Jamoa yon daftari (g’oyalar banki) usuli har bir ekspert tomonidan bildirilgan fikrni jamoa muhokamasiga qo’yishni anglatadi.
Nazorat savollari usulida avvaldan tayyorlab qo’yilgan savollar orqali oldinda turgan vazifalarni ijodiy hal etishni faollashtirishga qaratilgan.
Morfologik tahlilpersonalni boshqarish ayrim funktsiyalarini amalga oshirish uchun hamma takliflardan eng maqbulini tanlab olishga qaratilgan.
Personal bilan suhbatlashish (interv’yu olish) ish jarayonini tahlil etish uchun zarur axborot olishga qaratilgan.
So’roqnoma — eng kam xaraj-at talab etadigan usul bo’lib, personalning fikr-mulohozalarini so’roqnomalar orqali o’rganishni ko’zda tutadi.
Faol kuzatuv— ish vaqtini xronometraj qilish maqsadiga qaratilgan.
3.2. Personalni boshqarish xizmati vazifa va funktsiyalari
Personalni boshqarish xizmatlari korxonada personal bilan ish olib boruvchi asosiy bo’g’indir. Ishlab chiqarishda inson omilining ortishi, hozirgi bozor sharoitida raqobatning kuchayishi, moliyaviy muvaffaqiyatga erishish zarurati personalni boshqarish xizmat-larining roli va ahamiyatini kuchaytirib yuboradi.
kadrlar bo’limi:
personalni yollash va tanlash, shu jumladan, ularni test sinovidan o’tkazish;
yangi xodimlarni xizmat vazifasiga joylashtirish;
xizmatni o’tash va xizmat vazifasida ko’tarilishini rejalash;
faoliyatni baxrlash;
kasbga yo’naltirish;
ishdan bo’shayotganlar bilan suhbat o’tkazish funktsiyalarini bajaradi.
Ish haqi bo’limi:
xizmat vazifalarini tahlil etish;
ishlar tasnifi va ularni tariflash;
haqto’lash va mukofotlash tizimini ishlab chiqish;
Mehnat munosabatlari bo’limi:
jamoa shartnomalarida ishtirok etadi va kelishilgan siyosatni faol o’tkazadi;
mehnat shartnomalarida belgilangan asosda shikoyatlar bilan ishlaydi, barcha bahslarni hal etadi;
firma ma’muriyati va xodimlar o’rtasida shaxsiy va guruhiy aloqalar va munosabatlarni rivojlantirishga ko’maklashadi;
— shaxsiy ishlar va mehnat statistikasini olib boradi.
Kasbiy ta’lim va qayta tayyorlash bo’limi:
ishlab chiqarish ta’limi bilan shug’ullanadi, shu jumladan yangi xodimlarga yo’riq beradi;
firma xodimlari orasidan malakali ishchilarni qayta tayyorlash dasturlari “ustoz—shogird” tizimini yo’lga qo’yadi;
yo’riqchilar (ustalar, texniklar, boshqaruvchilar)ni maxsus kurslarda o’qitadi;
o’quv materiallari tayyorlaydi;
firma xodimlarining shaxsiy dasturlar asosida o’qish xarajatlarini qoplaydi;
kutubxona fondini boyitadi;
korporativ nashrlar (ko’p nusxali gazetalar va jurnallar), ratsionalizatorlik takliflarini to’plash bilan shug’ullanadi;
tashqi o’quv markazlari bilan aloqada bo’ladi;
— o’quv dasturlari hisob-kitobi va statistikasini olib boradi.
Ijtimoiy rivojlanish bo’limi:
jamoa (guruh) bilan ixtiyoriy sug’urta (hayotni, sog’liqni, baxtsiz hodisalardan sug’urta) qilish;
pensiya ta’minoti tizimi, firma xodimlari uchun huquqiy yordam;
ishdan bo’shaganda kompensatsiya to’lash;
ovqatlanishni tashkil etish;
dam olishni tashkil etish: ijtimoiy va sport-sog’lomlashtirish dasturlari (tadbirlari).