3-jadval
Davlat byudjetidan banklar ustav kapitalini oshirish bo’yicha ajratilgan mablag’lar dinamikasi, mlrd. so’m
Bank nomi
|
E’lon qilingan ustav kapitali
|
Ko’shimcha aktsiyalar emissiyasi va joylashtirilishi
|
Jami
|
shu jumladan
|
2015 yil
|
2016 yil
|
2015 yil
|
2016 yil
|
2017 yil
|
Xalq banki
|
200
|
120
|
20
|
30
|
30
|
20
|
20
|
Asaka banki
|
300
|
147
|
100
|
48
|
-
|
-
|
-
|
O’zsanoatqurilish banki
|
100
|
65
|
63
|
2
|
-
|
-
|
-
|
Mikrokredit bank
|
150
|
72
|
54
|
18
|
-
|
-
|
-
|
Paxta bank
|
100
|
50
|
22
|
28
|
-
|
-
|
-
|
G’alla bank
|
50
|
36
|
13
|
23
|
-
|
-
|
-
|
Jami
|
|
491
|
272
|
149
|
30
|
20
|
20
|
Manba: O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari.
2019 yilning boshiga kelib respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan tijorat banklari soni 30 taga yetib, shundan 3 tasi davlat-tijorat banki, 11 tasi aktsiyadorlik-tijorat banki, 11 tasi xususiy bank va 5 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi banklardir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 martdagi Qarorlariga ko’ra «Paxtabank» negizida «Agrobank», «G’allabank» negizida esa «Qishloqqurilishbanki» aktsiyadorlik-tijorat banklari tashkil etildi. Respublikamizning turli hududlarida faoliyat ko’rsatayotgan tijorat banklari filiallari soni 800 tani tashkil etdi. Tijorat banklari tomonidan tashkil etilgan mini-banklar soni 2018 yilda 107 taga ko’payib 2161 taga yetdi va ular deyarli barcha turdagi bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqdalar.
Banklarning kapitali va mijozlardan jalb qilingan depozitlar hajmining o’sishi respublika iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlarida ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgartirish, modernizatsiya qilish, istiqbolli va yuqori samarali investitsiya loyihalarini amalga oshirish, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni moliyaviy qo’llab-quvvatlashda banklar ishtirokini yanada kengaytirish imkonini bermoqda. Banklar tomonidan uzoq muddatga ajratilgan investitsion kreditlardan olingan daromadlar bo’yicha soliq imtiyozlarining berilganligi banklarning ushbu jarayonlardagi ishtirokini rag’batlantirib kelmoqda. Natijada, tijorat banklari tomonidan ustuvor tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish hamda texnik qayta jihozlash uchun kreditlar ajratilishi yanada faollashdi.
So’nggi yillarda bo’sh pul mablag’larini bank aylanmasiga jalb etish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini kengaytirish vositalaridan biri bo’lgan plastik kartochkalardan foydalanish tizimi jadal rivojlantirilmoqda. Hukumat qarorlariga asosan, plastik kartochkalar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirishda foydalaniladigan plastik kartochkalar tizimiga oid jihozlarni import qilishda bojxona imtiyozlarining berilganligi banklarning bu boradagi faoliyatlarini yanada rag’batlantirdi. 2018 yil davomida tijorat banklari tomonidan qo’shimcha ravishda 787,8 ming dona plastik kartochkalar muomalaga chiqarilib, savdo va xizmat ko’rsatish shoxobchalarida qo’shimcha 9752 dona terminallar o’rnatildi. Muomalaga chiqarilgan bank plastik kartochkalari soni 4,5 mln. taga, savdo va xizmat ko’rsatish shoxobchalarida o’rnatilgan terminallar soni esa 27504 taga yetkazildi.
Nobank kredit tashkilotlarining (kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar) qonunchilik bazasini takomillashtirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar nobank kredit tashkilotlari tarmog’i kengayib, banklar va nobank kredit tashkilotlari o’rtasidagi raqobat muhiti kuchayishiga zamin yaratmoqda. Xususan, bu borada amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, 2019 yil 1 yanvar holatiga ularning soni 138 taga, shu jumladan, kredit uyushmalari soni 78 taga, mikrokredit tashkilotlari 26 taga hamda lombardlar 34 taga yetdi.
Nobank kredit tashkilotlarining asosiy ko’rsatkichlari ham sezilarli darajada o’sib bormoqda. Xususan, kredit uyushmalarining jami aktivlari 2018 yilda 63,8 mlrd. so’mga oshib, 2009 yil 1 yanvar holatiga 112 mlrd. so’mni, ularning kredit portfeli esa 59,5 mlrd. so’mga oshib, 102,4 mlrd. so’mni tashkil qildi.
Banklarda omonatlarning ko’payishiga, ularning bank tizimiga jalb etilishiga qaratilgan ishlar o’tgan yillarda ham amalga oshirilgan edi. Jumladan, 2018 yilda banklar tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlar bilan qo’llab-quvvatlash maqsadida, jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag’larini bank depozitlariga jalb qilish orqali banklarning resurs bazasini kengaytirish borasidagi ishlar yanada faollashtirildi. Jalb qilingan jami depozitlar hajmi 2018 yilda 50,7 foizga oshib, 2019 yilning 1 yanvar holatiga 5771,6 mlrd. so’mni tashkil etdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 20 fevraldagi
PF-3968-sonli Farmoniga asosan, rezident - jismoniy shaxslardan depozit hisobvaraqlarga o’tkazilgan milliy va xorijiy valyutadagi pul mablag’larini qabul qilish bo’yicha imtiyozlarning yaratilganligi jismoniy shaxslarning banklardagi omonatlari hajmining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
2018 yilda davomida tijorat banklari tomonidan aholiga milliy valyutadagi 300 tadan ortiq, xorijiy valyutadagi 100 tadan ortiq jozibador omonat turlari taklif etildi. Natijada, aholining kredit tashkilotlaridagi mablag’lari qoldig’i 2018 yilda 69 foizga oshib, 2019 yilning 1 yanvar holatiga 1 723,8 mlrd. so’mni tashkil etdi.
SHuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi PF-4057-sonli Farmoniga asosan miqdoridan qatiy nazar fuqarolarning tijorat banklari depozit hisobvaraqlardagi omonatlari to’liq kafolatlanganligi aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 2019 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondida 41,5 mlrd. so’m miqdorida mablag’lar shakllantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |