bir necha yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida bu siѐsatning maxsus shakli amal kilmoqda. Asosiy devalvatsiyalarni olib borish siѐsati real almashinuv kursining dollarga nisbatan 9,6%ga pasayishiga olib keldi. 2005 y.da xam bu intilish davom etmoqda. 2005-2006 yillarda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash kursi davom etmoqda. Buk attik pul-kredit siѐsatining xam davom etishidan darak beradi. Bu inflyatsiya suratlarining nisbatan past darajada, 3% atrofida ushlab turishga va milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga imkoniyat beradi, uning to‘lab bilish qobiliyatini oshiradi. Xorijiy savdoda shunday kurs shakli va milliy valyutaning cheklangan tashqi kovertirlanish shakllanadiki, aniqrogi, valyutaning o‘zaro cheklangan konvertirlanishi: so‘m-tenga; som-so‘m; so‘m-rubl. So‘mning to‘liq konvertirlanishiga o‘tishida yechiladigan muxim muammo bu valyutalarning real kotirovkasidir. Bu joriy amaliѐtda nisbatan samaraliroq real kursni ishlatish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |