INTERNETning ba’zi foydali manzillari ro‘yxati
http://www.w3.org
- internetning rasmiy hujjatlar saqlanadigan serveri, hususan, siz bu
yerda HTML tilining amaldagi andozalarini va uning yangi namuna versiyalari bayonini, internet
ishi masalalari muhokama qilingan konferentsiya (anjuman)larga murojaatlarni, global
kompyuter tarmog‘ining boshqa manbalariga murojaatlarini topasiz.
http://www.tsau.uz
. Bu Toshkent Davlat Agrar Universiteti sayti bo‘lib, undan universitet
haqida to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin.
http://www.machaon.ru/digest/
. Agar siz ingliz tilini yaxshi bilmasangiz, bu sahifada
internetda ishlash haqidagi rus tilida yozilgan hujjatlarga murojaatlarni topasiz.
http://web.canlink.com/helpdesk/window.htmlда
ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning
WWW adreslar ko‘rsatilgan. HTML muharrirlarining ro‘yxati. Bunda erkin tarqatiladigan
dasturlarni ko‘rsatilgan serverlardan yuklab olishingiz mumkin.
http://www2.imagiware.com/RxHTML/htdocs/single.html
- HTML doktori. HTML hujjat
tuzilishi, jadvallar, formatlarning to‘g‘riligi, murojaatlarning haqiqiyligini tekshiradi. Masalan:
rasmga mavjud bo‘lmagan murojaat ishlatiladi yoki ochiluvchi va yopiluvchi teglar soni teng
emas. Bu holda dastur xato qilingan hujjat satrining nomerini ma’lum qiladi.
Http://www.chat.ru
sahifa o‘lchami 3 mb gacha bo‘lishi mumkin. Pochta qutisi havola
qilinadi.
Http://www.real.com/. Bu server Internet orqali “jonli” va video uzatish muammolariga
bagishlangan. Tarmoq orqali radio eshitishni va video ko‘rishni xoxlovchilar uchun juda ko‘p
tavsiyalarni o‘z ichiga olgan.
IP protokoli o‘z vazifasini bajarishi uchun axborotlar almashinuvida ishtirok etuvchi
kompyuterlarga nomerlar yoki adreslar berish kerak .
TSR/IR tarmog‘iga ulangan har bir kompyuter o‘zining IR adresiga ega bo‘lib, u 32
razryadli ikkilik son bilan ifodalanadi. Masalan, 01001011001001001011010010100101.
Bunday ko‘rinishdagi adresni albatta yodda saqlash qiyin. Shu boisdan IP protokolida
adreslarning har biri 8 baytdan iborat bo‘gan 4ta blokka bo‘linib o‘nli sanoq sistemasidagi son
ko‘rinishida yoziladi. Barcha baytlar bir-biridan nuqtalar bilan ajratiladi, masalan, 123.45.67.89,
195.158.8.173, 192.168.0.1,196.201.90.0 204.1.1.23 va h.k. Dastlabki ikkita blok tarmoq
identifikatorini, keyingi ikki blok esa tugun identifikatorini anglatadi. Masalan, ushbu
195.158.8.173 adresda 195.158 tarmoq identifikatorini, 8.173 esa tugun identifikatorini bildiradi.
Tarmoq identifikatori
Tugun identifikatori
Network ID: 195.158
Host ID: 8.173
IP adresdagi dastlabki blok adres sinfini anglatadi. Adres sinflari esa uchta bo‘ladi: A, V va
C.
Adres
sinfi
Birinchi
blok qiymati
Mumkin bo‘gan
tarmoqlarSoni
Mumkin bo‘lgan tugunlar
soni
A sinf
V sinf
S sinf
1-126
128-191
192-223
126
16384
2 097 152
16 777 214
65 534
254
Odatda kichik korxonalarga S sinfdagi adreslar beriladi. Korxona lokal tarmog‘iga 254
donagacha kompyuterlarni o‘zaro bog‘lash mumkin.
Internetdagi asosiy protokollar va ularning qo‘llanilishi
Internet orqali taqdim etiladigan barcha xizmatlar standart protokollar orqali amalga
oshiriladi va foydalaniladigan kompyuterlarga bog‘liq emas, albatta. Protokollar texnologiyalar
orasidagi mantiqiy ko‘prik bo‘lib kommunikatsiyaning ko‘plab elementlarini boshqaradi.
Internet protokollari haqidagi axborotni RFC (Request For Comment)da topish mumkin. RFC bu
fayl ko‘rinishida taqdim etilgan Internet hujjatidir.
Odatda internet tizimidagi barcha prokollar "mijoz-server" sxemasi bo‘yicha ishlaydi.
Server - bu ma’lum bir tarmoqda bir guruh kompyuterlar yoki dasturlarga markazlashgan holda
xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan kompyuter va uning dasturiy ta’minotidir. Agar server
foydalanuvchilar kompyuterlariga kirishlarni, ularga kerakli fayllarni olish va uzatish imkonini
bersa, unda u fayl-server vazifasini bajaradi. Bitta server-kompyuterda bir vaqtning o‘zida bir
necha xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati bo‘lishi mumkin, masalan, WWW, FTP, E-mail va
Proxy serverlar. Mijoz - bu server resurslaridan foydalanuvchi kompyuter yoki dasturdir.
Serverga uning dasturiy imkoniyatlaridan kelib chiqib bir vaqtning o‘zida bir nechta mijoz
bog‘lanib, undan ma’lumot almashinish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Internet tizimida
asosan quyidagi protokollar keng qo‘llaniladi:
Telnet – masofada joylashgan kompyuter bilan ulanib, o‘zaro axborot almashinish
protokoli:
FTP – fayllarni uzatish va qabul qilish xizmati:
HTTP (Hypertext Transfer Protocol) –gipermatnlarni uzatish protokoli;
Gopher – matnli ma’lumotlarni qidirish va ko‘rish protokoli:
WAIS –(Wide –Area Information Servers) – ma’lumotlar omboridan axborotlarni qidirish
protokoli.
World Wide Web (WWW)- Gipermatn (matn, tovush, tasvir, video, animatsiya)
ko‘rinishdagi hujjatlarni izlash, ko‘rsatish protokoli.
Shu protokollar bilan yaqindan tanishib chiqaylik.
Telnet protokoli
Telnet bu terminalning emulyatsiya protokolidir. U orqali Internetga olisdan turib kirish
mumkin. Terminal emulyatsiyasi bu boshqa kompyuterga bog‘lanishni ta’minlovchi ish rejimi
bo‘lib, foydalaunvchilar boshqa kompyuter bilan uning terminali sifatida muloqotda bo‘ladi.
Ko‘p hollarda DEC firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va UNIX operatsion tizimi uchun
mo‘ljallangan vt100 terminal emulyatsiyasidan foydalaniladi.
UNIX operatsion tizimida fayllarni boshqarish DOSdagi kabi kataloglar asosida amalga
oshiriladi.
Telnet dasturini foydalanuvchi Windows yoki Dos muhitidan ishga tushirishi mumkin.
Agar u Windowsda bo‘lsa, «Pusk» menyusi orqali komandalar satrida telnet komandani kiritishi
lozim; DOSda esa mazkur dastur yozilgan papkadan telnet.exe faylini ishga tushirishi kerak.
Telnet dasturiga kirgach foydalanuvchi bog‘lanmoqchi bo‘lgan xohlagan mashina nomini yoki
IP adresini ko‘rsatish lozim. Masalan, telnet well.cf.ca.us komandaga ko‘ra well.cf.ca.us
tugundagi server bilan bog‘lanish amalga oshadi. Olisdagi kompyuter foydalanuvchining
ro‘yxatga olingan nomini (Login) va parolini (Password) so‘raydi. Chunki telnet aloqani
o‘rnatish uchun foydalanuvchi ushbu olislashgan kompyuterda ro‘yxatga olingan bo‘lishi kerak.
Agar telnet komanda qatorida turib Telnet ning barcha komandalari haqida ma’lumot olish kerak
bo‘lsa, klaviatura orqali so‘roq (?) belgisini kiritishi lozim.
Telnet dasturiga ega bo‘lgan kompyuter lokal, aloqa o‘rnatatiladigan kompyuter esa
olislashgan (masofadagi) kompyuter deb hisoblanadi.
FTP protokoli
FTP protokoli internet tizimi orqali fayllarni jo‘natish va qabul qilish uchun maxsus
yaratilgan. Fayllar matn, tasvir, tovush, video va animatsiya yoki bajariladigan dasturlardan
iborat bo‘lishi mumkin. FTP uchun kerakli fayllar arxivlar deb ataluvchi fayllarni o‘z ichiga
olgan maxsus serverlarda bo‘ladi. Server arxividagi fayllar mavzulari bo‘yicha kategoriyalarga
ajratilgan bo‘ladi. FTP serverlarida foydalanuvchilar o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan dasturlarni
ham topishlari mumkin. Bugungi kunda mijozlarning yaratgan WEB sahifalari asosan FTP
protokoli orqali uzatilib yangilanib boriladi. FTP protokollar foydalanuvchiga oddiy matnli yoki
grafik interfeysli ko‘rinishida xizmat ko‘rsata oladi. Matn ko‘rinishli FTP protokoli asosidagi
ish seansi quyida keltirilgan:
Matnli FTP protokolidan foydalanish uchun maxsus komandalarni bilish lozim, bu esa
mijozlardan ba’zi bilim va malakalarni talab qiladi.
Quyida FTP protoklida foydalaniladigan buyruqlardan na’munalar keltirilgan:
Buyruq
(komanda)
Tavsif
Ascii
Matnli fayllarni uzatish rejimiga o‘tish
Binary
Ikkilik kodlar ko‘rinishidagi fayllarni uzatish rejimiga o‘tish
Cd
Olisdagi kompyuterda papkaning yo‘lini almashtirish
Dir
Olisdagi kompyuterda joylashgan fayllar ro‘yxatini ko‘rish
Get
Olisdagi kompyuterdan mijoz kompyuteriga faylning nusxasini ko‘chirib
yozish
Help
FTP buyruqlari xaqida ma’lumot (yordam) olish
Mget
Olisdagi kompyuterdan mijoz kompyuteriga bir necha fayllar nusxasini
ko‘chirish.
Mijozlar foydalanishi qulay bo‘lishi uchun keyinrok grafik interfeysli protokollar ham
yaratilgan. Ulardan bugungi kunda ko‘plab mijozlar keng miqyosda foydalanishmoqda. Grafik
interfeysli protokolning ish seansi quyidagi rasmda keltirilgan:
HTTP protokoli
(Hypertext Transfer Protocol) –gipermatnlarni uzatish protokoli. U internet orqali WEB
sahifalarni uzatish uchun ishlab chiqilgan. HTTP protokoli WWW ning asosi bo‘lib hisoblanadi.
Brauzerlar interfeysi orqali mijozlar HTTP ning buyruqlarini berishadi. Berilgan buyruqqa
binoan brouzer WEB serveridan so‘ralgan resurslarni (sahifalarni) oladi. HTTP protokoliga
asoslangan internet resurslarining adreslari quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
http://www.uzpak.uz
Gopher protokoli
Gopher – matnli ma’lumotlarni qidirish va ko‘rish protokoli. U 1991 yilda ishlab chiqilgan.
WWW protokolidan avval iyerarxik fayl strukturasidan axborotlarni olish uchun Gopher
protokolidan foydalanilgan. Bu protokol yordamida mijozlar bir sahifadan ikkinchisiga menyular
yordamida o‘tishgan. Gopher mijoz dasturi tekstli interfeysga ega bo‘lgan. Quyida Gopher
xizmatidagi axborot resursining adresi keltirilgan:
Gopher:// Gopher.tc.umn.edu
WAIS protokoli
WAIS – (Wide–Area Information Servers) – ma’lumotlar omboridan axborotlarni qidirish
protokoli. Bu protokol ma’lumotlar omboridan kerakli axborotlarni qidirish uchun yaratilgan.
WAIS axborot tizimi taqsimlangan ma’lumotlar omboridan tashkil topib, ular alohida serverlarda
joylashgan bo‘ladi. Ma’lumotlar haqidagi axborotlar shu serverlardagi kataloglarda yozib
qo‘yilgan bo‘ladi. Axborot resurslarini ko‘rish WAIS – mijoz dasturi yordamida amalga
oshiriladi. Kerakli ma’lumotni qidirish mijoz tomonidan kiritilgan kalit so‘z orqali amalga
oshiriladi. Kalit so‘z yordamida kerakli ma’lumotlar joylashgan ma’lumotlar ombori qidiriladi.
Qidiruv natijalari topilgan ma’lumotlarga murojaatlar ko‘rinishida chiqadi. Internetda WAIS
resurslari adresi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: WAIS://site.edu
WWW protokoli
WWW (World Wide Web) - gipermatn (matn, tovush, tasvir, video, animatsiya)
ko‘rinishdagi hujjatlarni izlash, ko‘rsatish proltokoli. Hozirgi kunda barcha mijozlar WWW
deganda internetni ko‘z oldiga keltirishadi, internet deganda esa WWW ni. Ular aslida bir xil
narsa emas. WWW – axborotlarni tasvirlash va almashinish tizimidir. Aynan shu WWW
yordamida dunyodagi barcha mijozlar global kompyuter tarmog‘i orqali barcha axborotlarni
ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. WWW xizmatini yaratilishida gipermatn texnologiyasini
taklif etilishi katta turtki bo‘lgan.
1965 yilda Teodor Nelson tomonidan taklif etilgan gipermatn texnologiyasi gipermatn
inqilobiga olib keldi. Van Dam boshchiligidagi bir guruh olimlar 1967 yilda matnlar uchun
gipermatn tahrirlovchisini yaratishdi. Nelson esa 1987 yil ma’lumotlarning matn, tasvir, tovush,
animatsiya, video axborot ko‘rinishida qayta ishlay oladigan va ularni mos qurilmalarda aks
ettira olishga imkon yaratib beradigan gipermatn mualliflik sistemasini yaratdi. Jenevaning
CERN ilmiy tekshirish institutida ishlovchi fizik olim Tim Bernes Li 1989 yil gipermatnga
asoslangan loyihani ishlab chiqib institut rahbariyatiga taqdim etdi. Bu loyiha barcha fizik
olimlarga Internet tarmog‘i orqali tadqiqot natijalarini o‘zaro almashish imkonini beradi.
Shunday qilib, Xalqaro axborot tarmog‘i World Wide Webga poydevor qo‘yildi. 1993 yil Mark
Andersen rahbarligida gipermatnlarni aks ettirish va qayta ishlashga mo‘ljallangan birinchi
Mosaic grafik Brauzeri ishlab chiqildi va u keyinchalik Netscape korporatsiyasiga o‘tib,
Netscape brauzerini yaratilishiga asos bo‘ldi. 90-yillar o‘rtalarida Internet Informatika fanidan
boshqa sohalarda ham qo‘llanila boshlandi. Web texnologiyasining yaratilishi dunyoda shaxsiy
kompyuterlarning egalari va kompaniyalar orasida interenetdan keng miqyosda foydalanilish
imkonini berdi. Dunyoda internetdan foydalanuvchilar sonining keskin ortib borishi quyidagi
muammolarni vujudga keltirdi: tarmoq kanallarining zo‘riqishi, axborotlarga birovlarning
tajovuzi va ularning o‘g‘irlanishi, axborotlarning xavfsizlik muammolari va boshqalar. 1981-
2000 yillar orasida internetdan foydalanuvchilar soni haqidagi statistik ma’lumotlari
quyidagicha:
1981 y Internet da 213 ta foydalanuvchi;
1983 y Internet da 562 ta foydalanuvchi;
1986 y 5089 ta foydalanuvchi;
1992 y 727000 foydalanuvchi;
1995 y 20-40 million foydalanuvchi;
2000 y 332 million foydalanuvchi;
2002 y 490 million foydalanuvchi.
Computer Industry Almanac Inc. kompaniyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 2005 yilda
dunyoda internetdan foydalanuvchilar soni 945 mln.tagacha, 2007 yilda esa 1 mlrd. 460 mln.
taga yetadi.
Internet – bu xalqaro global axborot tizimi bo‘lib, global adreslar fazosi bilan bog‘langan
va ular orasida ma’lum protokollar asosida axborot almashinib turish imkoniyatiga ega bo‘lgan
kommunikatsiya vositasi ekan. U butun dunyo kompyuterlarini o‘rgimchak uyi singari yagona
axborot aloqa tizimiga bog‘laydi va yer yuzidagi millionlab kompyuterlarni yagona axborot
manbaiga bog‘lanish imkoniyatini yaratib beradi. Axborot resursiga ega bo‘lgan manbalar
internet tizimi orqali bog‘lanishlari uchun ularning adreslari bo‘lishi lozim. Internet orqali
yaratib berilgan xizmatlar orasida World Wide Web (Jahon tartanak uyi) deb ataluvchi va o‘zida
Web-serverlar va Web saytlarni biriktiruvchi global tarmoq tizimi katta ahamiyat kasb etadi.
Web sahifalaridagi axborotlar gipermatn ko‘rinishida tashkil etilgan bo‘ladi. Gipermatn
ko‘rinishdagi ma’lumotlarda alohida rang bilan ajratilgan so‘zlarni sharhlovchi yoki unga
taaluqli bo‘lgan grafik yoki video ma’lumotli fayllar bilan bog‘lash mumkin. Odatda bunday
jarayonlarni amalga oshirish uchun gipermatn muharrir (HTML –Hyper Text Mark up
Language) laridan foydalaniladi.
Internet tizimi har bir professor o‘qituvchi, doktorant, aspirant, talaba va o‘quvchilar uchun
jahonning istalgan burchagidan o‘zlarini qiziqtirgan sohalari bo‘yicha ma’lumotlarni, kerakli
adabiyot va ilmiy maqolalarni qidirib topish va undan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bu
tizimning CHAT (ICQ) deb ataluvchi xizmati jahonning istalgan nuqtasidagi ham kasblar va
tanish bilishlar bilan bir vaqtning o‘zida interaktiv muloqot olib borish imkonini beradi. Bunday
jarayon mohiyatiga ko‘ra telefon aloqa tizimi orqali gaplashish jarayonidek bo‘lib, hamkasblar
o‘zaro axborotni, kompyuter klaviaturasi orqali matnlarni terib amalga oshiradi. Internetning
yana bir imkoniyatlaridan biri bu telekonferensiyalardir. Telekonferensiyalarning mavzulari va
uni muhokama etadigan masalalar oldindan e’lon qilinib, telekonferensiyaning chop etilgan
maqolalari dunyodagi barcha mutaxassislar tomonidan muhokama qilinadi. Odatda bunday
konferensiyalar eng dolzarb masalalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Dunyoning nufuzli universitetlariga bormasdan o‘z yashash joyida turib o‘qish imkoniyati
faqat internet tizimida qoniqarli amalga oshadi. Bu o‘qish tizimi masofaviy ta’lim deb ataladi.
Albatta, buning uchun talabalar xorijiy tillardan birini mukammal bilishlari lozim.
Internetning imkoniyatlaridan unumli foydalanish uchun quyidagi texnik, dasturiy va
xizmat turlari bo‘lishi kerak:
Pentium-II yoki undan yuqori rusumli multimedia moslamalari bilan jihozlangan
kompyuter;
Internetga ulanish vositasi (Modem, tarmoq kartasi va h.k.);
Korxona yoki o‘quv yurtining barcha tuzilmalarini o‘zaro bog‘lovchi va axborot
almashinish imkonini beruvchi yagona lokal axborot tizimi – Intranet;
Internet xizmatini ko‘rsata oluvchi litsenziyaga ega bo‘lgan provayder tashkilot;
Bir nechta kompyuterlarni yagona kompyuterga ulab beruvchi va u orqali barcha
foydalanuvchilarga internet xizmatini ko‘rsatuvchi markaziy server va Proksi server tizimi;
Internet provayderidan ishlash uchun olingan vaqt (akkaunt);
Ushbu moslamalar va markazlarga ega bo‘lgan tashkilot xodimlari va o‘quv yurti talabalari
jahon axborot tizimidan o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha bemalol va istagancha
ma’lumotlarni olishlari mumkin. Foydalanuvchining ehtiyojiga ko‘ra ma’lumotlarning quyidagi
turlaridan foydalanishi mumkin:
Matnlar;
Rasm, tasvir, diagramma va sxemalar;
Tovushlar;
Video tasvirlar;
Animatsiyalar
Axborotning barcha turlaridan foydalana olish uchun, albatta kompyuterda multimedia
moslamalari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Bular maxsus tovush kartalari, tovush karnayi, mikrofon
va kompakt diskni o‘quvchi qurilmalardir. Ushbu moslama va vositalar ayniqsa Internet tizimida
masofaviy o‘qishni istagan foydalanuvchilar uchun juda ham zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |