O’zbekiston Respublikasida tijorat banklari faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari
Ko’rsatkich
|
2011
|
2012
|
2013
|
2014
|
2015
|
2016
|
2017
|
2018
|
Tijorat banklari aktivlari, mlrd. so’m
|
3198,0
|
3918,2
|
4419,0
|
6400,0
|
6630,6
|
7208,0
|
9276,2
|
12065,0
|
Tijorat banklari yalpi kapitali hajmi, mlrd. so’m
|
602,0
|
714,7
|
791,0
|
824,0
|
930,9
|
1250,0
|
1502,6
|
2104,0
|
Faoliyat ko’rsatayotgan mini-banklar soni, birlik
|
309
|
530
|
795
|
1122
|
1450
|
1800
|
2038
|
2161
|
Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi, mlrd. so’m
|
206,0
|
256,0
|
294,0
|
353,9
|
419,9
|
547,0
|
743,7
|
1251,0
|
Tijorat banklarida aholi omonatlari qoldig’i, mlrd. so’m
|
91,5
|
170,1
|
245,0
|
323,0
|
449,5
|
975,0
|
994,6
|
1724,0
|
O’rta va uzoq muddatli kreditlarning jami kredit qo’yilmalaridagi ulushi, foiz
|
74,0
|
81,0
|
81,1
|
82,8
|
81,0
|
85,0
|
86,7
|
-
|
Manba: O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari.
Prezidentimiz «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli asarlarida bank ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bo’sh mablag’larini tijorat banklari depozitlariga jalb qilishni rag’batlantirish ishlari ham 2019 yilda ustuvor vazifa bo’lib qolishini ko’rsatib o’tdilar.
«Hech kimga sir emaski, bugun keng ko’lamda tarqalib borayotgan jahon moliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri – bu banklar likvidligi, ya’ni to’lov qobiliyatining zaifligi bilan bog’liq muammoning keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, soda qilib aytganda, pul mablag’larining yetishmasligi bilan izohlanadi».
Mamlakatimizda esa birgina tijorat banklarining aktivlari miqdori, «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida»gi qonunga muvofiq shakllangan zaxiralarni hisobga olgan holda, 13 trillion 360 milliard so’mdan oshadi. Bu aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning jalb qilingan depozitlari hajmidan taxminan 2,4 barobar ko’p demakdir.
Bank aktivlari hajmining sezilarli darajada oshganini hisobga olib, bugungi kunda respublikamizda aholining banklardagi barcha depozitlarini davlat tomonidan yuz foiz kafolatlash ta’minlanmoqda.
2018 yilda bank tizimida amalga oshirilgan islohotlar Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan bir qator farmon va qarorlarda belgilangan quyidagi ustuvor vazifalarning bajarilishiga qaratildi:
- aholi va tadbirkorlik sub’ektlari hamda investorlarning mablag’larini bank aktsiyalari va depozitlarga jalb qilish orqali banklarning kapitallashuv darajasini oshirish hamda resurs bazasini kengaytirish;
- banklarning investitsiya jarayonlarida, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik qayta jihozlashdagi ishtirokini yanada kengaytirish va kichik biznes sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash;
- banklarda samarali nazoratni amalga oshirish, bank infratuzilmalarini kengaytirish, bank xizmatlari sifatini oshirish va mijozlarga yangi qulayliklar yaratish;
- hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, naqd pullarning bank aylanmasiga jalb etilishini yanada kengaytirish;
- banklarni yakka tartibda baholash milliy reytingiga va xalqaro reyting kompaniyalarining reytinglariga ega bo’lishlarini ta’minlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va Qarorlariga asosan strategik ahamiyatga ega bo’lgan banklarning kapitallashuv darajasini yanada oshirish orqali ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda ularning investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi ishtirokini faollashtirish maqsadida davlat byudjetidan tijorat banklari ustav kapitalini oshirish bo’yicha mablag’lar ajratilishi belgilab berildi (22.3-jadval).
2008 yilda ushbu jarayonlarni amalga oshirish orqali:
- davlat tijorat «Xalq banki»ning ustav kapitali 100 mlrd. so’mga;
- «O’zsanoatqurilishbank» aktsiyadorlik-tijorat bankning ustav kapitali 65,4 mlrd. so’m miqdoridagi qo’shimcha aktsiyalarni emissiya qilish orqali 100 mlrd. so’mga;
- «Mikrokreditbank» aktsiyadorlik-tijorat bankning ustav kapitali qo’shimcha 66,2 mlrd. so’mlik aktsiyalar chiqarish orqali 141,5 mlrd. so’mga yetkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |