Nafas organlari - organizm bilan tashqi muhit (suv yoki havo) oʻrtasida gaz almashinuvi uchun ixtisoslashgan organlar. Hayvonlarda tana qoplagʻichi yoki ichagi devorining botib kirishi yoki boʻrtib chiqishi tufayli vujudga kelgan. Koʻpchilik umurtqasiz hayvonlar (gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, chuvalchanglar, tuban qisqichbaqasimonlar, ignaterililar)da Nafas organlari boʻlmaydi. Umurtqalilar orasida teri orqali nafas olish kam harakatlanadigan va mayda hayvonlar — ayrim baliqlar, suvda va quruklikda yashovchilar uchun xos. Nafas organlari dastlab chuvalchanglarda jabralar shaklida paydo boʻlgan. Kislorod tanqis boʻlgan, oqmaydigan loyqa suvlarda yashaydigan ayrim baliklarda atmosfera havosi bilan nafas oladigan organlar — oʻpkalar, labirint apparat rivojlangan. Orqa ichakning ayrim qismlari orqali sodir boʻladigan gaz almashinuvi ichak orqali nafas olish deyiladi (ayrim laqqasimon va boshqa baliklar).
Quruklikda yashaydigan hayvonlarning asosiy Nafas organlari traxeyalar yoki oʻpkalar hisoblanadi. Ontogenezda Nafas organlari oʻzgarishi mumkin. Mas, koʻpchilik baliklar embrionlari dastlab tana yuzasi orqali nafas oladi; keyinroq ularda sariqlik xaltasida sariklik nafas olish sistemasi yoki suzgichlar (anal, orqa, dum) nafas olish sistemasi paydo boʻladi. Keyinchalik lichinkalarda tashqi jabralar, soʻngra jabra apparata rivojlanadi. Amniotlar embrionida nafas olish vazifasini dastlab sariklik xaltasi, keyinroq allan-tois bajaradi.
Odamda Nafas organlari havo oʻtkazuvchi yoʻllar (burun boʻshligʻi, hiqildoq, kekirdak va bronxlar) hamda oʻpkadan iborat.[1]
Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, karbonat angidrid gazini chiqarib turishi nafas olish deb ataladi. Nafas olish har bir tirik organizmning hayoti uchun eng zarur fiziologik jarayon hisoblanadi.
Nafas olish jarayoni quyidagi qismlardan iborat: 1. O'pka alveolalari va tashqi muhit o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (tashqi nafas olish). 2. O'pka alveolalari va o'pkaning kapillyar qon tomirlari o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi. 3. Qon va to'qimalar o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (ichki nafas olish).Nafas olish orqali tashqi muhitdan qabul qilingan kisJorod ishtirokida hujayra va to'qimalarda oqsil, yog' va uglevodlar oksidlanib, energiya hosil qiladi. Hujayra va to'qimalardagi barcha hayotiy jarayonlar (qo'zg'alish, harakatlanish, ko'payish) ana shu energiya
hisobiga amalga oshadi. Bu hayotiy jarayonlar nati¬jasida hosil bo'lgan karbonat angidrid gazi hujayra va to'qimalardan qonga o'tib, o'pkalar orqali tashqi muhitga chiqariladi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |