II. 2. KICHIK YOSHDAGI BOLALAR NUTQINING TOVUSH MADANIYATINI TARBIYALASH
Bolalardagi ko‘plab nutqiy muloqot va ко ‘nikmalar mashg‘ulotlardan tashqarida shakllanadi.
Maktabgacha ta’limda bolalarning:
- kattalar
- pedagoglar
- tibbiyot hamshiralari
- tarbiyachi yordamchisi va boshqalar bilan muloqoti har xil faoliyat turlarida ro‘y beradi.
Mehnat jarayonida:
- xo‘jalik-maishiy
- qo‘l va qishloq xo‘jaligi mehnatida bolalarning lug‘ati boyiydi, aniqlashadi va faollashadi.
O‘yin faoliyati mobaynida pedagog ularda mustaqil nutqiy faoliyatni shakllantiradi. Bolalarda lug‘at, mashg‘ulotlarda olingan bilim mustahkamlanadi va faollashadi. O‘yinlarda pedagogning ishtirok etishi lug‘atning boyishiga, nutqiy muloqot madaniyatini tarbiyalashga yordam beradi.
Qurilishga oid o‘yinlami tashkil etish jarayonida tarbiyachi bolalar uchun qiyin bo‘lgan so‘zlaming:
Sifatni
Miqdomi
Hajmni
Narsalaming fazoda joylashuvini belgilash va boshqalarni katta guruhini aniqlashtiradi, faollashtiradi.
Matnli, harakatchan musiqiy o‘yinlar, sahnalashtjrish o‘yinlari bola nutqining ifodaliligini shakllantirish:
- to‘g‘ri sur’at
- nafas olish
-yaxshi diksiyani mashq qilishda yordam beradi. Ko‘pgina o‘yinlar jarayonida bolalar:
- badiiy matnlar bilan tanishadilar
- esda saqlab qoladilar
- ularni mustaqil ravishda qo‘llay boshlaydilar.
Didaktik o‘yinlar yordamida bolalarda atrof olam haqidagi:
- bilimlar mustahkamlanadi
-lug‘at mustahkamlanadi
- aniqlashtiriladi va faollashtiriladi. Didaktik o‘yinlar nutqiy mahorat va ko‘nikmalami mashq qilishda:
- ibora tuzish
- so‘zni o‘zgartirish
- hikoya to‘qish kabilar qo‘llaniladi.
Maishiy faoliyat bolaning kattalar bilan muloqoti uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi. Maishiy faoliyat nutqni rivojlantirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi uchun pedagog uni boshqarishi lozim.
To‘g‘ri tashkil etilgan maishiy faoliyat jarayonida (ovqatlanish, kiyinish, gimnastika, sayohat va h.k.), ya’ni agarda pedagog, ayniqsa, kichik guruhlar pedagogi maishiy buyumlar nomlarini, ularning qismlari, sifati, xususiyati, qo‘llanish maqsadini batafsil tushuntirsa, ular bilan tegishli harakatlami amalga oshirsa va buni sharhlab bersa, bolalarga savol bersa, ularga maishiy lug‘atdan foydalanishni o‘rgatsa bolalaming lug‘ati boyiydi. Agarda pedagog o‘z nutqida:
- tahbeh
- qiyoslash
- sinonimlar
- xalq og‘zaki ijodi (maqollar, matallar, sanoq she’rlar)dan keng va mohirona foydalansa, uning nutqi bosiq va ifodali bo‘ladi.
Bolalar badiiy adabiyoti bolalami har tomonlama rivojlantirishning qudratli vositasi bo‘lib xizmat qiladi, u bolalar nutqini rivojlantirish va boyitishga ulkan ta’sir ko‘rsatadi.
Bolalar kitoblari she’riy obrazlarda bolaga jamiyat va tabiat hayotini, insoniy his-tuyg‘ular va munosabatlar dunyosini ochib beradi hamda tushuntiradi. Badiiy so‘z bola nutqini boyitadi, uni obrazli, ifodali qiladi, jaranglayotgan ona nutqning go‘zalligini tushunishga yordam beradi.
Maktabgacha ta’limda nutqni rivojlantirishning muhim vositasi sifatida badiiy so‘zdan tashqari tasviriy san’at, bayramlar va tomoshalardan foydalaniladi. Ularning qimmati shundaki, u ijobiy hissiyotlami hosil qiladi, bu esa o‘z navbatida tilni o‘zlashtirish darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Quvonch hissi, hayajonlanganlik, ko‘tarinkilik holati, g‘ayrioddiy narsani kutish:
- bolalaming qabul qilish qobiliyatini oshiradi
- materialni eslab qolishni kuchaytiradi
- bolalar nutqining ifodaliligiga ta’sir ko‘rsatadi. Suratlar, amaliy san’at buyumlarini tomosha qilishda bolalar ko‘p savol beradilar, olgan taassurotlarini atrofdagilarga aytishga oshiqadilar.
Bolalar kun bo‘yi:
- mashg‘ulotlarda
- o‘yinlarda
- xo‘jalik-maishiy va mehnat faoliyatida o‘z pedagoglari bilan muloqotda bo‘ladilar.
O‘z-o‘zidan maktabgacha ta’limda nutqiy muhitni rivojlantirish imkoniyatlari butunlay pedagog nutqining sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Maktabgacha davrdagi kichik yoshli bolalami nutqiy tarbiyalash uchta o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq sohani tashkil etadi.
Bular:
- atrofhi o‘rab turgan olamdagi hodisalami (real voqelikni) angllflh va so‘z bilan belgilash;
- atrofdagilar bilan aloqalami va nutqiy munosabatlami yo‘lga qo'yish;
- til va uning ovoz tarkibini, lug‘atni, grammatik qurilishini oddiy anglash.
XULOSA
Ma’lumki, maktabgacha ta’limda bolalar nutqini o‘stirish, o‘z fikrini mazmunli, tushunarli bayon etishga o‘rgatish, nutqda so‘zni to‘g‘ri qo‘llash, nutq odobini egallashni tarbiyalash kabi serqirra vazifani bajaradi. Ya’ni go‘zal axloq, insonparvarlik kabi xislatlar ona tili orqali bolalarga singadi.
Ona tili bu – millatning ruhidir. “O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar.” – deb ta’kidlaganlar.
Yuqoridagi fikr shuni ifodalaydiki, ona- tili Respublikamizdagi uzliksiz ta’lim tizimining asosiy o‘quv predmeti hisoblaniladi.
Maktabgacha ta’limda ona- tilini o‘rgatish bolalar nutqini o‘stirish, tovush, so‘z, gapni farqlash, ularni aniq va to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rganishi bilan amalga oshiriladi, u quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Bolalar so‘z boyligini oshirish, lug‘atini boyitish.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalar bog‘lanishli nutqini o‘stirish, nutqning aloqa vositasi ekanligini amaliy o‘rganish, diologik va monologik nutqni shakllantirish.
3. Nutqning grammatik jixatdan to‘g‘ri rivojlantirish, bolalar nutqidagi xatolarni bartaraf etish.
4. Nutqning tovush tomonini tarbiyalash, nutq tovushlari, so‘z, gapni to‘g‘ri aytishga o‘rgatish.
5. Maktabgacha ta’limda badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish, ularda badiiy nutqni o‘stirish, ifodali, obrazli nutqni shakllantirish.
6. Maktabgacha ta’limda tevarak - atrof bilan tanishtirish, ularda tevarak – atrof, ona Vatanga muhabbatni, vatanparvarlikni tarbiyalash, milliy mafkura qirralarini yoshiga mos xolda singdirish.
Ushbu vazifalar maktabgacha ta’limda bolalar nutqini o‘stirish, aniq, ravon so‘zlashga o‘rgatish, ravon, to‘g‘ri, mazmunli so‘zlashishini tarbiyalaydi. Chunki, nutq fikr, his- tuyg‘uning ifodasi bo‘lib, til birliklaridan tashkil topadi, nutq jarayonida, nutqiy munosabatda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham qadimdan inson so‘zi, nutqiga bo‘lgan me’yoriy talablar yuqori bo‘lgan. “Qobusnoma” asarida: “Hamma xunardin so‘z hunari yaxshidir” deb nutqning mohiyatiga ta’rif berganlar.
Ey farzand, bilgilki hamma hunardin o‘z hunari yaxshi.
Abduraxmon Jomiy:
Kimki so‘zni qadrlasa har qachon.
O‘z— o‘zini qadrlagay begumon, deyishi bilan so‘z, nutqni egallash, nutq madaniyatining asosiy mezoni deb hisoblangan.
Mukammal shakllangan nutq so‘zlovchi va tinglovchining nutqiy barkamolligini, tafakkurini, fikrni ifodalash madaniyatini ifoda etgan.
Demak, insonning ma’naviy kamolotida til, nutq, so‘z, fikr muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham har bir fanda bo‘lgani kabi nutq o‘stirish metodikasi jamiyat taraqqiyotida til, nutq, so‘zning ahamiyati, undan foydalanish metodlarini ishlab boradi, nutqning komil inson tarbiyasidagi o‘rnini, ahamiyatini ifodalaydi. Chunki, nutq insongagina berilgan faoliyatdir. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” gi qonunida o‘zbek tilini jamiyatdagi ahamiyati, o‘rni, inson hayotidagi vazifalarini ifoda etgan.
Maktabgacha ta’limda bolalar nutqini o‘stirish asosiy vazifa hisoblanadi. Chunki nutq – fikr, his - tuyog‘u ifodasi bo‘lib, til o‘z vazifasini nutq jarayonida bajaradi. Bu esa tilni o‘rgatish, bolala nutqini o‘stirish orqali ona—tilidi fikrlash, so‘zlash, o‘z fikrini erkin bayon etish imkoniyatini beradi. Ushbu imkoniyat esa O‘zbekiston Konstitutsiyasida 29 – modda bilan belgilangan: “Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligiga egadir” degan modda bilan kafolatlangan.
Demak maktabgacha ta’limda nutq o‘stirish bolalarga ona tilining o‘ziga xos joziba va go‘zallilarini bolalar qalbiga singdirish, ularni ona tilidi mustaqil, erkin fikrlashini rivojlantirish vazifasini bajaradi, bolalarni maktab t’limiga tayyorlaydi.
Natijada bolalar maktabgacha yoshdan boshlab ona tilini o‘rganish orqali Prezidentimiz so‘zlari bilan aytganda mustaqil fikrlaydigan, o‘z aqli, tafakkuri, o‘z mehnati, o‘z mas’uliyati bilan ongli tarzda ozod va xur fikrli inson bo‘lib yashaydigan kishilar bo‘lib etishadi. Ona – tilini hurmat qilishni o‘rganib boradi, bolalar o‘zligini anglab boradilar.
“Ilk qadam” tayanch dasturiga ko‘ra nutq o‘stirish maktabgacha ta’limda bolalarning nutqiy rivojlanish, tafakkurini rivojlantirish talablari asosida olib boriladi, ularni maktab ta’limiga tayorlaniladi.
Maktabgacha ta’limda nutq o‘strish bolalar ta’lim—tarbiyasiga, nutqiy rivojlanishiga qo‘yilgan talablarga ko‘ra turli metod va usullardan foydalaniladi. Shuning uchun, bolalar nutqini o‘stirishda suhbat, o‘qib berish, hikoya qilib berish, so‘z metodlari bilan birga turli xil didaktik o‘yinlar orqalinutq o‘stirish ham muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |