6-mavzu: TUPROQDA TUZLARNING O‘RTACHA HAQIQIY
VA UMUMIY MIQDORINI ANIQLASH
Bunda tuproq tarkibidagi tuzlar miqdori aniqlangandan keyin ularning haydalma va bir metrlik qatlamlar uchun o’rtacha miqdori aniqlanadi va qabul qilingan shkala bo’yicha tuzlarning ekin ekishga ruxsat etiladigan miqdori belgilanadi. Qabul qilingan formulaga asosan aniqlanadi va tegishli xulosalar qilinadi. Talabalar guruhlarga bo’lingan holda ushbu topshiqni bajaradi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Muammoli ta’lim, bahs-munozara, baliq skleti, tarmoqlar (klaster), pinbord, aqliy hujum usullari.
Adabiyotlar: A4; A5; A7; Q1; Q2; Q3.
Tuproqda tuzlarning yo’l quyilishi mumkin bo’lgan miqdorini aniqlash
Tuproqda tuzlarning yo’l quyilishi mumkin bo’lgan miqdorini aniqlash mashg’ulot maqsadi hisoblanadi.
Tuproq tarkibida massasiga nisbatan 0,3 foizgacha suvda eruvchan tuzlar (qattiq qoldiq mavjud bo’lsa ham ular o’simliklarga zararli tasir ko’rsatmaydi. Shuning uchun bunday tuproqlar sho’rlanmagan deb hisoblanadi. Tuproq tarkibida tuzlar miqdori 0,3 foizdan oshsa, tuzlar o’simliklarga zararli tasir ko’rsata boshlaydi. Shuning uchun bunday tuproqlar sho’rlangan tuproqlar deb hisoblanadi. Tuproq tarkibidagi tuzlarning miqdoriga qarab tuprqlar quyidagi tasnifga bo’linadi.
jadval
№
|
Qattiq qoldiq miqdori, %
|
Sho’rlanishga ko’ra tuproq nomi
|
1
|
0,0-0,3
|
Sho’rlanmagan
|
2
|
0,3-0,8
|
Kuchsiz sho’rlangan
|
3
|
0,8-1,2
|
O’rtacha sho’rlangan
|
4
|
1,2-2,0
|
Kuchli sho’rlangan
|
5
|
2,0 dan ortiq
|
Sho’rxok tuproq
|
Sho’rxok tuproqlardan farqlanuvchi sho’rtob tuproqlar ham uchraydi. Sho’rtoblar deb, illyuvial qatlamning tarkibida ko’p miqdorda singdirilgan holatdagi almashinuvchi natriy bazan esa, ancha miqdorda singdirilgan magniy saqlovchi tuproqlarga aytiladi. Sho’rxoklardan farqli o’laroq, sho’rtoblarda oson eriydigan tuzlar eng ustki qatlamda emas, balki biroz chuqurroqda mavjud bo’ladi.
jadval
№
|
Singdirilgan sig’imiga nisbatan
natriy miqdori,%
|
Sho’rtoblanish darajasiga ko’ra
tuproq nomi
|
1
|
<5
|
Sho’rtoblanmagan
|
2
|
5-10
|
Kuchsiz sho’rtoblar
|
3
|
10-20
|
O’rtacha sho’rtoblar
|
4
|
20-30
|
Kuchli sho’rtoblar
|
5
|
>30
|
Tipik sho’rtoblar
|
Har bir sug’oriladigan hududlar tuproqlari sho’rlanish darajasi miqdoriy ko’rsatgichlarining o’ziga xos ko’rsatgichlari mavjud. Xloridli tip sho’rlanishga kiradigan Mirzacho’l tuproqlari sharoitida g’o’zani ekishdan oldin tuproqda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan tuzlar miqdori 0,3-0,4% ga yoki xlor bo’yicha 0,01-0,02% bo’lsa, Farg’ona vodiysining sulfatli tuproqlarida bu ko’rsatgichlar tegishli ravishda 0,6-0,8% va 0,3-0,4% ni tashkil etadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati sharoitida tuproq singdiruvchi kompleksida kalsiy kation ko’p uchun tuproqda yo’l qo’yiladigan qattiq qoldiq miqdori nisbatan ko’proq bo’ladi. Chunki kalsiy kationi tuproq singdiruvchi kompleksidan natriy kationini doimo siqib chiqarib turadi.
Tuproqka melorativ baho berish va uning tuz rejimini o’rganish uchun undagi tuzlarni sifat va miqdorini bilish katta ahamiyatga egadir. Buning uchun tuproq na’munalaridan suvli surim tayyorlanib, ximiyaviy analiz qilish yo’li bilan quruq tuproqning og’irligiga nisbatan tuzlarning foiz miqdorlari aniqlanadi.
4-jadval
Tuzlarning o’rtacha haqiqiy miqdorini hisoblash
Tuproq
gorizantlari,
sm
|
Tuz miqdorini tuproq qatlami qatlamiga
ko’ra hisoblash
|
Quruq qoldiq
|
Xlor
|
0-5
|
1,246
|
0,090
|
5-10
|
0,950
|
0,078
|
10-20
|
0,740
|
0,065
|
20-30
|
0,685
|
0,060
|
30-50
|
0,612
|
0,045
|
50-70
|
0,440
|
0,027
|
70-100
|
0,546
|
0,030
|
Jami:
O’rtacha arifmetik miqdori
|
5,219
0,746
|
0,395
0,056
|
Tuproq tarkibidagi tuzlarning xaqiqiy o’rtacha miqdorini topish uchun xar bir gorizont qalinligini tekshirish ravishda shu gorizontlardagi tuz miqdoriga ko’paytirib, olingan ko’paytmalari jamlab, ko’paytiruvchilarning yig’indisiga bizning misolimizda ko’paytiruvchilar yig’indisi bu tuproq qatlami qalinligiga bo’lish kerak:
5>
Do'stlaringiz bilan baham: |