Valyuta kursi mundarija: Kirish I. Bob. Valyuta kursi


Valyuta kursining turlari



Download 55,96 Kb.
bet3/10
Sana28.06.2022
Hajmi55,96 Kb.
#717160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
VALYUTA KURSI

1.2. Valyuta kursining turlari.

Valyuta kurslarining quyidagi turlari mavjud: “spot” kurs, forvard kurs, kross-kurs, “autrayt” kursi, sotuvchi va sotib oluvchi kursi.


Spot” kurs – bu, naqdli (kassa) shartnoma kursidir. U, “spot” shartnomalari ijrosi paytida qayd etiladigan bir mamlakat valyutasining bahosini boshqa mamlakat valyutasidagi ifodasidan iborat. 36 “Spot” kurslar erkin suzadigan yoki qat’iy belgilangan bo‘lishi mumkin. Ular milliy valyutaning mamlakat tashqarisida, shartnomani amalga oshirish paytida sotib olish qobiliyatini ko‘rsatadi. Ba’zi davlatlar valyutalarining ichki va tashqi qiymati mavjudligiga qaramasdan, valyuta nazorati sharoitida, oddiy tijorat operatsiyalarini amalga oshirishda, asosan tovar va xizmatlar importida valyuta va “spot” kurslari bir xilda qo‘llanilishi mumkin.
Forvard kursi – bu, muddatli valyuta shartnomalari kursidir. U, kelgusida ma’lum bir sanaga valyutani yetkazib berish sharti bilan sotish yoki sotib olish bahosidan iboratdir. Bunda, muddatli valyuta operatsiyasida kurs shartnoma tuzilish paytida qayd etiladi, uning ijrosi ma’lum bir muddat o‘tgandan so‘ng amalga oshsa ham. Amaliyotda forvard kursi “spot” kursiga yaqin. Farqi shundaki forvard operatsiyalarda valyuta risklari paydo bo‘ladi. Masalan, forvard kursi valyutalarning kuchli va kuchsiz pozitsiyalarini, foiz stavkalardagi farqlarni hisobga olishi lozim. Bu omillar forvard kursining “spot” kursdan jiddiy oshishiga olib kelishi mumkin.
“Autrayt” kursi – bu, mukofot va diskont uslubi orqali aniqlanadigan muddatli shartnoma kursidir.
Kross-kurs – bu, ikki valyuta orasidagi kursni uchinchi valyuta orqali aniqlash uslubi yordamida topilgan kursdir. Kotirovka uslublari, sotuvchi va sotib oluvchi kurslari. Valyuta kurslari kotirovka uslublariga qarab belgilanadi. Kotirovka to‘g‘ri va teskari bo‘lishi mumkin. Agarda mamlakatda bir birlik xorijiy valyuta milliy valyutada ifodalansa, bunday kotirovka to‘g‘ri kotirovka bo‘ladi. Masalan, 1AQSH dollari 1140 O‘zbekiston so‘mi, Yaponiyada 1 AQSH dollari 100 Yapon iyenasi yoki Shveytsariyada 1 AQSH dollari 1,2930 shveytsariya franki. Agarda mamlakatda bir birlik milliy valyuta xorijiy valyutada ifodalansa, bu kotirovka teskari kotirovka bo‘ladi. Masalan, Buyuk Britaniya 1 funt sterling – 2,0005 shved kronasi, AQSH da 1 dollar – 0,65 funt sterling yoki 1 dollar – 1,7550 shved kronasi. Har qanday valyuta operatsiyalarida sotuvchi va sotib oluvchi kurslari aniqlanadi. Kotirovka uslubiga qarab ular har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, to‘g‘ri kotirovkada banklar xorijiy valyutani past kursda sotib oladilar va yuqori kursda sotadilar. Teskari kotirovkada esa, aksincha, banklar xorijiy valyutani yuqori kursda sotib oladilar va past kursda sotadilar. Masalan, Niderlandiya bozorida 1USD: 1,6204 yoki 1,6209 NLG bo‘lganda, banklar AQSH dollarini 1,6204 NLG dan sotib oladi va 1,6209 NLGdan sotadi. 37 Yoki, Shveytsariya bozorida 1USD: 1,1760 yoki 1,1765 CHF bo‘lganda, banklar AQSH dollarini 1,1760 CHFdan sotib oladi va 1,1765 CHFdan sotadi. Teskari kotirovkada, aksincha, banklar qimmat (yuqori) kursda sotib oladi va arzon (past) kursda sotadi. Masalan, Buyuk Britaniya bozorida 1GBP: 1,5300 yoki 1,5305 USD bo‘lganda, banklar 1,5305 USDdan sotib oladi va 1,5300 USDdan sotadi. Yoki, Amerika Qo‘shma Shtatlari bozorida 1USD: 1,1760 yoki 1,1765 CHF bo‘lganda, banklar 1,1765 CHFdan sotib oladi va 1,1760 CHFdan sotadi.



Download 55,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish