O‘zbekiston Respublikasida terrorizm xavfining oldini olish
masalalari. O‘zbekistonda shakllanayotgan huquqiy demokratik
davlat va fuqarolik jamiyati o‘ta murakkab va mashaqqatli si
yosiy jarayonga asoslangan. Bir tomondan, eski sovet tuzumidan
144
qolgan salbiy meros demokratik o‘zgarishlarga qarshilik ko‘rsat
sa, ikkinchi tomondan, ayrim siyosiy kuchlar xalqimiz tanlagan
dunyoviy taraqqiyot yo‘liga rahna solib, uni izdan chiqarish va
diniy maqomga burib yuborishga harakat qilmoqda. Bu «ayrim
siyosiy kuchlar» ekstremizm va terrorizmning bevosita ilhomchi
lari va bajaruvchilari bo‘lib, ular nopok siyosiy maqsadlari yo‘li
da inson va jamiyatning eng nozik va qaltis tarixiy qadriyati –
dindan foydalanishga urinmoqda.
Ayniqsa, 1999yilning 16fevralida Toshkent shahrida terro
ristlar tomonidan uyushtirilgan portlashlardan keyin terrorizm
muammosi O‘zbekistondagi ijtimoiysiyosiy hayotga tahdid soluv
chi asosiy xavfxatarlardan biriga aylandi.
Mustaqil davlatimiz qonunchiligida terrorizmga qarshi kurash
ning asosiy tamoyillari (qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari
va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, jazoning muqarrarligi) bir
qator normativhuquqiy hujjatlarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib,
ularning asosiylari quyidagilardir:
1. O‘zbekiston Respublikasining «Terrorizmga qarshi kurash
to‘g‘risida»gi Qonuni (2000yil 15dekabr).
2. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi
(2001yil 18oktyabrdagi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan).
3. O‘zbekiston Respublikasining «Jinoyat, jinoyatprotsessual
kodeksi va ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish
va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni (2001yil 29av
gust).
4. O‘zbekiston Respublikasining «Jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga
qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonuni (2004yil 26avgust).
Ushbu huquqiyme’yoriy hujjatlar orasida O‘zbekiston Res
publikasining «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi va «Jinoiy
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonunlar alohida
e’tiborga molik. Chunki bu qonunlar tufayli O‘zbekistonda ter
rorizmga qarshi kurashning normativ, tashkiliy va moddiytexnik
145
asoslari yaratildi. Unga ko‘ra, terrorizmni targ‘ibot qilish, ter
roristik guruh va tashkilotlarni tuzish hamda ularning faoliyati,
tayyorlanayotgan yoki amalga oshirilgan terroristik jinoyatlarga
oid ma’lumot va dalillarni yashirish taqiqlanadi.
Terrorizmga qarshi kurash dastavval uni oziqlantiruvchi
g‘oyaviyma’naviy va moliyaviyiqtisodiy manbalarni zararsizlan
tirishni taqozo etadi. Shu munosabat bilan 2006yilning 1yan
varidan kuchga kirgan «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash
to‘g‘risida»gi Qonun jinoiy faoliyatdan olingan daromadni legal
lashtirish va terrorizmni moliyalashtirish sohasidagi munosabat
larni tartibga soladi. Ushbu qonunga ko‘ra pul mablag‘lari yoki
boshqa molmulkka oid operatsiyalar ustidan nazoratni amalga
oshirish vakolati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
ga yuklatilgan. Respublika Bosh prokuraturasi huzurida faoli
yat ko‘rsatayotgan Soliq, valyutaga va jinoiy daromadlarni legal
lashtirishga qarshi kurashish departamenti zimmasiga moliyaviy
razvedkaning zamonaviy tizimini yaratish, jinoiy daromad
larni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning kanal va
mexa nizmlarini aniqlashga yo‘naltirilgan moliyaviy, mulkiy ope
ratsiyalarning monitoringini amalga oshirish, xorijiy davlatlar ning
vakolatli organlari hamda xalqaro ixtisoslashgan va boshqa tash
kilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va axborotlar ayirboshlash
kabi yangi vazifalar yuklatildi. Chunki bugun diniy shiorlar bilan
niqoblangan, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosidan ke
layotgan kattakatta mablag‘lar evaziga yashayotgan xalqaro ter
rorchilik mintaqa xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda.
Xalqaro valyuta fondining 2006yildagi ma’lumotlariga
ko‘ra, dunyoning turli mintaqalaridagi narkokartellar uyushgan
jinoyatchilik va xalqaro terrorizmni moliyalashtirishga har yili
500 milliondan to 1,5 milliard dollargacha mablag‘ sarflamoq
da. Jumladan, so‘nggi 6–8 yilda ro‘y bergan 111 ta mojarolarda
ishtirok etgan terrorchi guruhlarning narkokartellar bilan moli
yaviy aloqadorligi Xalqaro valyuta fondi ekspertlari tomonidan
146
aniqlandi. Mintaqadagi barqarorlikka xavf tug‘dirishda ha mon
asosiy omil bo‘lib qolayotgan Afg‘onistonda YaIM (yalpi ich
ki mahsulot)ning 50 foizini giyohvand moddalardan olinayotgan
daromad tashkil etmoqda.
Respublikamizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag‘ish
langan tantanali marosimdagi «Inson manfaati, huquq va erkin
liklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod
bo‘lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir» nomli ma’ru
zasida bugungi globallashuv sharoitida AYSEF deb atalmish ko
alitsion qo‘shinlarning 2014yilgacha va undan keyin qo‘shni
Afg‘oniston hududidan olib chiqib ketilishi bilan bog‘liq ravishda
ushbu mamlakat va uning atrofidagi vaziyatning yanada keskin
lashib, terrorizm, ekstremizm va narkotrafikning kuchayishi xavfi
borligini, Afg‘onistonda yuz berishi mumkin bo‘lgan keskin holat
qo‘shni davlatlarda jiddiy xavotir uyg‘otishi muqarrarligini ta’kid
lab o‘tdilar. Shuningdek, ma’ruzada Yurtboshimiz tomonidan vu
judga kelayot gan murakkab vaziyatda voqealar ning bunday salbiy
ravishda rivojlanishining oldini olish uchun BMT rahnamoligida
Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar hamda AQSH, NATO, Ros
siya ishtirokida muloqot guruhini tashkil etish va o‘zaro kurash
olib borayotgan kuchlar o‘rtasida murosaga erishish hamda koa
litsion afg‘on hukumatini shakllantirish Afg‘onistonda tinch
likni qaror toptirish uchun eng munosib yo‘l ekani qayd etildi.
2012yilning sentyabr oyida qabul qilingan «O‘zbekiston Respub
likasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘ri
sida»gi Qonun O‘zbekiston tashqi siyosatida o‘zining uzoq mud
datli milliy manfaatlarini ko‘zlagan asosiy tamoyillarni namoyon
qiladi. Ushbu konsepsiya davlatimizning xalqaro maydondagi aso
siy tamoyillari, strategik ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi va
O‘zbekiston tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining birinchi
yillaridan boshlab amalga oshirilayotgan strategiyaning mantiqiy
davomidir. Bu O‘zbekistonning qo‘shni Afg‘oniston bilan muno
sabatlarida ham o‘z aksini topgan.
147
«Bugungi kunda, insoniyat qo‘lida mavjud bo‘lgan qurol-ya-
rog‘lar Yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni
hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta
xavf – insonlarning ongi va qalbini egallash uchun uzluksiz da-
vom etayotgan maf kuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydon-
larida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p
narsani hal qiladi. Bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmas-
lik lozim».
Islom Karimov
Demak, mafkuraviy kurashlardan qat’i nazar, tashqi siyosat
da ochiqoydinlik tamoyili O‘zbekistonga qisqa muddat ichida
ikki taraflama keng tashqi aloqalar o‘rnatish imkonini berdi.
Yevroosiyo iqtisodiy va madaniy ko‘prigining barpo etilgan
ligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlikning
kengayib borayotganligi mamlakat tashqi siyosatining strate
gik istiqbolidir. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati
davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bi
lan tahdid qilmaslik, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, bosh
qa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro
huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normala
riga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |