Fe + S = FeS
56 gr 32 gr 88 gr
(6,02 1023 dona (6,02 1023 dona (6,02 1023 dona
temir atomlarining oltingugurt atom- temir va 6,02 1023
massa yig’indisi) larining massa dona oltingugurt atomlarining
yig'indisi) massa yig’indisi)
Мashhur ingiliz kimyogari Robert Boyl og’zo ochiq retortada (rasmda) turli metallarni qizdirib, metall solingan retortani tajribadan oldin ham, qizdirib sovitilgandan keyin ham tarozida tortib ko’rdi va tajribadan keyin retortaning massasi ko’payib qolganini aniqladi.
Bu hodisaning mohiyatini tushuntirib berish imkoniyatiga ega bo’lmagan olim (chunki o’sha davrda havoning tarkibi o’rganilmagan edi) “kimyoviy reaksiyalar natijasida moddalarning massasi o’zgaradi”, degan noto’g’ri xulosaga kelgan edi.
Оradan bir qancha vaqt o’tgach, bu tajribani rus olimi M.V.Lomonosov takrorladi. R.Boyldan farqli ravishda, M.V.Lomonosov metallni og’zi kavsharlangan retortada qizdirdi. Retorta sovigandan keyin tortib ko’rilganda uning massasi qizdirishdan oldingi massasiga teng ekanligi aniqlandi. So’ngra retortaning uchini sindirib tajribani takrorlaganda tajribadan keyin uning massasi ortganligini kuzatdi. M.V.Lomonosov “Tabiatda sodor bo’ladigan har qanday o’zgarishning mohiyati shundaki, bir jismdan qancha miqdor kamaysa, ikkinchi jismga shuncha miqdor qo’shiladi. Demak, materiya biror joyda kamaysa, ikkinchi joyda ortadi” degan muhim xulosaga keldi. Shunday qilib, M.V.Lomonosov 1748-yilda modda massasining saqlanish qonunini kashf etdi.
Kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo’lgan moddalarning massasiga hamma vaqt teng bo’ladi.
О
Modda tarkibining doimiylik qonuni
Har qanday sof modda qayerda va qanday usul bilan olinishidan qat’iy nazar bir xil o’zgarmas tarkibga ega boladi.
Bu qonun fransuz olimi Jozef Lui Prust tomonidan kashf etilgan va modda tarkibining doimiylik qonuni deb yuritiladi. Bu qonun kimyoning asosiy qonunlaridan biri hisoblanadi.
Misol: 4 g oltingugurt bilan 7 g temirni aralashtirsak temir sulfid hosil bo’ladi. Nima uchun xuddi shu miqdorda olinishi kerak? Agar ko’proq miqdorda olinsa nima bo’ladi? 4 g oltingugurtga 7 g emas, 10 g temir oldik deb faraz qilaylik. Reaksiya sodir bo’laveradi. Tamir sulfid hosil bo’lishiga, avvalgidek, oltingugurtning hammasi qoldiqsiz sarflanaveradi, temirdan esa avvalgidek faqat 7 g ketadi, 3 g temir sarf bo’lmay ortib qoladi. Bunda sof temir sulfid o’rniga 11 g temir sulfid bilan reaksiyaga kirishmay qolgan 3 g erkin temirdan iborat aralashma olinadi. Agar shu aralashmani hovonchada maydalab tuysak, hosil bo’lgan kukundan reaksiyaga kirishmay qolgan temirni magnit yordamoda ajratib olish mumkin.
Demak, 7 g temirda qancha temir atomi bo’lsa, 4 g oltingugurtda ham shuncha oltingugurt atomi bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |